QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
29.1K photos
2.88K videos
7 files
10.7K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📈 XORIJLIK MEHMONLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTLARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
 
15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro forumning xorijlik ishtirokchilari Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari hamda Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutlarida ham bo‘lishdi.  
 
🔸 Xorijlik mehmonlar dastlab Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib, Farg‘ona viloyatining tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirilgan, yangi va yuqori salohiyatli g‘o‘za navlari, resurs tejovchi texnologiyalar hamda zararkunandalarga qarshi kompleks chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.

Shundan so‘ng forum ishtirokchilari Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutiga tashrif buyurishdi.

Institut bugungi kunda «In-vitro» usulida ko‘plab mevalarning mahalliy iqlimga mos, yangi navlarini yetishtirishga muvvaffaq bo‘lgan.

Ko‘chatlar tashqi muhitdan ajratilgan holda sun’iy idishlarda undiriladi. Yilning har qanday faslida ham bemalol ularni ekish mumkinligi mehmonlarni hayratga soldi.

Tadbir yakunida xorijiy mehmonlarga Qishloq xo‘jaligi vazirligining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

#tadbir #xorijlik_mehmonlar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YIRIK AGROLOGISTIKA MAJMUALARI BARPO ETILADI

Bugun poytaxtimizdagi "FrankFoort" mehmonxonasida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ishtirokidagi “Bog‘dorchilikning  qiymat zanjiri infratuzilmasi” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati, Osiyo taraqqiyot banki hamda Fransiyaning «Ranjis-Samaris» kompaniyasi vakillari, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan mutasaddilar hamda ommavviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

🔰 Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan so‘nggi yillarda oziq-ovqat xavfsizligiga erishish, aholini xavfsiz va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganiga alohida e’tibor qaratdi.

👥 Shuningdek, taqdimotda mutaxassislar tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saralash, qadoqlash, saqlash, mahsulotlarni iste'molchilarga yetkazib berish hamda ulgurji bozorni o'z ichiga olgan qiymati 197 mln dollar, quvvati 1,7 mln. tn bo'lgan Toshkent (30 gektar), Samarqand (22 gektar) va Andijon (18 gektar) viloyatlarida 3 ta yirik agrologistika komlekslarini tashkil etish loyihaning maqsadi haqida axborot berildi.

#tadbir #agrologistika

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21-OKTYABR – O‘ZBEK TILI BAYRAMI

Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida 21-oktyabr —O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Unda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekani Bexzod Egamberdiyev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti va Fuzuliy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi rahbari Gulbahor Ashurova, Yozuvchilar uyushmasi azosi Mamura Zohidova, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti professor o‘qituvchilari va talabalar hamda universitet huzuridagi Buyuk Britaniya ta’lim tizimi asosida dars beruvchi ixtisoslashgan xalqaro maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar qadimiy til sifatida e’tirof etilayotgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy qadriyat, o‘zlikni anglash, mustaqil davlatchilik timsoli, ma’naviy boyligimiz ekanligi hamda yurtimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, o‘zbek tilining mamlakatimiz ijtimoiy hayotida to‘laqonli ifodalanishini ta’minlasak va takomillashtirib borsak, yoshlarni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlardan g‘ururlanish ruhida tarbiyalasak, ona tiliga bo‘lgan hurmati, mehr-muhabbati yanada ortib boraveradi.

Ana shundagina biz yurtimizdagi har bir fuqaroning davlat tilini bilishiga va buni burch va majburiyat sifatida his etishiga erishamiz.

Zero, mutaxassislar aytib o‘tganidek, mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining to‘liq joriy etilishini ta’minlash, til to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va uning ta’sir kuchi barchaga taalluqli bo‘lishini ta’minlash bizning asosiy vazifamizdir.

#til_bayrami #21_oktyabr #tadbir

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈 YURTIMIZDA YERDAN FOYDALANISHDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR JORIY ETILADI

Toshkent shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning “O‘zbekiston tog‘ va vodiy o‘rmonlarini barqaror boshqarish” loyihasi doirasida O‘zbekistonda “Milliy oziq-ovqat xavfsizligi sharoitida yer, baliqchilik va o‘rmonlarga egalik qilishni mas'uliyatli boshqarish bo‘yicha ixtiyoriy ko‘rsatmalarni qo‘llash” masalalariga bag‘ishlangan trening tashkil etildi. Treningni FAOning yerga egalik qilish bo‘yicha xalqaro maslahatchisi Bredli Paterson olib bordi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi mutaxassislari, “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyiha instituti, “O‘rmonloyiha” loyihalash institutining mutaxassislari hamda davlat o‘rmon xo‘jaligi tarmoqlarining vakillari ishtirok etishdi.

📝 O‘tkazilgan trening global huquqiy xujjat haqidagi tushunchamizni yaxshilash, shuningdek, O‘zbekistonning tog‘ va vodiy o‘rmonlarini barqaror boshqarish bo‘yicha amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish imkonini berdi. Shuningdek, trening davomida O‘zbekistonda yerga egalik qilish tizimining o‘ziga xos jihatlari muhokama qilindi hamda Global Ekologik Jamg‘armasi (GEF) tomonidan moliyalashtirilayotgan FAOning “O‘zbekiston tog‘ va vodiy o‘rmonlarini barqaror boshqarish” loyihasi haqida umumiy ma'lumot berib o‘tildi.

#Fao #tadbir #baliqchilik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“YURT BAYROG‘I – MILLAT IFTIXORI”

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Davlat 🇺🇿 bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov so‘zga chiqib, mamlakat va jamiyat taraqqiyoti hamda uning barqarorligida davlat ramzlarining, jumladan, davlatimiz bayrog‘ining alohida ahamiyati va o‘rni, O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuni to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

🖥 Tadbirda, shuningdek, bayrog‘imiz tarixi, uning ramziy belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “Yurt bayrog‘i – millat iftixori” mavzusida tayyorlangan taqdimotda tadbir ishtirokchilariga qiziqarli axborot va ma’lumotlar berildi.

#bayroq #tadbir #bayram

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM