QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
27.2K photos
2.82K videos
7 files
10.2K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #yangiliklar_24

YANGILIKLAR 24 | «QISHLOQ XO‘JALIGI KOOPERATIVI TO‘G‘RISIDA»GI YANGI QONUN LOYIHASI

🎥 O‘zbekiston telekanalida Qishloq xo‘jaligi vazirligida “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining yakuniy muhokamasiga bag‘ishlangan mutaxassislar ishtirokidagi yig‘ilish haqida reportaj tayyorlandi. Lavhada loyihaning afzalliklari, bu borada olib borilgan ishlar bo‘yicha mutaxassislarning fikr-mulohazalari berilgan.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥O‘zbekiston uzumining eksport salohiyati ortgani, shuningdek, tizimda subsidiyalar va uzumzorlar yetishtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida Yangiliklar 24 dasturida so‘z boradi.

#repost #yangiliklar_24
*****
🎥Про увеличение экспорта узбекского винограда, а также про субсидии и работы, проводимые по выращиванию виноградников рассказывают в репортаже "Новости 24".

#репост #новости_24

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥"O'zbekiston 24" telekanalining "Yangiliklar 24" dasturida "Qishloq xo'jaligi ekinlarining yangi navlari ixtiro qilinayotgani" to'g'risidagi lavha efirga uzatildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining xodimi qorag'at va qulupnayning yangi navlari haqida fikrlarini bildirgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar_24 #yangi_navlar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining Yangiliklar 24 dasturida “Qishloq xo‘jaligi sohasidagi ayollar uchun seminar-trening” haqida lavha efirga uzatildi.

Unda qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan ayollarning malaka va bilimlarini oshirishning ahamiyati, yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarasi xususida so‘z yuritilgan.

Lavhada “Agrar soha ayollar” uyushmasi raisi Adiba Ahmadjonova mavzu bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirgan.

#repost #yangiliklar_24 #qishloq_xojaligi #agrar_soha_ayollari

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥"O‘zbekiston 24" telekanalining Yangiliklar 24 dasturida "Qishloq xo‘jaligi hosildorligini oshirishda tuproq tadqiqotlarining ahamiyati" mavzusida lavha efirga uzatildi.

Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari va soha mutaxassislaridan iborat Ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda mamlakatimizning barcha viloyatlarida klasterlar va fermer xo‘jaliklari vakillariga tuproq tadqiqotlari natijalaridan xabardor bo‘lish va undan foydalanish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar berishayotgani haqida so‘z boradi.

#repost #yangiliklar_24 #klaster #fermer #tuproq #tuproqshunoslik

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥"O‘zbekiston 24" telekanalining "Yangiliklar 24" dasturida "Dorivor o‘simliklarni yetishtirish ko‘lami kengaymoqda" mavzusida lavha efirga uzatildi.

Unda dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritilgan.

#repost #yangiliklar_24

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanaliningYangiliklar 24informatsion dasturida Davlatimiz rahbarining 2021-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan yurtimizda Yashil makon umummiliy loyihasi doirasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan “Onalar yashil makon” uchun aksiyasi doirasida “Onalar bog‘i” tashkil etilgani haqida so‘z boradi.

#repost #Ozbekiston_24 #yangiliklar_24 #onalar_bogi

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining Yangiliklar 24 informatsion dasturida joriy yil 25-mart kuni poytaxtimiz Toshkentda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda uning huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi va “Swiss Re”, “Europa Re” yirik xalqaro qayta sug‘urta kompaniyalari ko‘magida “Agroinsurance-2023” ikkinchi xalqaro konferensiya o‘tkazilgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda mahalliy va xalqaro tashkilotlardan ma’ruzachilar va mehmonlar ishtirokida «Semurg Insurance» sug’urta kompaniyasi tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasidagi sug‘urtalash, moliyalashtirish, shuningdek, investitsiyalar va xatarlarni boshqarish masalalari sessiyalar va munozaralar shaklida ko‘rib chiqilgani haqida so‘z boradi.

#repost #Ozbekiston_24 #yangiliklar_24

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining Yangiliklar 24informatsion dasturida Aholiga dehqonchilik uchun yerlar ajratilayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda davlat rahbari raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani xususida so‘z boradi.

Lavhada, shuningdek, aholiga bo‘lib berilgan 200 ming gektar, dala chetlaridagi 50 ming gektar yer maydonlari hisobidan 5 million tonna qo‘shimcha mahsulot olish bo‘yicha alohida topshiriqlar berilgani haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #yangiliklar_24

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining Yangiliklar 24 dasturida “Ekinlar navlarini sinash bo‘yicha amaliy seminar” mavzusida lavha efirga uzatildi.

Lavhada qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat xavfsizligi va barqarorligini taʼminlashda olib boriladigan seleksiya ishlarining ahamiyati katta ekanligi, bu borada Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilayotgan seminar treninglarga Namangan viloyati misolida eʼtibor qaratilgan.

Shuningdek, markaz xodimlari tomonidan urug‘chilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari, hamkor tashkilotlar vakillariga sinovdagi g‘alla va g‘o‘za navlarini parvarishlash, o‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha tavsiyalar berilganligi ham lavhadan o‘rin olgan.

#repost #Ozbekiston_24 #yangiliklar_24

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston 24 telekanalida “Kartoshkachilik sohasida ilmiy innovatsiyalarning o‘rni” mavzusida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda hozirgi kunda dunyoning 156 mamlakatida 377 million tonnaga yaqin kartoshka yetishtirilishi, O‘zbekiston bu ro‘yxatda 23-o‘rinda turishi haqida so‘z boradi.

Shuningdek, mamlakatimiz aholisining sifatli kartoshkaga bo‘lgan talabini qondirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sohaga joriy etilishi ko‘zda tutilgan ilg‘or texnologiyalar, innovatsion yechimlar va ilm-fan yutuqlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #yangiliklar_24

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥"O‘zbekiston 24" telekanalining "Yangiliklar 24" dasturida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tashkil etilgan Qishloq xo‘jaligi vazirligining brifingi bo‘lib o‘tayotganligi to‘g‘risidagi lavha efirga uzatildi.

Brifingda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktor o‘rinbosari Sherzod Mirkomilov tomonidan "2023 yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori ijrosi bo‘yicha sohada amalga oshiriladigan ishlar xususida maʼlumot berildi.

#repost #Ozbekiston_24 #yangiliklar_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining Yangiliklar 24 informatsion dasturida yildan -yilga rivojlanayotgan ipakchilik va chorvachilik tarmog‘ida mehnat qilayotgan 100 minglab yurtdoshlarimiz ham konstitutsiyaviy islohotlarga befarq emasligi, referendum oldidan Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlarida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari haqida lavha efirga uzatildi.

Unda ushbu viloyatlar ipakchilik va chorvachilik sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar va tizimda erishilayotgan yutuqlarga alohida to‘xtalib, viloyatlarda o‘tkazilgan “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida targ‘ibot tadbirlarida soha zahmatkashlarining tashabbuslari haqida so‘z boradi.

#repost #Ozbekiston_24 #yangiliklar_24

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanaliningYangiliklar 24 informatsion dasturida mamlakatimizda pillachilikni rivojlantirishga qaratilgan e’tibor, yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar o‘z-o‘zidan mazkur yo‘nalishda faoliyat olib borayotganlar safining ortishiga zamin yaratilayotgani haqida Sirdaryo viloyati misolida tayyorlangan lavha efirga uzatildi.

Unda joriy yilda hududda mingdan ziyod xonadonlarga, xususan, ayollar va temir daftarda turuvchi xotin-qizlarga pilla qurti tarqatilgani haqida so‘z boradi.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar_24 #pillachilik

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌾G‘allaning hosildor va sifatli navlarini yaratish bugunning talabi. Respublikamizdagi mavjud yerlarda sifatli g‘alla navlarini ekish va yetishtirish borasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, tajribalar bu yo‘ldagi saʼy-harakatlarning amaldagi ifodasidir.

🎥Jumladan, “O‘zbekiston 24” telekanaliningYangiliklar 24” dasturida namoyish etilgan lavhada Andijon viloyatida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zdonmahsulot” AK tomonidan “Urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha” tashkil etilgan ko‘rgazmali seminar xususida hikoya qilinadi.

Andijon viloyatidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan uning tajriba maydonlarida ekologik toza va birlamchi bo‘lgan 30 dan ortiq yangi navlar sinovdan o‘tkazilmoqda. Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan 21 ta yangi navni mamlakatimizning tuproq va iqlimiga moslashtirish ishlari olib borilmoqda. O‘tkazilayotgan ko‘rgazmali seminarda aynan ushbu yangi navlar va ularni mamlakatimizning moslashtirilgan hududlariga ekish borasida mutaxasislar tomonidan muhim maʼlumotlar va tavsiyalar berildi.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanaliningYangiliklar 24 informatsion dasturida keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi va turlari ortib, sifati bir muncha yaxshilangani, qovun yetishtirish va uni eksport qilish borasida Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Xorazm viloyati Xiva tumanida  yerdan samarali foydalanish borasida tajribaga ega mahalla ahli takroriy ekin ekishdan tashqari bir vaqtning o‘zida yerdan 5 xil turdagi mahsulot yetishtirishni ham yo‘lga qo‘yishgani, bu esa qo‘shimcha daromad olish imkonini oshirishi, dalada ko‘proq qovun-tarvuz yetishtirilishi haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining Yangiliklar 24 dasturida Prezidеntning “2023-2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar haqida lavha efirga uzatildi.

Unda fan va zamonaviy innovatsiyalar birga odimlayotgan davrda uzumchilikni ham ilmiy asoslarda rivojlantirish, uzum hosilini turli kasalliklardan asrash, navlarni rayonlashtirish, hosilni qayta ishlash singari masalalarga alohida e'tibor qaratilayotganiga to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek, lavhada sohadagi muammolarni bartaraf etish va uzumchilikni yanada rivojlantirish borasida agrar soha mutaxassislarining fikr va tavsiyalari keltirilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining Yangiliklar 24 informatsion dasturida mamlakatimizning agrar tarmog‘ida ekologik toza mahsulot yetishtirishda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan zarur choralar ko‘rilayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda “Dolzarb 15 kunlik” doirasida Toshkent viloyatining Piskent tumanida o‘tkazilgan seminarda g‘o‘za zararkunandalariga qarshi kurashda hududlardagi biolaboratoriya imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish, biomahsulotlarni keng qo‘llash borasida so‘z yuritilgan.

Shuningdek, sabzavot, poliz ekinlari maydonlarining holatini nazorat qilish, kasalliklar, begona o‘tlar, hasharotlarga qarshi kurashda samarali usullarni qo‘llash zarurligi qayd etilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar_24

WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining Yangiliklar 24informatsion dasturida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani chekka ovuli Beltov qishlog‘ida pishib yetilgan pomidor va qovunlar hudud ehtyojini ta’minlashdan tashqari qo‘shni mamlakatlarga ham yetkazib berilayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Taxtako‘pir tumani Beltov qishlog‘i hududida yillar davomida begona o‘t qoplagan 1000 gektarga yaqin yer bugungi kunda gullagan bog‘larga aylantirilgani va ayni kunlarda dalalarda ish jarayoni qizg‘in davom etib mahalliy aholi ommaviy ravishda yig‘im-terim mavsumida pishib yetilgan pomidorni qadoqlayotgani haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar_24 #pomidor #qovun

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24 telekanalining Yangiliklar 24 informatsion dasturida Namangan viloyatida mevani qayta ishlashga mo‘ljallangan yangi korxona ish boshlagani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Chust tumanidagi Namangan erkin iqtisodiy zonasida 4 gektar yer maydonda tashkil etilgan korxonada 80 ta yangi ish o‘rni yaratilgani haqida so‘z yuritilgan.

Lavhadan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu korxonada yiliga 24 ming tonna meva mahsulotlari qayta ishlanib, 2,5 ming tonna meva konsentrati xorijiy davlatlarga eksport qilinayotgani haqida ham bilib olishingiz mumkin.

#repost #Ozbekiston_24 #yangiliklar_24 #xorijiy_investitsiya #eksport

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM