QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
28.6K photos
2.87K videos
7 files
10.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
4 oyda 514,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan

📊Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 298,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 514,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

📈 Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 43,3% ga yoki 155,6 ming tonnaga ko‘paygan.

🍅 Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan:
🇷🇺 Rossiya – 26,3%;
🇵🇰 Pokiston – 24,2%;
🇰🇿 Qozog‘iston – 13%;
🇨🇳 Xitoy – 9,3%.

2024-yilning yanvar-aprel oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,5% ini tashkil etgan.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda qand lavlagini yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona oʻz faoliyatini boshlaydi

Bugun Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Misr Arab Respublikasining “Oraskom Investment Xolding” tarkibiga kiruvchi Nile Sugar kompaniyasi rahbari Najib Saviris bilan video-konferens-aloqa shaklidagi muloqoti boʻlib oʻtdi.

📌Unda vazirlik va kompaniyaning joriy yil 2-may kuni boʻlib oʻtgan III Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarish yuzasidan manfaatli kelishuvga erishilgani natijasida ushbu loyihani amaliyotga tatbiq etishning tashkiliy bosqichidagi amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

🤝Muloqot davomida mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasida xorijiy investitsiya loyihalarini amaliyotga tatbiq etish uchun hukumat tomonidan yaratilgan muhit va ularga beriladigan imtiyozlar hamda kompaniya tomonidan qand lavlagini yetishtirish, qayta ishlash va shakar mahsulotini ishlab chiqarish loyihasining muvaffaqiyatini taʼminlash va talab etilgan maʼlumotlarini taqdim etish boʻyicha Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

📄Maʼlumot uchun "Oraskom Investment Xolding" kompaniyasi 1997-yilda tashkil topgan. Misrning eng yirik kompaniyasi hisoblanadi. U asosan togʻ-kon sanoati, oziq-ovqat qishloq xoʻjaligi, qayta tiklanadigan energiya, axborot texnologiyalari va mehmonxonalar qurilishi sohalariga sarmoya kiritish bilan shugʻullanadi.

❗️Samimiy ruhda boʻlib oʻtgan muloqot yakunida amaliyotga joriy etilayotgan mazkur loyiha yuzasidan kelgusida qilinadigan ishlar koʻlami belgilab olindi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilda 34 ta subyektning 807 gektar urug‘lik g‘alla maydonlari sifatsizligi aniqlandi

📌AOKAda o‘tkazilgan brifingda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva qishloq xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini o‘rganish natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi:

Joriy yilning I choragida qishloq xo‘jaligi sohasida kamchiliklar sodir etilishining oldini olish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida 21 462 ta nazorat tadbiri o‘tkazildi.

▶️Shundan, 3 954 ta tekshirishlar davomida 1 921 ta holatda 284,2 mln so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llanildi, 354 ta materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kiritildi.

💬Qishloq xo‘jaligi yerlaridan maqsadli foydalanilishi bo‘yicha olib borilgan monitoringlarda 679 ta holatda 166 gektar yer maydonlarida qonunbuzilishlar bo‘yicha 98,1 mlrd. so‘m miqdorida qishloq xo‘jaligiga yetkazilgan zarar hisoblandi.

➡️Aniqlangan yer qonun buzilishi holatlari yuzasidan to‘plangan 413 ta material qonuniy qaror qabul qilish prokuratura organlariga kiritilgan.

Donning tabiiy kamayish miqdori bo‘yicha 2024-yilning yanvar-mart oyida 5 ming tonna tabiiy yo‘qotish miqdorini iqtisod qilinishiga erishildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yeryongʻoq eksporti hajmi 46,2% ga oshgan

📊 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 3,9 ming tonna yeryongʻoq eksport qilgan.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tez buziluvchan meva-sabzavot ortilgan yuk mashinasi chegara-bojxona postidan chiqishda tirbandlikda qolib ketsa, nima qilish kerak?

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🟢Ayni paytda poytaxtimizda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti - FAO tashabbusi bilan chegara hududlarida aholi farovonligini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan loyiha sarhisobiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtmoqda.

▶️Tadbirda taʼkidlanganidek, 2022-yilning iyun oyida boshlangan "Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning chegaradosh hududlarida hamkorlik orqali umumiy farovonlik" loyihasi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Qirgʻizistondagi turdosh tashkilotlar hamkorligida amalga oshirildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Avval xabar berganimizdek, FAOning chegara hududlarida amalga oshirilgan loyiha sarhisobiga bagʻishlangan tadbir davom etmoqda.

Unda soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegara hududlarida 700 nafardan ortiq kishini birlashtirgan 66 ta oʻz-oʻziga yordam guruhlari tashkil etilgani va ular tomonidan iqlimga mos qishloq xoʻjaligi uchun innovatsion yechimlar ishlab chiqilgani hamda ikki davlatda aynan agrar sohada ayollar tadbirkorligi va hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan 60 ga yaqin tashabbuslar qoʻllab -quvvatlangani ushbu loyihaning eng katta yutuqlaridan biri sifatida eʼtirof etildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM