QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
28.5K photos
2.87K videos
7 files
10.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

🤝Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Semurg Insurance” sug‘urta kompaniyasining kuzatuv kengashi raisi Georgiy Lavrishev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sug‘urta tizimining amaldagi holati va mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida sug‘urta xizmatlarini ommalashtirish, ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda hosilni sug‘urtalash tizmini takomillashtirish zaruriyati xususida fikr almashildi.

Suhbat chog‘ida bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, ob-havoning anomal isishi va sovishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga jiddiy zarar yetayotgani, buning oqibatida fermer xo‘jaliklari rahbarlari, dehqonlar va tomorqa yer egalarining mahsulot yetishtirishga bo‘lgan ishtiyoqi pasayayotgani hamda sug‘urta kompaniyalariga ishonchi kamayib borayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, respublikada 34 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat yuritmoqda. Sug‘urta kompaniyalari qishloq xo‘jaligi korxonalariga xizmat ko‘rsatib kelishayotgan bo‘lishsa-da, mamlakat agrosug‘urta sohasida hali foydalanilmayotgan imkoniyatlar ko‘p. Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish uchun sug‘urta kompaniyalaridan faollik talab etilishi aytib o‘tildi.

#qishloq_xojaligi #vazir #uchrashuv #qishloq_xojaligi_sugurta_tizimi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM