Zanjabilning foydali xususiyatlari haqida eshitganmisiz?
🫚Zanjabil — bir pallalilar sinfiga, zanjabildoshlar oilasiga mansub, yo‘g‘on ildizpoyali ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Uning tarixi o‘ziga xos bo‘lib, 5000 yildan ortiq vaqt davomida insoniyat tomonidan qo‘llanib kelinadi.
➡️ Zanjabil Janubi-Sharqiy Osiyoda paydo bo‘lgan. Qadimgi yunon va rimliklar tomonidan yuqori baholangan va katta xarajatlarga qaramay boshqa mamlakatlardan import qilingan.
🌀 Zanjabil o‘zining dorivor xususiyatlari bilan mashhur. U kuchli yallig‘lanishga qarshi va antioksidant ta’sirga ega bo‘lgan gingerol birikmasini o‘z ichiga oladi. So‘nggi tadqiqotlar zanjabilning artrit simptomlarini kamaytirishga yordam berishi va hatto saratonga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan.
ℹ️ Zanjabil dunyoning ko‘plab oshxonalarida asosiy mahsulot sanaladi. U yangi, quritilgan, kukun, yog‘ yoki sharbat shaklida ishlatiladi. Uning o‘ziga xos ta’mi taomlarga o‘zgacha lazzat baxsh etadi.
✅ Zanjabil ko‘ngil aynishini bartaraf etishda ham samarali vosita sifatida mashhur. U homiladorlik davrida ertalabki ko‘ngil aynishini kamaytirish uchun tavsiya etiladi va hazm qilish muammolarini bartaraf etishda yordam beradi.
📌 Zanjabilning eng yirik ishlab chiqaruvchisi Hindiston bo‘lib, undan keyingi o‘rinlarda Xitoy va Indoneziya turadi. Zanjabil va undan tayyorlanadigan ziravor ushbu mamlakatlarning iqtisodiyoti hamda madaniyatida muhim rol o‘ynaydi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
🫚Zanjabil — bir pallalilar sinfiga, zanjabildoshlar oilasiga mansub, yo‘g‘on ildizpoyali ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Uning tarixi o‘ziga xos bo‘lib, 5000 yildan ortiq vaqt davomida insoniyat tomonidan qo‘llanib kelinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ipak qurti boqish va parvarishlashda e’tibor berish lozim bo‘lgan jihatlar
Ipak qurti boqishning boshlang‘ich bosqichlari
Harorat va namlik sharoitlari
➖1–2 yoshdagi qurtlar uchun harorat 26–27°C, nisbiy namlik esa 65–75% bo‘lishi kerak.
➖3–4 yoshdagi qurtlar uchun harorat 23–25°C gacha pasaytiriladi, chunki ular kuchliroq bo‘lib, sovuqqa bardosh bera oladi.
➖5-yoshdagi qurtlar va to‘qish davrida harorat 20–22°C bo‘lishi lozim.
Shamollatish va gigiyena
Ipak qurti oziqlantirish va boqish tartibi
Kasalliklarning oldini olish choralari
➖Tozalik qoidalariga rioya qilish.
➖Barglarni faqat sog‘lom daraxtlardan uzish.
➖Qurtlarni quruq va shamollatilgan joyda saqlash.
➖Zararlangan qurtlarni zudlik bilan ajratish va yo‘q qilish.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyati tahlil qilindi
🟢 Bugun Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining kasbiy bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan navbatdagi “Kasbiy ma’rifat soati” o‘tkazildi.
🟢 Unda vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, tizim tashkilotlari xodimlari hamda Toshkent davlat agrar universiteti talabalari va professor o‘qituvchilari ishtirok etdi.
🗣 Tadbirda Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi direktori Ozod Matyakubovning “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining 2024-yilda amalga oshirgan ishlari, 2025-yilda belgilangan vazifalar” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.
🟢 Ma’ruzada nav sinash stansiya hamda uchastkalarining soni, ekin va sinov maydonlarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, erishilgan natijalar va ko‘rsatkichlar va xorijiy hamkorlik borasida qilinayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
✅ "Kasbiy ma’rifat soati" yakunida sohani isloh qilish bo‘yicha yechimini kutayotgan muammolar va takliflar o‘rtaga tashlandi hamda ishtirokchilar nav sinash borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga markaz direktoridan javoblar olishdi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM