QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
28.5K photos
2.87K videos
7 files
10.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Sohada erishilgan yutuqlar hamda istiqboldagi rejalar belgilab olindi

🟢Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida "Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi, mahsulot yetishtirishda zamonaviy, resurs-tejamkor va intensiv texnologiyalarni qo‘llashning ilmiy asoslari va istiqbollari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

🟢Anjumanda Qozog‘iston va Janubiy Koreyadan kelgan mutaxassislar, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda tizimdagi markazlar vakillari, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy talim muassasalarining professor-olimlari, tadqiqotchi talabalar, agroklasterlar va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

💬Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov so‘zga chiqib, so‘nggi 3 yilda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Namangan, Jizzax, viloyatlarida jami 5 ta ilmiy-tajriba stansiyalari tashkil etilib, ularning umumiy soni 10 taga, laboratoriyalar soni esa 14 taga yetkazilganini aytib o‘tdi.

▶️Anjumanda ma’lum qilinishicha, institutda sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning 230 dan ortiq nav va duragaylari yaratilgan. Qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reyestriga sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining 32 ta ekin turi bo‘yicha 181 ta navi kiritilgan.

📌Shuningdek, Intellektual mulk agentligida 14 ta nav patentlashtirilgan bo‘lib, jami 195 ta nav ishlab chiqarishga joriy etilgan.

➡️Tadbir ishtirokchilari uchun foydali bo‘lgan ushbu anjumanda sohaga xorij tajribasini ommalashtirishning maqbul yo‘llari hamda kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar belgilab olindi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbеkiston gilos yеtishtiruvchi mamlakatlar kuchli o'ntaligiga kiradi

⚡️Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi tomonidan Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida joriy mavsumda 29 million dollarlik mеva-sabzavot eksporti rеjalashtirilgan bo‘lsa, uning asosiy qismi gilosni tashkil etadi va eng rivojlangan mamlakatlar bozorlaridan joy oladi.

🍒May oyi davomida bog‘lar va aholi tomorqalarida pishib yеtilgan gilos mеvalari yig‘ib olinib, muzlatkichli omborxonalarga joylanib, bosqichma-bosqich xaridorlarga yo‘naltirilmoqda.

📈Bugungi kunga qadar 2,5 ming tonna mahsulot eksportga yo‘naltirildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6-iyun – Xalqaro zararkunandalarga qarshi kurash kuni

🌏Har yili dunyoning bir qancha mamlakatlarida 6-iyun kuni global miqyosda zararkunandalarga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Bayramning maqsadi – odamlarga kasallik tashuvchilarni yo‘q qilish va ularga qarshi kurashning ahamiyatini yetkazishdan iboratdir. 2017-yilda ushbu kunni belgilash tashabbuskori Xitoy zararkunandalariga qarshi kurash assotsiatsiyasi bo‘lib, uning tashabbusi boshqa yirik jahon dezinfeksiya tashkilotlari uyushmalari (CEPA - Yevropa, NPMA - AQSh, FAOPMA - Avstraliya) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

❤️Odatda, odamlar "zararkunanda" so‘zini eshitganda, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi uchun zararli tirik organizmlar - hasharotlar, kemiruvchilar, shuningdek, ekinlarga zarar yetkazadigan qushlar xayolga keladi. Ammo keng ma’noda zararkunandalar odamlar yoki ularning manfaatlariga zarar yetkazadigan har qanday o‘simlik va hayvonlarni o‘z ichiga oladi. Ya’ni keng ma’noda zararkunandalarga har qanday o‘simlik, hasharot yoki hayvon turi kiradi.

🔴Zararkunandalar sonini nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Odamlarni, qishloq xo‘jaligi yerlarini va chorva mollarini ulardan himoya qilish kerak, ammo turlarni batamom yo‘q qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki bu tabiiy muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, "zararkunanda" bir joyda xavfli bo‘lsa, boshqa bir masalada undan foydalanish ham mumkin.

👆Masalan, yovvoyi yenot (rakun) va tulkilar ekotizimning ajralmas qismidir. Ular o‘rmonda tabiiy "sanitar" hisoblansa, shahar sharoitida juda ham xavfli zararkunandalardan biridir. Zararkunandalarga qarshi kurash sanitar-epidemiologik farovonligining ajralmas qismidir.

Yurtimiz maydonlarining katta qismi bog‘ va poliz hududlaridan iborat ekanligini hisobga olsak, sifatli va eksportbop mahsulotlarni yetishtirishga jiddiy talablar qo‘yiladi. Bu yo‘lda zararkunandalarga qarshi biologik kurashning ahamiyati katta bo‘lib, tabiatdan foydali mahalliy entomopatogen nematodalarni ajratib olish, ular bilan bir qatorda brakon, trixogramma hamda oltinko‘z kabi bioagentlarni dalalarda faol qo‘llash samarali hosil olishda muhim omil hisoblanadi.

❗️Shu asnoda davriy agrotexnik tadbirlar, xususan, ekin maydonlaridagi begona o‘tlar, kasalliklar va turli zararkunandalarga qarshi kurash usullarini o‘ylab topish, unib chiqqan mahsulotni bezarar parvarishlash, keyinchalik hech qanday talafotsiz yig‘ishtirib olish ham muhim vazifaning bir qismi hisoblanib, bu sohaga aloqador hammaga birdek mas’uliyat yuklaydi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eksportga yoʻnaltirilayotgan tez buziluvchan meva-sabzavotlarga  chegara o‘tkazish maskanlarida hujjatlar rasmiylashtiruvi tezlashtiriladi

📑O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tez buziluvchan meva-sabzavotlarni karantin ko‘rigidan o‘tkazish va ichki fitosanitariya sertifikati rasmiylashtirishida tezkorlik ta’minlanadi.

✍️Ichki fitosanitariya sertifikati mavjud bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti uchun tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) maskanlarida tezkorlik bilan xalqaro namunadagi fitosanitariya sertifikati rasmiylashtirib beriladi.

🛂Chegara punktlarida meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti uchun navbatda turgan transport vositalarini tezkorlik bilan o‘tkazishda joylardagi bojxona organlari bilan hamkorlik kuchaytirilib, сhegara punktlarida hujjatlarni tegishli elektron baza orqali tekshirilishi 3 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.

Chegara punktlarida hosil bo‘ladigan tirbandliklar bo‘yicha tashkil etilgan Eksport shtablariga ma’lumotlar berib borilib, vaziyatning ijobiy yechim topishiga ko'maklashiladi.

🔬Markaziy fitosanitariya laboratoriyasi va hududiy fitosanitariya laboratoriyalari ekspertiza uchun kelib tushgan  mahsulotlar bo‘yicha qisqa muddatlarda laboratoriya ekspertizasi xulosasini taqdim qilishi ta’minlanadi.

🤝Qo‘shni davlatlarning milliy karantin xizmatlari bilan chegara o‘tkazish punktlaridagi tirbandliklarni oldini olish bo‘yicha doimiy muzokaralar olib boriladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM