QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.6K subscribers
27.3K photos
2.82K videos
7 files
10.3K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#prezident #selektor

Elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportini kengaytirish maqsadida "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va Investisiyalar va tashqi savdo vazirligiga:

- Toshkent viloyatida elektr jihozlari ishlab chiqarish bo‘yicha 58 million dollarlik 14 ta loyihani;

- Farg‘ona viloyatida maishiy texnika va kabel simlari ishlab chiqarish bo‘yicha 56 million dollarlik 9 ta loyihani;

- Andijon viloyatida 34 million dollarlik maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha 8 ta loyihani ishga tushirish topshirildi.

Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hokimlariga bir oy muddatda 100 million dollarlik loyihalar to‘plamini shakllantirishga topshiriq berildi.

Oxirgi yillarda aholi xonadonlarining maishiy texnikaga bo‘lgan talabi har yili 10-15 foizga oshmoqda. Bu ularning servis xizmatiga ham talabi ortib bormoqda, degani.

Mutasaddilarga yirik ishlab chiqaruvchilar bilan birga hududlardagi kasb-hunar maktablarida maishiy texnikalarga xizmat ko‘rsatishga o‘qitishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2501
#prezident #selektor

Misni chuqur qayta ishlash yo‘nalishida mutasaddilarga:

- yil yakuniga qadar har oyda qo‘shimcha 1 ming tonnadan misni birjaga chiqarish, 2023 yilda 90 ming tonnaga yetkazish;

- Ohangaron va Qarshida mis klasteri faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish;

- Qorao‘zakdagi 140 million dollarlik mis ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarini boshlash, yil yakuniga qadar loyihalashtirish ishlarini yakunlash;

- transport xarajatlari subsidiya qilinadigan ro‘yxatga mis trubkasi va fitinglarini kiritish topshirildi.

Yig‘ilish yakunida tarmoq va hududlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2503
#prezident #selektor

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida transport sohasidagi islohotlarni jadallashtirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Kun tartibidan sohadagi ishlar holatini tahlil qilib, temir yo‘l tranziti imkoniyatlarini oshirish, aviatashuvlar va aeroportlarni qulay, tez va sifatli xizmat ko‘rsatadigan sohaga aylantirish, xalqaro tranzit yuklari uchun zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha kelgusi vazifalarni belgilab olish masalalari o‘rin olgan.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2510
#prezident #selektor

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarni obod qilish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

***********

#президент #селектор

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по проделанной работе и дальнейшим приоритетным задачам в области благоустройства махаллей и реализации общенационального проекта «Яшил макон».

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2557
#prezident #selektor

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda tizimli muammolarni hal qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Tadbir avvalida boshlangan islohotlar, amalga oshirilayotgan loyihalarning barchasi inson qadrini taʼminlash orqali aholini rozi qilishga qaratilgani yana bir bor taʼkidlandi.

Joriy yilgi dasturlar doirasida 4 100 ta mahallani obod qilish, bog‘cha, maktab, sog‘liqni saqlash, suv, elektr, kanalizatsiya bilan bog‘liq muammolarini hal qilishga byudjetdan qariyb 29 trillion so‘m mablag‘ ajratilgani ko‘rsatib o‘tildi. Buning natijasida:

- 434 ta mahallada ichki yo‘llar taʼmirlandi;

- 672 ta mahallaga ichimlik suvi tarmog‘i tortilgani hisobiga, 1,5 million aholi ilk bora toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi;

- joriy yilda 2 mingdan ortiq mahallaga xizmat qiladigan 34 ta yangi maktab ishga tushirildi, 338 tasi rekonstruksiya qilinib, 360 tasi taʼmirlandi. Bularning hisobiga 78 mingta yangi o‘quvchi o‘rinlari yaratildi;

- joylarda 580 ta transformator, 20 ming kilometr tarmoqlar yangilanib, 413 ta mahalladagi 1,5 million nafar aholining elektr taʼminoti yaxshilandi.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2558
#prezident #selektor

“Aholini rozi qilish bo‘yicha hali oldimizda ko‘plab vazifalar turibdi” – Prezident.

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq hududlarga ishchi guruhlar yuborilib, ular 9 370 ta mahallaning har biriga kirib, aholining kayfiyatini o‘rganib, uni qiynayotgan muammolar ro‘yxatini shakllantirdi.

Aholi tomonidan yo‘l, ichimlik suvi, sug‘orish tizimi, elektr, taʼlim va tibbiyot bilan bog‘liq 12 mingta masala va taklif ko‘tarilgan.

“Barcha hokim va vazirlar eshitib olsin. Prezident siyosati va talabi shunday: hech bir fuqaro o‘zining muammolari bilan yolg‘iz qolmasligi kerak. Aholi kayfiyati – islohotlarimiz va siyosatimizning ko‘zgusi.

Katta-kichik bo‘ladimi, aholimiz ko‘targan har bir muammoga o‘z vaqtida munosabat bildirish, ularni bosqichma-bosqich hal qilish barcha darajadagi rahbarlarning eng ustuvor vazifasi bo‘lishi shart va zarur”,
dedi Prezident.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2559
#prezident #selektor

Mahallalarni obod qilish va ularga infratuzilma olib borish dasturlarini ishlab chiqishda aholi koʼtargan 12 mingta masalani ham hal qilishni oʼz ichiga oladigan yangi tizim yaratiladi.

Eng avvalo, 4 979 ta mahalladagi ichki yoʼllar, ichimlik suvi va oqova tizimi, elektr energiyasi va gaz taʼminoti, bogʼcha, maktab va sport obyektlari, obodonlashtirish, sugʼorish, koʼchalarni yoritish va boshqa masalalarni hal qilishga bir oy muddatda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamgʼarmalariga 1,7 trillion soʼm yoʼnaltirish topshirildi. Ehtiyojga qarab, yil yakuniga qadar yana 1 trillion soʼm ajratilishi takidlandi.

Joriy yilning ikkinchi yarmida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 9 201 ta mahalla ishtirok etib, 38 mingta loyihaga 8 million aholi ovoz berdi (birinchi yarim yillikda 4 mingta mahalla qatnashgan).

Bu borada, Fargʼona, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari aholisi faol boʼldi.

Ovoz berish yakunlariga koʼra, 1 418 ta loyiha gʼolib deb topilib, ular uchun jami 1 trillion soʼm mablagʼ oʼtkazib berildi.

Prezident “Tashabbusli byudjet” loyihasini yanada kengaytirish va ommalashtirish zarurligini takidladi. Shu bois, bir hafta muddatda har biri 2 mingdan ortiq aholi ovozini toʼplagan, lekin gʼolib boʼlmagan 364 ta loyiha uchun qoʼshimcha 335 milliard soʼm ajratishga koʼrsatma berildi.

200 dan ortiq aholi qoʼllab-quvvatlagan mahalla shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalarni jihozlashga kelgusi yilda qoʼshimcha 200 milliard soʼm ajratiladi. Bu orqali 195 ta loyiha doirasida 600 ta mahalla aholisi qamrab olinadi.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2561
#prezident #selektor

Shu bilan birga, kelgusi yildan viloyat byudjetlari qoʼshimcha mablagʼlarining 30 foizi ham “Tashabbusli byudjet” loyihalariga beriladi.

Umuman, kelgusi yildan boshlab mahallalardagi infratuzilma uchun mablagʼlar faqatgina “Tashabbusli byudjet” orqali aholi ovoz bergan loyihalarga ajratilishi belgilandi. Bunda “Tashabbusli byudjet” loyihalari uchun mablagʼlar 3,5 baravarga oshirilib, 8 trillion soʼmga yetkaziladi.

“Shunda adolat boʼladi, odamlar oʼzlari hissa qoʼshgan loyihalarni, albatta asrab-avaylaydi”
, dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari mutasaddilar eʼtiborini respublika boʼyicha 1,5 mingta mahalla aholisi birorta loyihaga ovoz bermaganiga qaratdi. Yaqinda mahallalarda raislar saylovi boʼlib oʼtgani, yangidan saylangan raislar odamlarga vaʼdalar bergani, lekin taqdim etilayotgan bu imkoniyatdan foydalanmayotganini koʼrsatib oʼtdi. “Mudrab oʼtirgan” raislarni faollikka chaqirish, kerak boʼlsa oʼqitish kerakligi takidlandi.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2562
#prezident #selektor

Har bir mahalla oʼzining muammosini mustaqil hal etishi uchun kelgusi yildan “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etilishi aytildi.

Kelgusi yil 1 yanvardan boshlab har bir viloyatning bittadan tumanida tajriba tariqasida aholining mol-mulk va yer soligʼini undirish mahallaning oʼziga oʼtkaziladi.

Bunda:

- undirilgan mol-mulk va yer soligʼi mahalla byudjetida qoladi;

- har yili 1 fevralga qadar hokimlar mahalla raisi va hokim yordamchilari bilan birga mahalla byudjeti hisobidan hal qilinadigan loyihalar roʼyxatini tuman Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritadi;

- kelgusi yil yakunida ushbu tajriba barcha hududlarda joriy qilinadi.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2563
#prezident #selektor

Аyni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev kuz-qish mavsumida aholi, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash masalalari yuzasidan yigʼilish oʼtkazmoqda.

#президент #селектор

В настоящее время Президент Шавкат Мирзиёев проводит совещание по вопросам бесперебойного обеспечения населения, социальной сферы и отраслей экономики энергоресурсами в осенне-зимний сезон.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2595
#prezident #selektor

Prezident raisligida oʼtgan videoselektor yigʼilishida Qashqadaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari koʼrib chiqildi.

Eng avvalo, davlatimiz rahbari viloyatda beshta yoʼnalishda - tadbirkorlik, sanoat, agrar, ichimlik suvi taʼminoti, ijtimoiy sohada erishilishi lozim boʼlgan maqsad va vazifalarni belgilab berdi. Jumladan:

- viloyatda tadbirkorlik va xizmat koʼrsatishni rivojlantirish orqali kelgusi yilda 207 ming nafar ish oʼrni yaratish zarur;

- sanoatda 960 ta loyihani amalga oshirib, 20 ming nafar aholini band qilish mumkin;

- 22 ta noruda konni oʼzlashtirib, talab yuqori boʼlgan qurilish materiallari ishlab chiqarish imkoni bor;

- paxtani chuqur qayta ishlash darajasini 32 foizdan 56 foizga chiqarish uchun klasterlar tomonidan 2 trillion soʼmlik 12 ta loyihani yakunlash zarur;

- kimyo, neftь-gaz, energetika tizimidagi yirik korxonalar bilan sanoat kooperatsiyasini yoʼlga qoʼyib, 65 ta mahalliylashtirish loyihasini amalga oshirish lozim;

- 18 ming gektar maydonda suv taʼminotini yaxshilab, qoʼshimcha 90 milliard soʼmlik mahsulot yetishtirish, 66 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilib, 300 million kub metr suvni iqtisod qilish, 10,5 ming gektar paxta va gʼalla maydonini qisqartirish hisobiga, 32 ming oila bandligini taʼminlash imkoniyati bor;

- hududda markazlashgan toza ichimlik suvi taʼminotini kelgusi yilda 60 foizga yetkazish lozim.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2598
#prezident #selektor

Yigʼilishda Qashqadaryo viloyati hokimi M.Аzimov hududni rivojlantirish ishlari holati va istiqboldagi maqsadlar yuzasidan hisobot berildi.

Masalan, 2022 yilning 9 oyida 12,5 mingta yangi tadbirkorlik subʼektlari tashkil etilgan, ularning soni 55 mingtaga yetgan, ularda 32 mingta yangi ish oʼrni yaratilgan.

2023 yilda mahallalarda 15 ta "Obod mahalla" markazlarini tashkil etish, xizmatlar sohasida 6,5 mingta ish oʼrni yaratish rejalashtirilgan.

5,2 ming tonna parranda goʼshti, 450 tonna baliq goʼshti, 18 tonna yem ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik parrandachilik majmuasini ishga tushirish moʼljallanmoqda. Qarshi shahrida loyiha qiymati 20 million dollarlik biznes markazini barpo etish koʼzda tutilgan.

Viloyatga 50 ming nafar xorijiy va 1 million nafar mahalliy turist tashrif burgan. "Sahrodan-muzlikkacha" turizm magistralini yaratish rejalashtirilgan.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2599
#prezident #selektor

Qashqadaryo hokimi sanoat yoʼnalishida ishlab chiqarish 15 trillion soʼmni, aholi jon boshiga 4,4 million soʼmni tashkil qilgani, sohada band aholi qariyb 44,8 ming nafar ekanini maʼlum qildi.

2023 yilda drayver sohalarda yirik loyihalarni amalga oshirish hisobiga bu koʼrsatkichlarni tegishlicha 24 trillion soʼm, 6,3 million soʼm va 45,2 ming nafarga yetkazish maqsad qilingan.

2022 yilda umumiy qiymati 1,9 milliard dollarlik 844 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Natijada 12,4 mingta ish oʼrni yaratiladi.

2023 yilda 3,4 milliard dollarlik 769 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish, buning natijasida 13 186 ta ish oʼrni yaratish, ishlab chiqarish hajmini 2,9 trillion soʼmga, byudjetga tushumlarni 712 milliard soʼmga, eksportni 165 million dollarga oshirish, 110 million dollarlik importni oʼrnini bosish kutilmoqda.

Viloyatning eksport hajmi 2022 yilda 26 foizga oʼsib, 280 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda. 2023 yilda bu koʼrsatkichni 400 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Hokimning Prezidentga bergan hisoboti Qashqadaryo viloyati hokimligining rasmiy axborot manbalarida eʼlon qilinadi.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2600
#prezident #selektor

Shuningdek, mutasaddilarga Qashqadaryoda ijtimoiy sohani yaxshilash maqsadida:

- 13 ta bogʼchani qayta qurish hamda 14 ta mahallada yangi bogʼcha qurish loyihasini 2023 yil investitsiya dasturiga kiritish;

- yil yakuniga qadar 189 ta oilaviy bogʼcha tashkil etishga 4,5 milliard soʼm, 2023 yilda 380 ta bogʼcha tashkil etishga 52 milliard soʼm subsidiya ajratish;

- bir oy muddatda “Ona va bola tibbiyot markazi”ni jihozlash boʼyicha loyihani tayyorlash;

- kelgusi ikki yilda Qarshi va Shahrisabz shaharlari, Koson, Nishon va Chiroqchida qoʼshimcha 550 oʼrinli tugʼruq komplekslarini tashkil etish;

- yil yakuniga qadar zamonaviy tibbiy uskunalar xaridi uchun 2 milliard soʼm ajratib, 21 turdagi yuqori texnologik amaliyotlarni yoʼlga qoʼyish;

- yil yakuniga qadar Kitob va Qarshi tumanlarida “Yangi Oʼzbekiston” massivlarini tashkil etish boʼyicha taklif kiritish;

- bir oy muddatda 48 ta maktabni tanlab olib, kelgusi oʼquv yilidan Finlyandiya taʼlim tizimini joriy etish topshirildi.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2602
#prezident #selektor

Yigʼilishda Prezident topshirigʼiga asosan ikki yil davomida puxta ishlanib, yangidan ishlab chiqilgan Mehnat kodeksi loyihasiga toʼxtalib oʼtildi.

Bugungi kunda mehnat resurslari qariyb 19 million kishiga yetdi, korxonalar soni esa soʼnggi uch yilda 2 baravar oshdi.

Аmaldagi Mehnat kodeksi 1995 yilda qabul qilingan boʼlib, oʼshanda xususiy sektor ulushi atigi 21 foiz boʼlgan, hozir 83 foizdan oshgani qayd etildi.

Shu bois, yangi kodeksda tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda, aholi bandligini oshirish boʼyicha koʼplab qulay sharoitlar koʼzda tutilmoqda.

Davlatimiz rahbari bu muhim kodeksni qabul qilishdan avval uning ijrosini samarali tashkil qilish asosiy masala ekani taʼkidlandi.

Boʼlayotgan yangiliklarni aholiga, hamma vazirlarga, hokimlarga, 600 mingga yaqin korxona rahbarlariga yetkazish, tushuntirish kerakligi koʼrsatib oʼtildi.

Yigʼilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlarining axboroti tinglandi.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2603
#prezident #selektor

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida Prezident raisligida sogʼliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʼilishi boshlandi.

Yigʼilish avvalida davlatimiz rahbari barcha shifokor va hamshiralarni, feldьsher va sanitarlarni yaqinlashib kelayotgan Tibbiyot xodimlari kuni bilan tabrikladi.

“Xabaringiz bor, joriy yil mart oyida sizlar bilan ochiq muloqot oʼtkazib, barcha masalalarni ochiq-oydin muhokama qilgan edik.

Bugungi yigʼilishimizni ana shu ochiq muloqotning mantiqiy davomi, desak, bu ham toʼgʼri boʼladi”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2624
#prezident #selektor

Prezident tibbiyot sohasidagi eng ustuvor vazifalardan biri malakali tibbiy xizmatlarning har bir xonadonga kirib borishini taʼminlashdan iboratligini taʼkidladi va erishilgan natijalar haqida soʼz yuritdi.

Jumladan, joriy yilda yangi 106 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinikalar, mingta mahalla tibbiyot punkti tashkil etildi. Bu orqali 3,5 million aholiga birlamchi tibbiy xizmat yaqinlashtirildi.

Ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida ilgʼor xorijiy tajribalar asosida aholining kafolatlangan bepul tibbiy xizmatga boʼlgan ehtiyoj balansi ishlab chiqildi.

Oilaviy shifokorlar tomonidan bepul tarqatiladigan dorilar 45 turdan 70 turga yetkazildi. Bunga ajratilayotgan mablagʼlar hajmi esa oʼtgan yilga nisbatan 3 baravar oshirildi (188 milliard soʼmdan 540 milliard soʼmga).

Shuningdek, 820 ta birlamchi tibbiyot muassasasiga UZI va EKG uskunalari yetkazib berildi.

Oilaviy poliklinikalarda 19,5 mingta kunduzgi shifo oʼrinlari tashkil etildi.

Buning natijasida 740 ming aholiga shifoxonaga bormasdan, mahallaning oʼzida davolanish imkoniyati yaratildi.

Tibbiyot xodimlari oyligi 30 foizgacha oshirildi. Shuningdek, shifokorlarga ish samaradorligi va natijasiga qarab tabaqalashtirilgan ragʼbatlantirish va ustama toʼlovlari joriy etildi.

Umuman, joriy yilda tibbiyotga 28 trillion soʼm ajratilmoqda va bu oʼtgan yilga nisbatan 1,3 baravar koʼp.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2625
#prezident #selektor

Davlatimiz rahbari sohada qilinishi lozim boʼlgan ishlarni belgilab berdi.

Birlamchi boʼgʼinni mahallagacha tushirish boʼyicha boshlagan islohotlar samarasini oshirish lozimligi qayd etilib, oilaviy poliklinikalardan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan 272 ta mahallada tibbiyot punktlarini tashkil qilish ishlarini jadallashtirish topshirildi.

“Qishloq shifokori” dasturi doirasida olis hududlarda 191 nafar shifokor ish boshladi. Yana 171 ta boʼsh oʼrinni toʼldirish vazifasi qoʼyildi.

Shifoxonalarda tugʼruq oʼrinlarini koʼpaytirish, respublika boʼyicha 46 ta tumanlararo perinatal markazni tashkil etish ishlarini tezlashtirish topshirildi.

Tez tibbiy yordamda chaqiruvga yetib borish vaqti 3 barobarga, xarajatlar 25 foizga qisqarishiga qaratilgan Prezident qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga koʼrsatma berildi.

Yigʼilishda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha hokimlar, sohaga masʼullar va ixtisoslashgan markazlar rahbarlarining hisoboti eshitildi. Ular yil yakuniga qadar va kelgusi yil uchun rejalarini ham batafsil tushuntirdi.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2626
#prezident #selektor

Prezidentimiz muhokama qilingan masalalarning barchasi faqat va faqat xalqimizni rozi qilishga qaratilganini taʼkidladi.

Shu bois, barcha viloyat, tuman va shahar hokimlariga oʼz hududida tibbiyotni rivojlantirishga munosabat va yondashuvini tubdan oʼzgartirib, bu masala boʼyicha jiddiy bosh qotirishi kerakligi koʼrsatib oʼtildi.

"Biz bugungi kunda inson hayoti, uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashni davlat siyosatining eng ustuvor yoʼnalishiga aylantirmoqdamiz.

“Inson – jamiyat – davlat” degan qoidani hayotimizga joriy etmoqdamiz.

Bu borada, hech shubhasiz, tibbiyot gʼoyat muhim oʼrin tutadi. Bu sohada masalaning katta-kichigi yoʼq. Hammasi birdek muhim.

Barcha hokimlar, bu yerda oʼtirgan rahbarlar eshitib olsin: "bir bemor odamni dardiga darmon boʼlib, uning sogʼligʼini tiklasak, hayotga qaytarsak, bilingki, bu bilan butun oilaning baxtini, kelajagini taʼminlagan boʼlamiz", dedi davlatimiz rahbari.

Аyni paytda Prezident respublika tibbiyot markazlari va viloyatlardagi tibbiyot muassasalarining shifikorlari bilan muloqot qilmoqda.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2627
#prezident #selektor

Bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflardan kelib chiqib, yigʼilish yakunida Prezidentimiz Sogʼliqni saqlash vazirligi va viloyatlar hokimlariga qator topshiriqlar berdi.

Jumladan:

- ikki oy muddatda 300 ta mahallada tibbiyot punktlarini tashkil qilish, kelgusi yil 1 martga qadar bunday tibbiyot punktlarini oilaviy poliklinikalardan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan 272 ta mahallada ham barpo etish;

- 30 ta oilaviy shifokor punktlari va poliklinikalarini tashkil etib, ularni jihozlash, kelgusi yilda yana qoʼshimcha 140 ta oilaviy shifokor punktlari va poliklinikalarini tashkil etish;

- ikki oy muddatda onalar va bolalar salomatligi boʼyicha uch yillik dasturni ishlab chiqish, unda tugʼruq boʼlimlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, tugʼruq oʼrinlarini bosqichma-bosqich koʼpaytirish, bolalarda tugʼma nuqsonlarni oldini olish va erta aniqlash, maxsus dori vositalari bilan taʼminlash, Аkusherlik-ginekologiya, Skrining va Reproduktiv salomatlik markazlarining yagona vertikal tizimini yaratishni nazarda tutish;

- xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan muzokara oʼtkazib, 640 ta tez yordam mashinasini xarid qilish;

- ikki oy muddatda barcha ixtisoslashgan markazlarda kamida 10 tadan yangi yuqori texnologik davolash usullarini joriy qilish boʼyicha dasturni qabul qilish;

- ikki oy muddatda tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini yaxshilash boʼyicha uch yillik dasturni ishlab chiqish, unda 1 ming 117 ta tibbiyot muassasini qurish va kapital taʼmirlash, 668 tasining ichimlik suvi, issiqlik tizimi va elektr taʼminotini yaxshilash, 1 ming 870 tasiga 38 mingta yangi tibbiy jihozlar yetkazib berishni nazarda tutish topshirildi.

Vazirlar Mahkamasiga hamshiralarni oʼqitish va malakasini oshirish, mehnatiga haq toʼlash miqdorini oshirish, umuman, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish masalalarini oʼz ichiga olgan qaror loyihasini tayyorlashga topshiriq berildi.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2628