QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
29.2K photos
2.88K videos
7 files
10.7K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Kaktusning noyob turi – opunsiya

🌵Opunsiya - kaktuslar oilasiga mansub o‘simliklar turkumi bo‘lib, 190 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi.

Quyida opunsiya haqida qisqacha ma’lumot:

- Rang: Tikanli nok gullari sariqdan qizil, binafsha va to‘q binafsha ranggacha bo‘lgan yorqin ranglarda bo‘ladi.

- Ta’mi: Opunsiya mevalarini iste’mol qilish mumkin. U sersuv, xushbo‘y ta’mi esa rezavorlarga o‘xshaydi.

- Pishish vaqti: Meva kuz faslida, sentabrdan noyabrgacha pishib yetiladi.

- O‘sish maydoni: Opunsiya yarim quruq joylarda, qumli va toshloq tuproqlarda o‘sadi. U Shimoliy va Janubiy Amerikada, O‘rta Yer dengizida, shuningdek, Qrimdagi Qora dengiz qirg‘oqlarida o‘sadi.

- O‘simlik balandligi: Opunsiya poyalarining balandligi 3 metrga yetishi mumkin.

Ushbu kaktuslar turli iqlim sharoitlariga moslashish qobiliyati bilan mashhur va Antarktidadan tashqari dunyoning deyarli har qanday qismida o‘stirish mumkin.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tuproqni boyitish boʻyicha tajriba almashilmoqda

🇳🇱 Avval xabar berganimizdek, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi tuproqshunos olimlar Niderlandiya davlatida malaka oshirayotgan edi.

🔬Shu kunlarda mamlakatimiz tuproqshunos olimlarining malaka oshirish kurslari nihoyasiga yetmoqda. Dastur doirasida Vageningen tadqiqotlar Universiteti laboratoriya sharoitlari bilan ham  tanishishdi. Ushbu laboratoriyada mikroskopda tuproqda yashovchi jonzodlar bioxilma-xilligi o'rganiladi. Shu bilan birga ularga turli tabiiy va inson omillari tasiri o'rganiladi.

Natijada tuproqda ularning hayoti uchun maqbul sharoit yaratish yo'li bilan tuproqning biosferadagi funksiyalarini yaxshilashga va ularning unumdorligini oshirishga erishiladi. Shu yo'l bilan turli ekinlar hosildorligini oshirishga va hosil sifatini yaxshilashga erishiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oshqovoq urugʻining foydali xususiyatlari

▪️Suyaklarni mustahkamligi.
▪️Ichaklardan kalsiyning soʻrilishi uchun kerak.
▪️Soch va tirnoqlar holatini yaxshilaydi.
▪️Erkaklar gormoni — testosteron miqdorini oshiradi.
▪️Asab va yurak-qon tomir tizimi uchun nihoyatda zarur element boʻlib, qon bosimini ham tushiradi.
▪️Ichak parazitar-gelmintoz kasalliklarida.
▪️Erta qarishning oldini oladi.

Meʼyori:
Kattalarga 100 g gacha;
Bolalarga 30-40 g gacha sutkada isteʼmol qilish mumkin. 
Nahorga och qoringa yoki ovqatlangandan 2-3 soat oʻtib isteʼmol qilish kerak!
Erkaklarga uxlash oldidan isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan bir hafta mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyati bilan bog‘liq muhim tabdirlarning qisqacha dayjesti

Tuproq unumdorligini oshirish – mo‘l hosil demak

O‘zbekiston-Xitoy: chorvachilik sohasini rivojlantirish yo‘lida

Mevali bogʻlarda zararli organizmlarga qarshi kurash

Qashqadaryo: islohotlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash yo‘lida

O‘zbekiston-Xitoy: o‘zaro manfaatli hamkorlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligida bayram nashidasi boshlandi

Qoraqalpogʻiston: agrar soha rivoji uchun bilim va ko’nikma o’zgarishi lozim

Qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan soha ayollariga yo'llagan bayram tabrigi

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xabar berganimizdek, joriy yilning 12-mart kuni 19-Xalqaro "Agrо sanoati – #AgroWorld Uzbekistan 2024" ko'rgazmasiga start beriladi.

Unda 21 mamlakatdan 135 ta kompaniya va brendlar o'z mahsulotlarini, agrar sektorning eng yangi uskunalari va texnologiyalarini namoyish etadilar.

🗓 Ko‘rgazma 12-14-mart kunlari bo‘lib o‘tadi

Ro'yxatdan o'tish uchun: https://bit.ly/AWU_uz_reg

Telefon: +998 (71) 205-14-14
Manzil:
O'zekspomarkaz ko‘rgazmalar saroyi
Mo‘ljal: Bodomzor metro bekati

🟢🟢🟢

Как мы уже сообщали, 12 марта текущего года стартует 19-я Международная выставка «Сельское хозяйство – #AgroWorld Uzbekistan 2024».

На нем 135 компаний и брендов из 21 страны представят свою продукцию, новейшие оборудования и технологии аграрного сектора.

🗓 Выставка пройдет с 12 по 14 марта

Регистрация: https://bit.ly/AWU_uz_reg

Телефон: +998 (71) 205-14-14
Адрес: дворец выставок Узэкспоцентр
Ориентир: станция метро Бодомзор

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ekin maydonlari va ularga qo‘yiladigan talablar

📄Ekin maydonlarini tashkil etishda asosiy o‘rin, uning hududini fan yutuqlaridan foydalangan holda belgilanadi. Hududni tashkil etish rejasida ekinlarning turlarini optimal to‘plamini oldindan ko‘ra bilish kerak, ularning bir-biriga bo‘lgan to‘g‘ri nisbatini topish kerak, bir-biriga bo‘lgan joylashuvi, shakli va o‘lchamlari, ishlatish rejasi, melioratsiya qilinadigan yerlarning kerakli sonini, himoyalash usullari inobatga olinishi kerak.

🌱 Ekin maydonlarida ekiladigan asosiy ekin turiga qarab paxtachilik, g‘allachilik, ozuqa ekin, sabzavotchilik va boshqalarga farqlanadi. Ularning maydon ko‘lami paxtachilikda 200-400 ga, g‘allachilikda 500-800 ga va undan ko‘proq bo‘ladi.

🔢 Ekin maydonlari dalalarga bo‘linadi. Bir ekin maydonlaridagi dalalar soni 5-10 ta gacha va ularning maydon ko‘lami 15 gektardan 30 gektargacha bo‘lishi mumkin. Dalalar soni va ularning o‘lchami xo‘jalikda yetishtirilayotgan ekin turlari, xo‘jalik talablari va xo‘jalikning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda xo‘jalik agronomi tomonidan belgilanadi.

ℹ️ Ekin dalalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

– ularning maydoni o‘zaro bir-biriga teng (5-10% farqi bilan), qishloq xo‘jaligi mexanizmlari ishlashi uchun o‘lchami va shakli qulay bo‘lishi;

– relyef, tuproq, gidrogeologik va agromeliorativ shart-sharoitlari bo‘yicha bir xil bo‘lishi;

– ular doimiy sug‘orish tarmoqlari, yo‘llar va tashlama yoki zax qochirish tarmoqlari bilan chegaralangan bo‘lishi talab qilinadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM