#Uzbekistan #Italia #Roma #Rim
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya Rimga tashrif buyurdi. Ikki kunlik tashrif davomida O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi ishtirokida xalqaro tashkilotlar, Italiya qishloq xo‘jaligi uyushmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va yirik kompaniyalar vakillari bilan bir nechta uchrashuvlar o‘tkazildi.
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning bosh qarorgohida mazkur xalqaro tuzilma bosh direktori Suy Dunyuy ishtirokida “Uzbekistan Lounge” madaniy zalining ochilish marosimi tashrif doirasidagi alohida e’tiborga molik tadbirga aylandi.
Agrar sohada bir qator istiqbolli loyihalar bo‘yicha muzokaralar qanday kechdi va FAOning Rimdagi bosh qarorgohi xodimlari endi deyarli har kuni qanday qilib O‘zbekistonga tashrif buyurishi/tushlik qilishi mumkin?
👉🏻Batafsil

FAOning Rimdagi bosh qarorgohida “Uzbekistan Lounge” madaniy zali ochilish marosimida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Suy Dunyuy va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.
Suy Dunyuy FAO binosida an’anaviy, ammo zamonaviy o‘zbekcha madaniy zal yaratilganini yuqori baholab, unga BMT tizimidagi eng diqqatga sazovor joylardan biri, deya ta’rif berdi.
“O‘zbekiston hukumatiga ushbu madaniy maskanning ta’mirlash va loyihalashga qo‘shgan saxovatli hissasi uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bugun ko‘rganimizdek, bu joyni go‘zal san’at asari deyish mumkin. Endi bu yerda taomlardan bahramand bo‘lish bilan birga an’anaviy va zamonaviy O‘zbekistonning urf-odatlari, o‘ziga xosliklari, kayfiyati bilan ham tanishish mumkin. Unda biz o‘zbek madaniyatining qadr-qimmatini va betakrorligini ko‘rib turibmiz”, – ta’kidladi Suy Dunyuy ochilish marosimida.