QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.5K subscribers
27.3K photos
2.83K videos
7 files
10.3K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#davlat_ramzi #18_noyabr #bayroq #bayram

18-NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROG‘I TO‘G‘RISIDAGI QONUN QABUL QILINGAN KUN

🇺🇿Davlat ramzlari
har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. 1991-yilning 18-noyabrida "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi. Mazkur hujjatda taʼkidlanganidek, milliy bayrog‘imiz davlat suvereniteti ramzlaridan biridir.

Davlatimiz bayrog‘i
– o‘tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli. Qonunda belgilanganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bayrog‘imizni hurmat qilishlari shart. Zero, unda ruhiyatimiz, g‘urur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamdir.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan barchani muborakbod etadi!

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#davlat_ramzi #18_noyabr #bayroq #bayram

MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I

🇺🇿G‘urur va iftixorimiz ramzi O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligida ish kuni tabrik xeshteglari bilan boshlandi.

Vazirlikda mazkur sanaga bag‘ishlab “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida maxsus ma’rifat soati o‘tkazildi. Maʼrifat soatida o‘ziga xos tarzda jamoa bilan davlat madhiyasi kuylandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov so‘zga chiqib, Davlatimiz bayrog‘ining qabul qilinishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar, u maʼnaviyatning eng muhim timsoli ekanligi hamda rang va timsollarning mazmun-mohiyati haqida batafsil so‘zlab berdi.

Shuningdek, ushbu sanaga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar vazirlik tizimidagi tashkilot, korxona va muassasalarda ham o‘zgacha shukuh bilan o‘tkazildi.

Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#davlat_ramzi #18_noyabr #bayroq #bayram

🇺🇿18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi sanasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar vazirlik tizimidagi tashkilot, korxona va muassasalarda ham o‘zgacha shukuh bilan o‘tkazildi.

“O‘zdavyerloyiha” Davlat ilmiy loyihalash instituti Andijon, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari bo‘linmalari xodimlari "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan "Bayrog‘im - g‘ururim!" shiori ostida o‘tkazilayotgan xeshteg tadbirlarida faol ishtirok etishdi. Urug‘chilikni rivojlantirish markazi xodimlari ham ushbu chellenjga qo‘shilishdi.

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida «Muqaddasdir vatan bayrog‘i», «Shuhrating porlasin toki bor jahon» shiori ostida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda Institutda faoliyat olib borayotgan professor hamda katta ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdilar.

“O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun hamda Davlat ramzlari qabul qilingan kunlar munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazida ham tadbir o‘tkazildi. Tadbirga Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Feruza Muhitdinova hamda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, dotsent Qo‘chqor Norqobilovlar taklif etilib, “Davlat bayrog‘i – mustaqil davlat suvereniteti ramzi”, “Davlatimiz ramzlari ulug‘ va muqaddasdir” mavzularida maʼruzalar bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida “Bayrog‘imiz faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
18-NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN

Davlat ramzlari or-nomus, shon-sharaf belgisi sifatida e’zozlangan.

Xususan, bayroq har bir xalq, millatning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagi, asriy an’ana va urf-odatlarini o‘zida aks ettirgan.

Buyuk o‘tmish, shonli tarixga ega xalqimizning davlat barpo etish g‘oyasi, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, eng avvalo, o‘zining davlat ramzlarida aks etgan. O‘z ramzlariga ega bo‘lgan davlat o‘z taqdirini o‘zi belgilaydi.

Biz uchun mustaqillikning muqaddas ramzi – davlatimiz bayrog‘i doimo azizdir. Shu bois, bayrog‘imizga nazar solar ekanmiz, bayrog‘imiz baland-balandlarda hilpiraganda yoki madhiyamiz yangraganda biz ruhiy quvvatni, qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga bo‘lgan ishonch tuyg‘usini his etamiz.

Mana o‘ttiz ikki yildirki, jahon ayvonida O‘zbekiston yuzi, o‘zbek xalqi iftixori sifatida hilpirab kelayotgan bayrog‘imizda millatimiz g‘ururi mujassam.

Hech shubhasizki, bayrog‘imizning dunyo arenalarida baland ko‘tarilishi har birimizning ko‘ksimizni cheksiz iftixorlarga to‘ldiradi.

Ona Vatan bayrog‘i hamisha yuksak-yuksaklarda erkin va mardonavor hilpirayversin!
Bugungi kun barchamizga muborak bo‘lsin!

#18_noyabr #davlat_ramzlari #bayroq

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Muqaddasdir vatan bayrogʻi”

🇺🇿Mana oʻttiz ikki yildirki, jahon ayvonida Oʻzbekistonning yuzi, oʻzbek xalqining iftixori sifatida hilpirab kelayotgan bayrogʻimizda millatimiz gʻururi mujassam.

📌Xususan, 18-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan joylarda bayram tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 17-noyabr kuni Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida ham “Muqaddasdir vatan bayrogʻi” deb nomlangan madaniy-maʼrifiy tadbiri tashkil etildi.

🟢Tadbirda davlatimiz ramzlari haqida soʻz borar ekan, ozod va obod Vatanimiz — Oʻzbekistonning bayrogʻi ham bizni ulugʻ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mashʼala ekanligi hamda davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli boʻlish bilan birga millat bayrogʻi sifatida yuksak eʼzozlanishi xususida soʻz yuritildi.

📝Aytish kerakki, Vatan bayrogʻini koʻzga surtish, uni toʻtiyo qilish Vatanni sevish, uning uchun jonini fido qilishga tayyor boʻlish deganidir.

🔗Zero, unda ruhiyatimiz, gʻurur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga boʻlgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassam.

#bayroq #32yil #iftixor

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“YURT BAYROG‘I – MILLAT IFTIXORI”

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Davlat 🇺🇿 bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov so‘zga chiqib, mamlakat va jamiyat taraqqiyoti hamda uning barqarorligida davlat ramzlarining, jumladan, davlatimiz bayrog‘ining alohida ahamiyati va o‘rni, O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuni to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

🖥 Tadbirda, shuningdek, bayrog‘imiz tarixi, uning ramziy belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “Yurt bayrog‘i – millat iftixori” mavzusida tayyorlangan taqdimotda tadbir ishtirokchilariga qiziqarli axborot va ma’lumotlar berildi.

#bayroq #tadbir #bayram

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan xeshteg tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bu kabi tadbirlar vazirlik tizimidagi tashkilot, korxona va muassasalar xodimlari ishtirokida ham tashkil etildi.

#bayroq #33_yil #18_noyabr

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM