QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
28.5K photos
2.87K videos
7 files
10.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🔤🔠 🟢🔠🔠🔠🟢❗️

🍎Mazkur olma O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlari hududlarida ekiladi. O‘sish davri 220-250 kun, bo‘yi 3-4 metrgacha yetadi.
🌳Bir tupdagi hosil vazni 80-90 kg, bir dona meva vazni esa 100-130 gramni tashkil etadi.
Mevalari yumaloq-yassi shaklda, yashilsimon-sariq rangli, biroz pushti rangdagi xoli bor. 3-4 yilda hosilga kiradi.
📅Avgust oyining oxiri, sentabr oyining boshlarida mevasi to‘liq pishib yetiladi. Nordon-shirin taʼmli bo‘lib, mevasi 30-40 kun davomida saqlanishi mumkin va transportda tashishga chidamli. Intensiv bog‘lar uchun juda maqbul navdir.

🍎Этот сорт выращивается во всех регионах Узбекистана.
Вегетационный период составляет 220-250 дней, высота куста достигает 3-4 метров.
🌳Масса урожая с одного куста составляет 80-90 кг, масса плода – 100-130 грамм. Вступают в урожай через 3-4 года.
Плоды округло-плоской формы, зеленовато-желтые с розовым оттенком.
📅Созревают плоды в конце августа – начале сентября. Вкус кисло-сладкий, плоды могут храниться 30-40 дней, устойчивы к транспортировке.Сорт также подходит для интенсивных садов.

#agro #mantet #olma #bu_qiziq #hosildorlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Muqaddasdir vatan bayrog‘i” shiori ostida ma’naviy-madaniy tadbir o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 195-son majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Toshkent davlat agrar universiteti hamkorlikda Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari davlat xizmatchilari va Toshkent davlat agrar universitetining professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Milliy Gvardiya orkestri tomonidan davlat madhiyasining jamoaviy tarzda jo‘r bo‘lib ijro etilishi barchaga xush kayfiyat bag'ishladi.

O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangragandan so'ng tadbirni Qishloq xo‘jaligi vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov kirish so'zi bilan ochib berib, bayram munosabati bilan o'zining iliq tilaklarini bildirib o'tdi.

Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti Gumanitar fanlar va huquq kafedrasi dotsenti Oybek Ostonovning “Davlatimiz bayrog‘i – milliy g‘urur va faxrimiz!” mavzusidagi videotaqdimot ma’ruzasi asosida vazirlik tizimidagi barcha tashkilot va muassasalarda davlat xizmatchilari uchun ma’rifiy soatlar hamda oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilari uchun “Axborot-murabbiylik soat”lari o‘tkazildi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Вилоятнинг қишлоқ хўжалигидаги имкониятлари таҳлил қилинар экан, Сурхондарё ўзининг табиий тупроқ-иқлим шароити билан эртаки маҳсулотларни етиштиришда биринчи ўринда бўлиши кераклиги таъкидланди.

Лекин, ҳосилдорлиги юқори уруғ ва кўчат билан таъминлаш ҳамда етиштирилган маҳсулотни сотиб олишда муаммолар борлиги кўрсатиб ўтилди. Шу боис, Қишлоқ хўжалиги вазирлигига 10 та туманда in vitro лабораторияларини ташкил қилиш топширилди.

Келгуси йилда дала четларида 100 та мини қуритиш, саралаш ва қадоқлаш ускуналари ҳамда 70 та кичик совуткичлар ўрнатилади. Бунинг учун ерлар деҳқонларга текин берилади.

100 минг гектарда ихчам парниклар ташкил қилиб, барра пиёз, брокколи, розмарин, руккола, тимьян, қизил райҳон, ялпиз каби экспортбоп экинлар етиштириш мумкинлиги таъкидланди.

Термиз агро-технология институтида Италиянинг Тушиа университети, “Сиви Италия” уюшмаси билан Интенсив уруғчилик ва кўчатчилик халқаро марказини ташкил қилиш топширилди. Унда афғон шамоли ва қурғоқчиликка чидамли навлар яратилади, in vitro лабораторияси ва IT инкубатор маркази, 20 та иссиқхона ва тажриба-синов участкалари иш бошлайди.

Facebook|Instagram|Twitter
Мева-сабзавотни қайта ишлаш қуввати Ангор, Бойсун, Узун, Шўрчи, Қизириқ ва Термиз туманларида 5 фоизга ҳам етмаслиги кўрсатиб ўтилди.

Шу муносабат билан мутасаддиларга Ангор, Жарқўрғон, Қумқўрғон, Олтинсойда 6 та сақлаш, қуритиш, саралаш ва ташиш марказини барпо қилиш, Термиз туманида Корея билан бирга 50 миллион долларлик логистика хабини ишга тушириш топширилди.

Сурхондарё озиқ-овқат маҳсулотларини экспорт қилишдаги ташиш харажатларининг 50 фоизини қоплаш тизимини жорий этиш масаласини ўрганиш, бунда қўшни давлатларга ташиш харажатларини ҳам қоплаб бериш, экспорт товарлари рўйхатига карам, пиёз, қизил лавлаги, ловия, мошни киритиш чораларини ишлаб чиқиш таклиф қилинди. Бу – қўшимча 150 миллион долларлик экспорт дегани.

Ингичка толали ғўза 15 фоизгача кам сув талаб қилади, тола чиқими 10 фоиз кам ва 12-15 кун эрта пишади.

Шу муносабат билан ингичка толали пахтани қайта ишлашни 30 фоизга етказиш, ингичка толали ғўза навларини яратишда молекуляр генетика ва селекция бўйича қўшма лойиҳа ва замонавий лаборатория ташкил этиш, тупроқ-иқлим шароитига мос ингичка толали ғўза навлари майдонини 50 минг гектаргача кенгайтиришга топшириқ берилди.

Facebook|Instagram|Twitter
Yurtimizda atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, tabiiy ekotizimlarni saqlash va tiklash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. 2021-yil noyabr oyida boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi va Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha “kuzgi daraxt ekish mavsumi”ning e’lon qilinishi “yashil” yo‘nalish O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligidan dalolat beradi.

Bu borada Qishloq xo'jaligi vazirligining tizim tashkilotlari hamda viloyat Qishloq xo'jaligi boshqarmalari faol ishtirok etishmoqda.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Farg'ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi ham faol ishtirok etmoqda.

Chunonchi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Farg'ona viloyatining Quva tumanida“ Viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi bog‘i” tashkil etilib, daraxt ko‘chatlari ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda boshqarmaning rahbar va barcha xodimlari faol qatnashdilar.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Farg'ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tashabbusi bilan barpo etilayotgan ushbu bog‘ning dastlabki 4 gektariga 1500 tup shaftoli ko‘chatlari o‘tqazildi.

#yashil_makon

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
18-NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN

Davlat ramzlari or-nomus, shon-sharaf belgisi sifatida e’zozlangan.

Xususan, bayroq har bir xalq, millatning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagi, asriy an’ana va urf-odatlarini o‘zida aks ettirgan.

Buyuk o‘tmish, shonli tarixga ega xalqimizning davlat barpo etish g‘oyasi, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, eng avvalo, o‘zining davlat ramzlarida aks etgan. O‘z ramzlariga ega bo‘lgan davlat o‘z taqdirini o‘zi belgilaydi.

Biz uchun mustaqillikning muqaddas ramzi – davlatimiz bayrog‘i doimo azizdir. Shu bois, bayrog‘imizga nazar solar ekanmiz, bayrog‘imiz baland-balandlarda hilpiraganda yoki madhiyamiz yangraganda biz ruhiy quvvatni, qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga bo‘lgan ishonch tuyg‘usini his etamiz.

Mana o‘ttiz ikki yildirki, jahon ayvonida O‘zbekiston yuzi, o‘zbek xalqi iftixori sifatida hilpirab kelayotgan bayrog‘imizda millatimiz g‘ururi mujassam.

Hech shubhasizki, bayrog‘imizning dunyo arenalarida baland ko‘tarilishi har birimizning ko‘ksimizni cheksiz iftixorlarga to‘ldiradi.

Ona Vatan bayrog‘i hamisha yuksak-yuksaklarda erkin va mardonavor hilpirayversin!
Bugungi kun barchamizga muborak bo‘lsin!

#18_noyabr #davlat_ramzlari #bayroq

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM