QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
28.9K photos
2.88K videos
7 files
10.7K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Qishloq xo‘jadigi sohasida mavjud axborot tizimlari bo‘yicha seminar-treninglar amalga oshirilmoqda

🟢Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Yuldashev Qahramon Anvarjonovich rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Buxoro viloyatining Buxoro va Vobkent tumanlarida fermerlar, klasterlar va qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun seminar-treninglar tashkil etildi.

💬Mazkur tadbirlarda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqilgan va ishlab chiqilayotgan axborot tizimlaridan foydalanish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

⚡️Jumladan, "E-ijara", "Crop Agro", "Agroplatforma", "Agrosubsidiya", Qishloq xo‘jaligi geoaxborot tizimlari va maxsus geoportallar imkoniyatlari haqida ma'lumotlar taqdim etildi.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga vazirlik mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar olishdi.

➡️Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasida tender jarayonlarini amalga oshirish uchun "E-urug‘" axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha ham tushunchalar berildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Г.Турдимуратовни «Дўстлик» ордени билан мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Loyiha doirasida amalga oshiriladigan keyingi qadamlar belgilab olindi

🟢Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida Vazirlik mas’ullari va BMTning Oziq-ovqat va Qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) O'zbekistondagi vakolatxonasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💬Uchrashuvda “O‘zbekistonda qurg‘oqchilikka uchragan ekotizimlardagi o‘rmonlar va yaylovlarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil suhbatlashildi va muhokamalar olib borildi.

💬Muhokamalar chog‘ida loyiha doirasida yuzaga kelayotgan muammolar, to‘xtab turgan muammoli vaziyatlar bo‘yicha fikrlar almashildi va takliflar ilgari surildi.

✍️Shuningdek, loyihaning amalga oshirilishi jarayonida keyingi ishlash mexanizmlarini aniq belgilab olish, yaylovlar monitoringini aniq yuritgan holda kerakli tavsiya va takliflarni ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida loyihaga xalqaro ekspertlarni jalb qilish, muhokama qilingan muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan yechimlar ishlab chiqish borasida kelishib olindi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM