QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.1K subscribers
27.7K photos
2.85K videos
7 files
10.4K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘ZBEKISTONLIK MUTAXASSISLAR GERMANIYA QISHLOQ XO‘JALIGI MASHINASOZLIGI BILAN TANISHDILAR

🔰Bir guruh o‘zbekistonlik qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari Germaniyada bo‘lib, DEULA-Nienburg qishloq xo‘jaligi injeneriyasi o‘quv markazi (Deutsche Lehranstalt für Agrartechnik) tashkil etgan o‘quv seminarida qatnashdilar.

Ushbu o‘quv safari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etildi.

O‘quv seminari davomida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti (QXMITI) laboratoriya rahbarlari A.Abdurahmonov, Sh.Ravshanov, B.Artikbaev hamda doktorantlar P.Uteniyazov va M.Ergashev qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida Germaniyaning yirik zavodlari erishgan yutuqlar, ularning ish faoliyatlari bilan tanishdilar, mashinasozlik rivojlanishining istiqbollari haqida ma'lumotga ega bo‘ldilar hamda nemis hamkasblar bilan tajriba almashdilar.

#xalqaro_hamkorlik #safar #delegatsiya #qishloq_xojaligi #Ozbekiston #Germaniya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
XITOY SARMOYADORLARI O‘ZBEKISTONGA KATTA QIZIQISH BILDIRMOQDALAR
🇺🇿🤝🇨🇳
Biroz avval  Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida O‘zbekiston va Xitoy davlat muassasalari, biznes doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o‘z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari mamlakatimizning biznes salohiyatini, investitsion jozibasini namoyon etuvchi taqdimotlar bilan chiqish qildilar.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bugungi kunda sohada olib borilayotgan barcha o‘zgarishlar yurtimiz rahbari belgilab bergan ustuvor vazifalar doirasida amalga oshirilayotganligiga va bunda Prezidentimiz qishloq xo‘jaligiga ilm-fanni olib kirish, texnika va texnologiyalar bilan boyitish hamda raqamlashtirishga alohida urg‘u berayotganligiga tadbir ishtirokchilarining e'tiborini qaratdi.

Tadbir doirasidagi muzokaralar chog‘ida CAMCE kompaniyasi, “Xinjiang Hualing Industry & Trade”, “Siyumeynong” va boshqa xitoylik kompaniyalar bilan qishloq xo‘jaligi texnikasi lizingi, chorvachilik komplekslarini qurish, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, O‘zbekistonda tariq yetishtirish kabi yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikka oid hujjatlar imzolanishini o‘z ichiga olgan.

👉Batafsil

#xalqaro_hamkorlik #safar #delegatsiya #qishloq_xojaligi #Ozbekiston #XXR

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON AGROKLASTERLARI XITOY INVESTORLARI SARMOYASINI JALB QILMOQDA
🇺🇿🤝🇨🇳
Xitoyning Sian shahrida o‘tayotgan O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari vakillari ham qator taqdimotlar, uchrashuvlar, muzokaralar o‘tkazmoqda.

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan klasterlar, fermer xo‘jaliklari va biznes doiralari vakillari O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumidagi ishtirok bilan kifoyalanib qolmaydi. Ular Forum doirasida tashkil etilgan B2B va G2B formatidagi uchrashuvlarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi salohiyatini aks ettiruvchi taqdimotlar o‘tkazmoqdalar.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #safar #delegatsiya #qishloq_xojaligi #Ozbekiston #XXR
*****
СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫЕ КЛАСТЕРЫ УЗБЕКИСТАНА ПРИВЛЕКАЮТ ИНВЕСТИЦИИ КИТАЙСКИХ ИНВЕСТОРОВ
🇺🇿🤝🇨🇳
На узбекско-китайском бизнес-форуме в г. Сиань, Китай, представители сельскохозяйственных предприятий, действующих в нашей стране, проводят ряд презентаций, встреч и переговоров.

Представители кластеров, фермерских хозяйств и деловых кругов, работающих в Узбекистане, не ограничиваются только участием в узбекско-китайском бизнес-форуме. Они также проводят презентации, отражающие потенциал сельского хозяйства республики, на встречах формата B2B и G2B, организуемых в рамках форума.

#международное_сотрудничество #визит #делегация #сельское_хозяйство #Узбекистан #КНР

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
LATVIYA BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

🤝Qishloq xo‘jaligi vazirligida Latviya qishloq xo‘jaligi texnikumi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda M.Mirzayev nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik masalalari, shuningdek kelajakda laboratoriya yaratish va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida hamkorlik masalalari ko‘tarildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirining maslahatchisi Eshmirza Abdualimov mehmonlarni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining borishi bilan tanishtirdi. Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan uchrashuvda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Umida Saidova hamda, onlayn ravishda, vazir maslahatchisi Alisher Shukurov ham qatnashdi.

#xalqaro_hamkorlik #ilmiy_tadqiqot_instituti #delegatsiya #qishloq_xojaligi #Ozbekiston #Latviya
*****
ОБСУЖДЕНЫ ВОПРОСЫ СОТРУДНИЧЕСТВА С ЛАТВИЕЙ

🤝В Министерстве сельского хозяйства состоялась встреча с руководством Латвийского сельскохозяйственного техникума.

В ходе диалога в центре внимания были вопросы сотрудничества с НИИ имени М.Мирзаева, создания на его базе лаборатории и расширения контактов в области пищевой безопасности.

Советник министра сельского хозяйства Эшмирза Абдуалимов, ознакомил гостей с ходом научно-исследовательской работы в сфере сельского хозяйства Узбекистана. С нашей стороны в переговорах приняли участие начальник управления кадров Минсельхоза Умида Саидова, а также в онлайн формате, советник министра Алишер Шукуров.

#международное_сотрудничество #НИИ #делегация #сельское_хозяйство #Узбекистан #Латвия

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM