QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
28.8K photos
2.88K videos
7 files
10.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Urug‘lik chigitlarni ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati yuqori

🔝Urug‘lik chigit paxta yetishtirishda muhim omillardan biri bo‘lib, hosildorlik va tolaning sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Tabiiyki, to‘g‘ri tanlangan va sifatli ishlov berilgan urug‘lik chigit paxta dalalarida yaxshi unib chiqadi va hosildorlikni oshiradi.

📌Shu munosabat bilan ayni vaqtda Surxondaryo viloyatida bo‘lib turgan vazirlik ishki guruh a’zolari Angor tumanidagi urug‘lik chigit tayyorlashga ixtisoslashgan "Surxondaryo best seeds" MChJ faoliyati bilan tanishishdi.

🔗Mazkur korxona yiliga 2,5 ming tonna urug‘li tukli va tuksiz chigitlar ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, hozirda 1000 tonnaga yaqin "Buxoro-102" navli tukli chigitlarga kimyoviy ishlov berish ishlari amalga oshirilgan.

Korxonada tozalangan chigitlarni dorilash, saralash, qayta ishlash, tukli va tuksiz urug‘lik chigitni uchuvchanligi, mexanik shikastlanganligi, og‘irligi, o‘lchami va namligi bo‘yicha doimiy nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, agroklasterlar bilan ishlash jarayonlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan.

➡️Ishchi guruh a’zolari mas’ullar bilan mazkur korxonaning o‘tgan yilgi mavjud qarzdorliklari, undan tashqari soliqdan qarzdorliklarini so‘ndirish, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha fikr almashishdi. Qarzdorlikni so‘ndirish nuqtai-nazaridan qilinishi lozim bo‘lgan ishlarga doir yo‘l xaritasi ishlab chiqish belgilandi.

💬Shuningdek, korxonani har tomonlama raqobatbardoshligini ta’minlash, urug‘lik chigitlarni ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish, texnik imkoniyatlarni kengaytirish, qayta ishlashda to‘g‘ri va tajribalarga asoslangan yondashuvlarni qo‘llash masalalari yuzasidan muhokamalar bo‘ldi.

💬Shu bilan birga, agroklasterlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, ular bilan ishlashda uzviylikni ta’minlash, urug‘lik chigitlarga kimyoviy ishlov berish, dorilash davomida zamonaviy texnologik uslublarni qo‘llash, ishni to‘g‘ri va samarali tashkil etishga doir qator vazifalar belgilandi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga doir yangi reja va maqsadalar belgilab olindi

📌Joriy yilning 29-yanvar kuni Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktor o‘rinbosari Otajon Pirmonov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumaniga tashrif buyurdi.

💬Tashrif davomida Nukus tumani hokimi Z.Zaytov bilan uchrashib, tumanda yangi sanoatlashgan intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish loyihalari muhokama qilindi.

Aytish mumkinki, ushbu loyihalar qishloq xo‘jaligi sohasida yuqori hosildorlikka erishish, mahsulot sifatini oshirish va eksport imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

💬Uchrashuvda tuman imkoniyatlaridan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or usullar muhokama qilindi.

ℹ️Xususan, mahsulotlarning xalqaro bozorga chiqishini ta’minlash, ularni raqobatbardosh qilish va qadoqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha fikr va mulohazalar almashildi.

Shunindek, qishloq xo‘jaligi sohasida samaradorlikni oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va xalqaro standartlarga mos mahsulot yetishtirish bo‘yicha istiqbolli rejalar ishlab chiqildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев томорқада ва ижарага берилган экин ерларида даромадли маҳсулот етиштиришнинг янги тизими бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание, посвященное новой системе выращивания доходных культур на приусадебных землях и участках, переданных в аренду.

#Mirziyoyev #videoselektor #oziqovqat #tomorqa

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kartoshka narxi bo'yicha axborot

🟢Xabaringiz bor, so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda kartoshkaning narxi 12 ming so‘mga yetgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

➡️Mazkur holat yuzasidan olib borilgan monitoring natijalariga ko‘ra, bugungi kunda Toshkent shahridagi “Food City” dehqon bozorida 1 kg kartoshkaning o‘rtacha narxi 8,5 ming so‘mni tashkil etmoqda (minimal 7,5 ming so‘m, maksimal 9 ming so‘m).

❗️Shuningdek, barcha hududlardagi arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida kartoshka 5-6 ming so‘m narxida sotilmoqda. Toshkentning yirik bozorlarida esa kartoshkaning narxi quyidagicha:

Aviatsiya, Qo‘yliq, Mirobod, Yunusobod bozorlarida – 9 000 so‘m

Sirg‘ali, Farhod, Chilonzor, Eski Juva, Qoraqamish, Askiya, Oloy bozorlarida – 10 000 so‘m

Narx oshishiga sabab nima?

🌀Kartoshkaning qimmatlashishiga bir qator omillar sabab bo‘lmoqda. Masalan, takroriy ekilgan maydonlardan yetarli hosil olinmadi. Kartoshka yiliga ikki marta ekiladi:

Yanvar-mart oylarida ekilgan kartoshka – aprel-iyulgacha hosil beradi;

Iyun-iyulda ekilgan kartoshka – noyabr-aprel oylarida iste’mol qilinadi.

✍️2024-yil hosili uchun takroriy maydondan 1 million tonna kartoshka yetishtirilgan, ammo noyabr-aprel davrida 1,7 mln tonna zarur. Yig‘ilgan hosil talabning faqat 44 foizini qoplaydi.

🔝Takroriy ekish uchun urug‘lik, o‘g‘it, yoqilg‘i va boshqa resurslar qimmatlashgan. Ma’lumot o‘rnida, 1 gektar kartoshka ekish uchun 55-60 mln so‘m sarflanmoqda, bu boshqa ekinlarga nisbatan 2-2,5 barobar ko‘p.

Ishlab chiqarish tannarxi

Oxirgi 4 yilda kartoshka narxi 173 foizga oshgan.

Azotli o‘g‘it 173%, kaliyli o‘g‘it 175%, kimyoviy vositalar 202%, dizel yoqilg‘isi 178%, mexanizatsiya xizmatlari 170%, elektr energiyasi 180% qimmatlashdi.

O‘tgan yildan boshlab suv soliqlari va QQS (qo‘shilgan qiymat solig‘i) ham qo‘shilgani kartoshka tannarxiga ta’sir qilmoqda.

Xorijda ham kartoshka narxlari oshgan

Qozog‘istonda 2024-yilda 2,9 mln tonna kartoshka yetishtirilgan, bu 2023-yilga nisbatan 80 foizga kamaygan.

Rossiyada ham kartoshka maydoni 33,9 ming gektarga qisqargan, natijada hosil 1,4 mln tonnaga kamaygan. Rossiyada o‘tgan yilning oktabr oyida kartoshkaning o‘rtacha narxi 22-23 rublga oshgan, bu avvalgi narxlardan 1,5 barobar qimmat.

Kartoshka narxi barqarorlashtirilishi uchun quyidagi ishlar amalga oshirildi:

245,6 ming tonna kartoshka zaxiraga olindi;

9,9 ming tonna mahsulot bozorlarga chiqarildi. Hozirda kartoshkalar arzonlashtirilgan yarmarkalarda 4000-4500 so‘mdan sotilmoqda.

🔢Shuningdek, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Pokiston va Eron davlatlaridan 94,2 ming tonna kartoshka import qilindi, jarayonlarga to‘sqinlik qiluvchi ba’zi transport muammolari hal etilmoqda. Masalan, Sariq dovon ochilishi natijasida import hajmi ko‘paydi. Qolaversa, korxonalarga qo‘shimcha temir yo‘l vagonlari ajratildi.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerak, hozirda "Korzinka" supermarketlarida Pokistondan import qilingan kartoshka kilosiga 4990 so‘mdan, mahalliy kartoshka esa, 8490 so‘mdan sotilmoqda.

Kartoshka narxi qachon tushadi?

📌Bu uchun bir qator amaliy ishlar rejalashtirilgan bo‘lib, xususan, 2025-yil hosili uchun 122 ming gektar maydonga kartoshka ekilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, aprel-may oylarida yangi hosil bozorga chiqariladi va buning natijasida kartoshka narxi pasayishiga erishiladi.

🟢Amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar natijasida fevral-mart oylarida narxlar barqarorlashishi, aprel-may oylarida esa pasayishi kutilmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Donli ekinlar yetishtirish hajmi 4,8%ga oshgan

📊Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 8,9 mln tonna donli ekinlar yetishtirilgan.

➡️Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirganda 4,8%ga oshgan.

🔗Don ekinlarini yetishtirish bo‘yicha hududlar o‘rtasida peshqadamlikni Farg‘ona viloyati egalladi. Uning don ekinlari umumiy hajmidagi ulushi 11,3%dan oshgan.

🇺🇿Shu bilan bir qatorda, yuqori ulush Samarqand (10,2%), Qashqadaryo (10,1%), Surxondaryo (8,9%), Jizzax (8,3%) va Namangan (8,3%) viloyatlarida qayd etilgan.

❗️Umumiy hajmdagi past ulush, Navoiy viloyati (3,0%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (3,9%) da kuzatildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌿🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

🗣Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston chegarasida ko'p miqdordagi kartoshkaning ushlab turilgani haqida tarqalgan ma’lumot yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi  quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘zbekistonlik bir nechta tadbirkorlik subyektlariga tegishli kartoshka ortilgan vagonlar fitosanitar nazorat tartibiga muvofiq Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasining Qozog‘iston hududida vaqtincha to‘xtatilgan. Ushbu tekshiruv jarayonida yuk hujjatlarida aniqlangan ayrim texnik kamchiliklar sababli mahsulotni chegarada qisqa muddat ushlab turish ehtiyoji vujudga kelgan. Mazkur texnik muammolar o‘rnatilgan tartibda to‘liq bartaraf etildi.

▶️Ta’kidlash joizki, Qozog‘iston chegarasida mazkur yuklarni ataylab yoki sun’iy ravishda ushlab turish holati mavjud emas. Ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirliklarining hamkorlikdagi sa’y-harakatlari natijasida mahsulot ayni kunda Toshkent shahridagi Chuqursoy saqlash punktiga yetkazildi.

🔃Hozirda tadbirkorlik subyektlariga tegishli barcha kartoshka mahsulotlari sotuv rastalariga yo‘naltirilmoqda. Bu esa kartoshka narxi bilan bog‘liq vaziyatni bartaraf etish va bozorlarda mazkur mahsulotga bo‘lgan narxning barqarorlashuviga xizmat qiladi.

🌀Qishloq xo‘jaligi vazirligi aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida chegaralardagi fitosanitar va logistika jarayonlarini doimiy nazoratda tutishini ham eslatib o‘tadi. Kelgusida bunday texnik kamchiliklarning takrorlanmasligini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Har bir xodimning ishga mas’uliyat bilan yondashishi samaradorlikni ta’minlaydi

🟢Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik markaziy apparati, departament va boshqarmalar rahbarlari ishtirok etdi.

💬Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi sohasida 2025-yil uchun investitsiyalarni jalb etish va eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Xususan, joriy yil uchun rejalashtirilgan investitsiya dasturi qayta ko‘rib chiqilib, agrar sohaga investitsion grant loyihalarini kengaytirish zarurligi ta'kidlandi. Shu munosabat bilan vazir barcha mas'ullarga investitsiya masalalariga alohida e'tibor qaratishni topshirdi. Har bir tashkilot grant mablag‘larini jalb etish bo‘yicha yangi dasturlar ishlab chiqib, ularni o‘z vaqtida taqdim etishi belgilandi.

💬Yig‘ilishda kartoshka urug‘chiligi masalalari ham ko‘rib chiqildi. Ilmiy asoslangan xorijiy tajribalarni o‘rganib, kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirildi. Shuningdek, "In-vitro" laboratoriyalarida kartoshka urug‘chiligini yanada rivojlantirishning muhimligi qayd etildi.

➡️G‘allachilik bo‘yicha agrotexnik tadbirlar ham muhokama qilindi. Xususan, qishki agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va g‘alla maydonlarini muntazam nazorat qilish zarurligi ta’kidlandi. Har bir mas'ul xodim o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashgan holda belgilangan topshiriqlarni bajarishi lozimligi alohida uqtirildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM