QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
28.2K photos
2.86K videos
7 files
10.5K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARI KUNI – “HOSIL BAYRAMI”

👨‍🌾Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni - “Hosil bayrami” munosabati bilan agrar tarmoq mehnatkashlarining mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi fidokorona mehnatini munosib qadrlash va ulug‘lash, ma’naviy va moddiy jihatdan rag‘batlantirish maqsadida bayram tadbiri o‘tkaziladi.

📆2022-yil 11-dekabr

⌛️10:00 dan 17:00 gacha

📍Manzil: "O'zekspomarkaz"

👩‍🌾Tadbir davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkalari, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy, xayriya tadbirlari, ommaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalar, ko‘rik-tanlovlar tashkil etilmoqda.

🗣Shuningdek, tadbirda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan turli mavzularda davra suhbatlari, treninglar va soha vakillari uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tadi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

HURMATLI POYTAXTIMIZ AHOLISI VA MEHMONLARI!

🧑‍🌾Sizlarni Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni - "Hosil bayrami" munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rgazma-yarmarkaga taklif qilamiz!

👩‍🌾Bu yerda har bir mehmon bayram bahosidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilishi mumkin. Shuningdek, sizni qishloq xo‘jaligi texnikasi ko‘rgazmasi, madaniy tadbirlar, jonli musiqa va ko‘plab qiziqarli jarayonlar kutmoqda!

👨‍👨‍👧‍👦Oilangiz bilan tashrif buyuring.

🕐Sizni kutamiz!

💬Kirish bepul.

📆2022-yil 11-dekabr

⌛️Soat 10:00 dan 17:00 gacha

📍Manzil: "O‘zekspomarkaz"

🎥"O'zbekiston" telekanalida "Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni - Hosil bayrami" ga bag'ishlangan jonli efirdagi telemarafon.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

🧑‍🌾Bugun 11 dekabr — Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni—Hosil bayrami” munosabati bilan poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga oid turli mavzularda agrar soha vakillarining davra suhbatlari va uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Shuningdek, fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilayotgan turli xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazma va yarmarkalarida respublikamizning har bir viloyatidan olib kelingan mahsulotlar namoyish etilmoqda. Bu yerda tematik panel sessiyalar to‘rtta yo‘nalishda o‘tkazilmoqda.

Bayram tadbiri va undagi barcha jarayonlarni biz bilan birgalikda kuzating.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Prezident nomidan qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi:

— Hurmatli dehqon va fermerlar, agrar soha xodimlari!

Muhtaram faxriylar!

Mehnat mavsumi oxirlab, sohadagi ishlar sarhisob qilinayotgan mana shu qutlug‘ damlarda siz azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi kasb bayramingiz—
Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Biz sizlarning timsolingizda har qanday murakkab sharoitda ham o‘z kasbi va burchiga sodiq qolib, el-yurtimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan zahmatkash, mard va oliyjanob insonlarni ko‘ramiz.

Ushbu shukuhli ayyomda avvalo, halol peshona teri, fidokorona mehnati bilan yerdan noz-neʼmat undirib, hayotimizga qut-baraka, fayzu quvonch olib kiradigan mirishkor dehqonlarimiz, sohaning barcha xodimlariga eng ezgu tilaklarimizni bildiramiz.

Doimo mehnatingiz rohatini ko‘rib yuring!

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

Shuhrat G‘aniyev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari:

— 2022-yil qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun haqiqiy sinov yili bo‘ldi. Ayniqsa, bu yilgi bahor va yoz oylarining dehqonchilik uchun noqulay kelishi dehqonu-fermerlarga qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi, ulardan o‘z ishlariga masʼuliyat bilan yondoshishni 2 karra oshirishni va fidokorlikni talab etdi. Lekin, keyingi yillarda agrar sohada yaratilgan tizim tufayligina shunday og‘ir yilda ham barcha tarmoqlarimizda yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi. Sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli joriy yilda 7,2 mln tonna hosil yetishtirilib, shundan davlat resurslariga 2,6 mln tonna don xarid qilindi a 4,6 mln tonnadan ortig‘i dehqon va fermerlar ixtiyorida qoldi. Fermerlar ixtiyoriga qoldirilgan boshoqli donni o‘zi xohlagan muddatda erkin narxlarda sotish imkoniyati yaratildi. Xuddi shunday, bu yil 22 mln tonnadan ortiq meva – sabzavot, 3,5 mln tonnadan ziyod paxta, 24 ming tonna pilla, 2,7 mln tonna go‘sht va 11,7 mln tonnadan ortiq sut, 8,7 mlrd dona tuxum, 500 ming tonna baliq mahsulotlari olishga erishdik. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, baliqchilik, asalarichilik mahsulotlarini qayta ishlash, ularni eksport qilish bo‘yicha ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi. Albatta, bularning hammasi dehqonu-fermerlarimiz, klasterlarimiz, chorvadoru-pillakorlarimiz, suvchiyu-mexanizatorlarimiz, olimu-mutaxassislarimizning mashaqqatli mehnati va peshona teri evaziga yaratildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

Aziz Voitov, O‘zbekiston Respublikasi
Qishloq xo‘jaligi vaziri:

— 2022-yilda sohani rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan Strategiyasi doirasida tub islohotlarni amalga oshirib, bir qator ijobiy natijalarga erishdik. Xususan, “Global oziq-ovqat xavfsizligi” indeksida O‘zbekistonning o‘rni 113 ta mamlakat orasida 85- o‘rindan 73-o‘ringa yoki 12 pog‘ona ko‘tarildi. O‘zbekiston 2019-2022-yillarda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlariga erishgan 10 mamlakat ichida 1-o‘rinni egalladi. Fursatdan foydalanib, kelgusi yilda sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan eng muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tsam:
- Fermer va dehqonlar takliflari, ilg‘or xalqaro tajribalar асосида agrar sohada moliyalashtirish, kreditlash, sug‘urtalash va subsidiyalashni mutlaqo yangi tizimlari joriy etiladi.
- mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va sotishni tizimli tashkil qilishda o‘zaro kooperatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida qonuniy asoslar yaratiladi.
- har bir viloyatdaги 3-4 tadan tumanda Agroxizmatlar markazlari tashkil etiladi.
- ekinlarni joylashtirish, imtiyozli kreditlar ajratilishini monitoring qilish bo‘yicha “Agroplatforma” axborot tizimi ishga tushiriladi.
- hududlarda zamonaviy infrastrukturaga ega “Oziq-ovqat sanoat parki” tashkil etiladi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

Oh Sung Jong, KOPIA O
zbekiston markazi direktori:

— O‘zbekiston markazi direktori"Koreya qishloq taraqqiyoti ma’muriyati (RDA) nomidan mamlakatingizni ushbu mazmunli Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni - "Hosil bayrami" bilan tabriklayman! Qishloq xoʻjaligi milliy oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim oʻrin tutadi va KOPIA markazi Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solib kelmoqda. Xususan, ilg‘or aqlli fermalar shular jumlasidandir. Suvni tejaydigan qishloq xo‘jaligini yuritish kabi 4-sanoat inqilobi texnologiyalarini o‘zbek dehqonlariga yetkazish uchun barcha imkoniyatlarimizdan foydalanamiz. Xususan, O‘zbekistondagi ilg‘or tadqiqotchilar va KOPIA markazi doimo tadqiqot va texnologiyalarni birgalikda yetkazib berishga intiladi, deb o‘ylayman.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida fidoyilik bilan samarali mehnat qilib kelayotgan soha vakillari ko‘krak nishonlari va sovg‘alar bilan munosib taqdirlanishdi. Mukofotlarni Prezidentning Matbuot kotibi Sherzod Asadov, Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovlar topshirishdi.

Taqdirlanganlar "Qishloq xo‘jaligi fidoyisi" , "Mehnatkash dehqon", "Namunali tomorqachi", ko‘krak nishoni va mukofotlariga sazovor bo‘lishdi.
*****
#День_работников_сельского_хозяйства #Праздник #11_декабря

На мероприятии представители отрасли, самоотверженно и эффективно проработавшие в сельском хозяйстве Республики Узбекистан, были награждены нагрудными знаками и подарками. Награды вручали пресс-секретарь Президента Шерзод Асадов, заместитель Премьер-министра Шухрат Ганиев и министр сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиз Воитов.

Им были вручены такие нагрудные знаки и награды, как "Кишлок хужалиги фидойиси" ("За самоотверженный труд в сельском хозяйстве"), "Мехнаткаш дехкон" ("Трудолюбивый дехканин"), "Намунали томоркачи" ("Образцовый труженик приусадебного участка").

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

Tadbirda 4 ta panel sessiyalar bo‘yicha agrar soha vakillari ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari va moliyaviy institutlarning samarali hamkorligi masalalariga bag‘ishlangan 1-panel sessiyada Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Shuhrat Mirzayev ishtirok etmoqda.

Shuningdek, davra suhbatida Moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Xaydarov, “Agrobank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari Erkin Qahhorov, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov va Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha Jamgarma kassalari fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Matias Wangler o‘z ma'ruzalari bilan qatnashmoqda.

*****
#День_работников_сельского_хозяйства #Праздник #11_декабря

В рамках мероприятия проходят панельные сессии по четырем направлениям с участием представителей аграрного сектора.
В 1-ой панельной сессии, посвященной эффективному сотрудничеству сельхозпредприятий и финансовых институтов участвует заместитель министра сельского хозяйства Шухрат Мирзаев.

Кроме того, выступают заместитель министра финансов Ахадбек Хайдаров, заместитель председателя правления АКБ "Агробанк" Эркин Каххоров, Совет фермерских, дехканских хозяйств и владельцев приусадебных земель Узбекистана Актам Хаитов, глава узбекского представительства Немецкого Фонда сберегательных касс по международному сотрудничеству Матиас Ванглер и другие участники.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

Yer va suv resurslari samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan Ikkinchi panel sessi
yada Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Maqsud Ro‘zmetov ishtirok etmoqda. Shuningdek, davra suhbatida O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Rustam Qarshiyev, “Debyut” ishlab chiqarish korxonasi direktori Baxtiyor Shakirov, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari G‘olibjon Qurbonov, “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti direktori Ruhiddin To‘rayev o‘z nutqlari bilan qatnashmoqdalar.

“Hukumatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, fermerlar va klasterlarning daromadlarini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Buning samarasi
qishloq xo‘jaligi mavsumi sarhisob qilinayotgan shu kunlarda joriy yilda qo‘lga kiritilgan yutuqlarimiz va erishilgan marralarimizda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Respublikada suv tanqisligini oldini olish va mavjud suvlardan samarali foydalanish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda”,dedi o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Maqsud Ro‘zmetov.

Tadbirda fermer va dehqonlar bilan jonli muloqot bo‘lib o‘tdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM