QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.6K subscribers
27.3K photos
2.82K videos
7 files
10.3K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘ZBEKISTON-XITOY BIZNES-FORUMIDA NAVBATDAGI KELISHUV
🇺🇿🤝🇨🇳
Mazkur kompaniyalar guruhining yirik bo‘g‘ini – “China CAMC Engineering Co.Ltd” kompaniyasi ham muzokara stoliga o‘tirdi. Yirik kompaniyalar guruhi o‘z tasarrufida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda sanoat ishlab chiqarish quvvatlarini birlashtiradi. Ilmiy yondashuv asosida har bir yo‘nalish aniq hisob-kitob asosida moliyalashtiriladi va strategik reja asosida rivojlantiriladi.

Bugungi Xitoy biznesining tamoyili ana shunday. CAMC faqat qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saralash orqali yiliga 20 milliard dollar sof foydaga erishgan.

👉Batafsil

#xalqaro_hamkorlik #safar #delegatsiya #qishloq_xojaligi #Ozbekiston #XXR #Sinomach #CAMC
*****
ОЧЕРЕДНОЕ СОГЛАШЕНИЕ НА ПОЛЯХ УЗБЕКСКО-КИТАЙСКОГО БИЗНЕС-ФОРУМА
🇺🇿🤝🇨🇳
Одним из значимых звеньев группы компаний является «China CAMC Engineering Co. Ltd», с руководством которой состоялся обстоятельный диалог за столом переговоров. На основе научного подхода и точных расчётов осуществляется финансирование каждого направления, при этом комплексное развитие происходит на базе стратегического плана. Это один из принципов современного китайского бизнеса.

Только благодаря производству сельскохозяйственной техники, переработке и сортировке сельхозпродукции компания добилась получения чистой прибыли в размере 20 миллиардов долларов в год.

👉Подробнее

#международное_сотрудничество #визит #делегация #сельское_хозяйство #Узбекистан #КНР #САМС

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON-XITOY BIZNES FORUMI KUNDALIGI
🇺🇿🤝🇨🇳
Kunning muhim voqe'ligi bu shubhasiz XXRning Shansi provinsiyasi Sian shahri mezbonlik qilayotgan O‘zbekiston-Xitoy biznes forumidir.

Bejiz bunga urg‘u qaratmadik. Muhit o‘zgacha. Shiddat va tezkorlik har qadamda ustuvor. Shoshganlik uchun emas. Bilaks, O‘zbekistonlik hamkorlar bilan muzokara stoliga o‘tirishga oshiqish. Shinjon Xualin Indastri end treyd bosh direktori Guo Siangyang bilan muloqot ayni shu tarzda boshlandi. Vaqt ritmi, zamon shiddati va mamlakatimiz bilan hamkorlik o‘rnatishga bo‘lgan qiziqish birin ketin hamkorlarni turli formatda muloqot qilishga chaqirdi. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kompaniya bosh direktori bilan G2B formatida dastlabki kelishuvni imzoladi.

Ko‘p tarmoqli kompaniya Xitoyda qoramol yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Shinjon okrugida joylashgan bosh ofisi ma'lumotlariga ko‘ra go‘sht mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlash yo‘nalishida yaxshigina tajribaga ega. Ayni chog‘da 120 ming bosh qoramol parvarish qilinayotgan fermalarda, uning sonini 300 minga yetkazish shu yilning rejasi. O‘zbekistonda Xualin Indastri chorvachilik sohasiga asos solmoqchi. Bu go‘sht yetishtirish va uni qayta ishlash majmualarini o‘z ichiga olgan klaster ko‘rinishida bo‘lishi rejaga olingan.

Aziz Voitov bu borada amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha atroflicha ma'lumot almashib, bosh direktor Guo Siangyangni yurtimizga tashrif buyurib texnik asoslarni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikda ishlashga taklif qildi.

👉Batafsil

#xalqaro_hamkorlik #vazir #safar #delegatsiya #qishloq_xojaligi #chorvachilik #Xualin_Indastri #Ozbekiston #XXR

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BIZNES FORUM VA UNING DOIRASIDAGI UCHRASHUVLAR
🇺🇿🤝🇨🇳
XXRning Shansi provinsiyasi Sian shahri. Xabar berganimizdek bu yerda 18-19-may kunlari “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi. Unga qadar davlat tashriflari ko‘zda tutilgan. Sammit doirasida kecha O‘zbek-Xitoy biznes forumi ochilgani haqida xabar bergan edik.

Tadbir juda uyushqoqlik va hamkorlikka asoslangan takliflarning ko‘p bo‘lganligi bilan ahamiyatlidir. Raqamlar ochig‘i, soat sayin geometrik progressiya asosida o‘sish ko‘rsatkichini qayd etib bordi. Bu yerda muloqot, muzokara va hamkorlik shartnomasini qayd etish uchun kelgan Xitoy biznes vakillarinig soni ham shunga yarasha oshib bordi.

Kimda taklifnoma bor, kim hamkori orqali kirdi. Kimdir O‘zbekiston delegatsiyasi vakillarini kirish eshigida kutib oldi. Bu forumning ahamiyati va nufuzidan darak. Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi bilan ham shunday bo‘ldi. Belgilangan yo‘nalish va uchrashuv soatlari o‘zgarishga yuz tutdi. Aziz Voitov boshchiligidagi delegatsiya yo‘l-yo‘lakay hamkorlar bilan muzokaralar va kelishuvlarni amalga oshirhdi. Manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

👉Batafsil

#xalqaro_hamkorlik #vazir #safar #delegatsiya #qishloq_xojaligi #Ozbekiston #XXR

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XITOYLIK OLIMLAR O‘ZBEKISTONDAGI SHO‘RLANGAN YERLARDA YANGI USLUBDA MAHSULOT YETISHTIRISHNI TAKLIF QILMOQDA
🇺🇿🤝🇨🇳
Navbatdagi uchrashuv Guandun Okeanologiya universiteti (Guangdong Ocean University) rektori Pan Sinsyan boshchiligidagi ilmiy doira vakillari bilan o‘tkazildi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov uchrashuv ishtirokchilariga bugungi kunda O‘zbekistonda ilm-fanning ishlab chiqarishga integratsiyasi, aqlli agrotarmoqni barpo etish yo‘lida tashlangan qadamlar, sohani raqamlashtirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hamda geoaxborot tizimini rivojlantirish yo‘nalishidagi loyihalarni taqdim etdi.

O‘z navbatida Okeanologiya universiteti rektori o‘zbek olimlari, agrar tarmoq mutaxassislari bilan amaliy hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Aniq takliflar ham yangradi: o‘zbek-xitoy laboratoriyasini tashkil qilish.

Asosiy e’tibor aynan laboratoriya tekshirishlari natijasida mamlakatimizda sho‘rlangan yerlarda qaysi mahsulot yetishtirish mumkin, ularni qaysilarini yer imkoniyatlariga moslashtirish mumkin, talab va taklifdan kelib chiqib iqlimiy sharoitlarni hisobga olgan holda 2-3 marotaba hosil olish, takroriy ekinlardan samarali foydalanish masalalariga qaratiladi.

Buning uchun universitet delegatsiyasi shu yilning iyun oyida O‘zbekistonga tashrif buyurish niyatini izhor qildi. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Okeanologiya universiteti rektori Pan Sinsyan bilan yuqoridagi masalalarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik memorandumini imzoladi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #safar #delegatsiya #qishloq_xojaligi #laboratoriya #memorandum #Ozbekiston #XXR

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM