QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.7K subscribers
29.5K photos
2.92K videos
7 files
10.9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Shu kunlarda o‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlar paxta hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega

📍Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hududlardagi islohotlar izchilligini ta’minlash, ekin maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida Toshkent viloyati tumanlarini aylanmoqda. Dastlab vazir Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanidagi “Istiqlol” fermer xo‘jaligi dala maydonida bo‘lib, g‘o‘zalarning vegetativ holati bilan tanishdi.

🌱Fermer xo‘jaligining umumiy yer maydoni 200 gektar bo‘lib, shundan 30 gektariga g‘o‘zaning mahalliy “Sulton” navi odatdagi usul – 90 sxemada ekilgan. Odatda dalaga bu usulda chigit ekilganida gektariga o‘rtacha 100 ming dona ko‘chat joylashtiriladi.

💬G‘o‘za qator oralarini ko‘zdan kechirar ekan vazir Ibrohim Abdurahmonov ushbu dala maydonida hasharot va zararkunandalarga qarshi o‘z vaqtida ishlov berilgani bois ular zarar yetkazmaganini e’tirof etar ekan, me’yoridan ortiq suv qo‘yilgani sababli daladagi g‘o‘zalarda g‘ovlashga moyillik kuchli ekanligini ilmiy asoslangan fikrlar bilan tushuntirib berdi.

💬Shu bois, qator oralaridan namlikni qochirish va bor kuchni hosilga yo‘naltirish uchun “Entojen” preparati bilan ishlov berish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Bundan tashqari, paxtachilik sohasi mutaxassislari tomonidan kuchli g‘ovlagan g‘o‘zalarni yengilgina chekanka qilish bo‘yicha ham takliflar o‘rtaga tashlandi.

O‘z o‘rnida vazir Ibrohim Abdurahmonov paxtachilikda hosildorlikni karrasiga oshirish uchun ayrim odatiy uslublar o‘rniga xorijiy tajribani qo‘llashning vaqti kelgani va buning ahamiyati haqida so‘z yuritar ekan, agar mana shu dalaga chigitlar 90 sxema o‘rniga 76 sxemada qo‘shqator qilib ekilganida hosildorlik kutilganidan ham ortiq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek viloyat mutasaddilariga g‘o‘zalarga mana shu oylarda ko‘rsatiladigan agrotexnik tadbirlar paxta hosildorligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi tushuntirilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🅰️👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍

Anorni sifatsiz holga keltiruvchi zararkunandalar. Ularga qarshi qanday kurashish mumkin?

🍎Anorga zararkunandalardan oddiy o‘rgimchakkana, anor shirasi, komstok qurti va anor mevaxo‘ri jiddiy zarar yetkazadi. Quyida ushbu zararkunandalar haqida ma’lumot beramiz.

🕷Oddiy o‘rgimchakkana: bundan zararlagan barglar dastlab sarg‘ayadi, keyin qo‘ng‘ir tusga kiradi. Daraxt hosili mayda, sifatsiz va kam bo‘lib, hosildorlik 25-30% gacha kamayadi. Bunday daraxtlar keyingi yili ham kam hosil beradi.

🪳Anor mevaxo’ri: uning qurtchalari anor mevalarining qobig’i, yo‘ldoshi, eti va danak mag‘zi bilan oziqlanadi. Bu paytda u mevalarni o‘z axlati bilan ifloslaydi. Natijada, mevalar chiriydi. Qurt tushgan mevalar qora zamburug‘lar bilan qoplanib, iste’molga yaroqsiz bo‘lib qoladi.

🟢Anor shirasi: ular anor daraxtining barglari, shoxlari va yosh meva tugunchalariga joylashadi. Shiralar barg va shoxlardagi shirani so‘rishi natijasida daraxtning o‘sishi sekinlashib, shoxlarning uchlari va barglari burishib-bujmayib qoladi.

🐛Komstok qurti: u eng xavfli hammaxo‘r zararkunandalardan biri bo‘lib, anor daraxtining ildiz bo‘g‘zi, novdalari, butoqlari, po‘stloq yoriqlari, barglari, gullari va mevalariga joylashadi. U hosil sifatini buzib, anorni yaroqsiz holatga keltiradi.

🛡Zararkunandalarga qarshi kurash:

Ularni kamaytirish maqsadida o‘simlik qator oralari har doim haydalgan va yumshatilgan toza holda saqlanadi, zararlangan novdalar olib tashlanadi, daraxtlar eski po‘stloqlaridan erta ko‘klamda qattiq cho‘tka yordamida tozalanadi.

Anor ko‘chatlarini ekishdan oldin yer mineral o‘g‘itlar bilan boyitiladi. Sug‘orish rejimiga aniq amal qilinadi. Komstok qurtining samarali kushandalaridan biri "Psevdofikus" bo‘lib, u qurtning qobig‘ini kemiradi va barcha yoshdagi komstok qurtlariga zarar keltiradi.

🔵Zararkunandalarga qarshi "Alipro", "Ovipron" yoki "Nº30 Preparat" moddalari yordamida kurashish mumkin. Kuzda anor daraxtlarini ko‘mish oldidan yoki ko‘klamda daraxtlar ochilgandan keyin 50%-li ohak-oltingugurt qaynatmasi purkaladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Остона шаҳрида бўлиб ўтган ШҲТ Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлисида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в очередном заседании Совета глав государств-членов ШОС, состоявшемся в городе Астане.

#Mirziyoyev #sammit #ShHT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X