QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
28.9K photos
2.88K videos
7 files
10.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🅰️👍👍👍👍👍👍👍👍👍

Sitrus kushandasi. O‘simliklarga zarar yetkazuvchi hasharotlardan qanday xalos bo‘lish mumkin?

🪰Sitrus inli kuyasi fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa va issiqxonalardagi limon, mandarin, apelsin hamda shu kabi sitrus o‘simliklari hosiliga katta zarar yetkazishi mumkin.

🍊U oligofag hasharot bo‘lib, limon o‘simligining xavfli kushandasi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda u mandarinda rivojlanishi aniqlangan.

🦋Bu hasharot kapalagining qanotlari yozilganda 4-5 mm uzunlikda bo‘lib, kulrang, ingichka, o‘tkir uchli, o‘rtasida esa V shaklida belgisi va tepa uchida qora dog‘lari bor.

🔴Sitrus inli kuyasining rivojlanishida ob-havoning ahamiyati juda yuqori. U asosan iyun-iyul oylarida ko‘payadi va limon bargining ostki tomoniga joylashib kech kuzga qadar zarar keltiradi.

🔸Lichinkalar yosh barglar orasida ilon izi kabi uyalar hosil qilib, barg aerenximasi bilan oziqlanishi natijasida bargi burishadi va quriydi. Odatda bitta bargda bitta uya bo‘ladi, kuchli zararlanganda 2 yoki 3 ta ham bo‘lishi mumkin.

Mazkur zararkunandaga qarshi kurashda hasharot tarqalgan ko‘chatlar, shoxlar, o‘simlik qismlarini kesib yoqib yuborish lozim. Zararkunandalarni yo‘q qilishda enkardiya, entomofag kabi hasharotlardan foydalanish ham samara beradi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▶️Seminar ishtirokchilari Sirdaryo tumanidagi Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasida “Peng Sheng” MCHJ tomonidan Xitoy agrotexnologiyasi asosida paxta yetishtirish tajribasini oʻrganishdi.

🕯Bu yerda 68 gektarli yer maydonida tomchilatib sugʻorish orqali 34 gektarida qo'sh qator hamda 34 gektarida esa oddiy 76 sm yakka qator usulida paxta ekilgan.

🟢Chigit yerga 25-aprelda qadalgan boʻlib, ayni kunlardagi o'sish holati ijobiy, dala maydoni begona o'tlardan holi va kerakli agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🟠O'tgan yili ushbu maydondan gektariga 70 sentnerdan hosil olingan. Bu yil gektariga 70-75 sentnerdan hosil olish reja qilinmoqda.

📍Shu yerning oʻzida gʻoʻzani oʻstirish jarayoni va reja qilingan natijaga erishish uchun soha mutaxassislari oʻrtasida fikr- mulohaza almashindi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Jololov Toxirjon Ortikovich - Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi To‘raqo‘rg‘on agrotexnologiyalar texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM