Dala madaniyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish manfaatdorlik oshishiga xizmat qiladi
📍 Agrar sohada amalga oshirilayotgan ishlar, dala maydonlaridagi agrotexnik tadbirlar holati bilan yaqindan tanishish maqsadida Toshkent viloyatida bo‘lib turgan vazir Ibrohim Abdurahmonov O‘rtachirchiq tumanidagi “Real ashuro group” paxta-to‘qimachilik klasteriga qarashli paxta dalasini ko‘zdan kechirdi.
🟢 G‘o‘zaning mahalliy “Sulton” navi ekilgan dala maydonida chigitlarning o‘z vaqtida unib chiqishi nazoratga olinmagani bois, g‘o‘zalar siyrak bo‘lib qolgan. G‘o‘zalarning hosilga o‘tishi yaxshi bo‘lsa-da, qator oralarini begona o‘tlar bosgan.
↔️ Vazir Ibrohim Abdurahmonov g‘o‘zalarning holatini ko‘zdan kechirish bilan birga bu yerdagi dala madaniyatiga ham alohida e’tibor qaratdi. Chunki dala chetlarida odatdagidan ko‘ra ko‘proq yer maydonlari foydalanilmasdan qarovsiz holda qoldirilgan.
⏩ Bugungi kunda dalada mehnat qilayotgan har bir inson manfaatdorlik haqida o‘ylaganda yerning har bir qarichidan unumli foydalanish ustida bosh qotirsagina mehnati samarali bo‘lishi bor gap.
💬 Shu bois, dala chetlaridan oqilona foydalanmasdan, turli vajlar keltirish orqali vaziyatdan chiqib ketishga odatlanganlar manfaat ko‘rmasdan umrini o‘tkazishi haqida to‘xtalgan vazir Ibrohim Abdurahmonov mamlakatimizda bugun ekin maydonlari hisobli ekani, shundan kelib chiqqan holda yetishtiradigan hosilimiz ham o‘lchovli bo‘lishni ta’kidlab o‘tdi.
✅ Dala madaniyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha klaster va fermer xo‘jaligi rahbarlari, tuman agrar soha mutasaddilariga tegishli topshiriqlar berildi.
❗️ Shundan so‘ng ushbu dalaga yondosh hududdagi g‘o‘za maydoni ham ko‘zdan kechirildi.
🌱 Bu yerga ham g‘o‘zaning mahalliy “Sulton” navi ekilgan bo‘lib, agrotexnik tadbirlar tartibli amalga oshirilmagan. Me’yoridan ortiq suv berilgani bois g‘o‘zalar g‘ovlab ketgan. Ko‘sak qurtiga qarshi umuman ishlov berilmagan.
⏩ Shu sababli vazir Ibrohim Abdurahmonov mutasaddilarga darhol qator oralaridan namlikni qochirish, begona o‘tlardan tozalash, ozuqani hosilga yo‘naltirish uchun “Estojen” preparati bilan ishlov berish hamda ko‘sak qurtiga qarshi kechiktirib bo‘lmaydigan agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM