QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
29.3K photos
2.89K videos
7 files
10.7K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#davlat_ramzi #18_noyabr #bayroq #bayram

18-NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
DAVLAT BAYROG‘I TO‘G‘RISIDAGI QONUN QABUL QILINGAN KUN

🇺🇿
Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. 1991-yilning 18-noyabrida "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi. Mazkur hujjatda taʼkidlanganidek, milliy bayrog‘imiz davlat suvereniteti ramzlaridan biridir.

Davlatimiz bayrog‘i
– o‘tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli. Qonunda belgilanganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bayrog‘imizni hurmat qilishlari shart. Zero, unda ruhiyatimiz, g‘urur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamdir.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan barchani muborakbod etadi!

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#davlat_ramzi #18_noyabr #bayroq #bayram

MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I

🇺🇿G‘urur va iftixorimiz ramzi O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligida ish kuni tabrik xeshteglari bilan boshlandi.

Vazirlikda mazkur sanaga bag‘ishlab “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida maxsus ma’rifat soati o‘tkazildi. Maʼrifat soatida o‘ziga xos tarzda jamoa bilan davlat madhiyasi kuylandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov so‘zga chiqib, Davlatimiz bayrog‘ining qabul qilinishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar, u maʼnaviyatning eng muhim timsoli ekanligi hamda rang va timsollarning mazmun-mohiyati haqida batafsil so‘zlab berdi.

Shuningdek, ushbu sanaga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar vazirlik tizimidagi tashkilot, korxona va muassasalarda ham o‘zgacha shukuh bilan o‘tkazildi.

Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#davlat_ramzi #18_noyabr #bayroq #bayram

🇺🇿18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi sanasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar vazirlik tizimidagi tashkilot, korxona va muassasalarda ham o‘zgacha shukuh bilan o‘tkazildi.

“O‘zdavyerloyiha” Davlat ilmiy loyihalash instituti Andijon, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari bo‘linmalari xodimlari "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan "Bayrog‘im - g‘ururim!" shiori ostida o‘tkazilayotgan xeshteg tadbirlarida faol ishtirok etishdi. Urug‘chilikni rivojlantirish markazi xodimlari ham ushbu chellenjga qo‘shilishdi.

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida «Muqaddasdir vatan bayrog‘i», «Shuhrating porlasin toki bor jahon» shiori ostida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda Institutda faoliyat olib borayotgan professor hamda katta ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdilar.

“O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun hamda Davlat ramzlari qabul qilingan kunlar munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazida ham tadbir o‘tkazildi. Tadbirga Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Feruza Muhitdinova hamda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, dotsent Qo‘chqor Norqobilovlar taklif etilib, “Davlat bayrog‘i – mustaqil davlat suvereniteti ramzi”, “Davlatimiz ramzlari ulug‘ va muqaddasdir” mavzularida maʼruzalar bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida “Bayrog‘imiz faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM