QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
29.3K photos
2.89K videos
7 files
10.7K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash institutida bayram shukuhi

🌸8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munobati bilan Qishloq xo’jaligi vazirligi va uning tizim tashkilotlarida bayram tadbirlari davom etmoqda.

🎊Jumladan, kuni kecha Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi “O'zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutida ham bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Institut rahbariyati oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgani va shunday bo‘lib qolishi haqida so’z yuritdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍓 Qulupnaychilik qishloq xo‘jaligining drayver sohalaridan biriga aylanmoqda

🟢Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida qulupnaychilik hudud iqtisodiy rivojining muhim drayverlaridan biriga aylanmoqda.

🔵Bu yoʻnalishda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlardan biri Shokirjon Umarqulov rahbarligidagi “Musaffo baraka savdo biznes” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli issiqxonada gidroponika usulida qulupnay yetishtirilmoqda.

🟡Korxonada 26 ta nafar doimiy ish oʻrni yaratilgan boʻlib, ishchilarning asosiy qismini “Ayollar daftarida” turuvchi xotin-qizlar tashkil etadi.

‼️Korxonaning yillik quvvati 35-40 tonnani tashkil etadi. Xushtaʼm rezavorning katta qismi asosan eksport uchun mo‘ljallangan.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Baliqchilikni rivojlantirish yo'lida yana bir qadam

🐟Hozirgi kunda respublika aholisini sifatli baliq va baliq mahsulotlari bilan ta’minlash, baliq yetishtirish hajmini oshirish, sohaga yangi, resurs tejovchi va intensiv texnologiyalarni joriy etish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔵Shu maqsadda, joriy yilning 5-mart kuni baliq yetishtirishning barqaror amaliyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga zamonaviy texnika va texnologiyalar taqdim etildi.

🟡Ushbu asbob-uskunalar baliqchilik xo‘jaliklaridagi suvning sifati va energiya samaradorligini oshirish orqali baliqlarning yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Zero, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali sifatli mahsulotlarni ichki va tashqi bozorga yo‘naltirish bugungi kunning muhim talablaridan biridir.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Agrar soha rivojida ayollarning ham munosib ulushi bor

Bugun mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.

🟡Bunga javoban yurtimiz ayollari ham o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha yuksak marralarni egallamoqdalar. Xususan, qishloq xo‘jaligidagi yuqori ko‘rsatgichlarda ham ularning salmoqli hissasi bor, albatta.

🟢Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligida ham bugun faol, tashabbuskor opa-singillarimiz faoliyat yuritishmoqda. Dehqon-u fermerlarning yaqin ko‘makchisiga aylangan agentlikda respublika miqyosida hozirda 300 ga yaqin xodim ishlab kelmoqda.

➡️Ularning 20 ga yaqini ayollar. Agentlik faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yishda, har bir hujjatning ijrosini to‘liq ta’minlashda, agrar sohadagi tadbirkorlarga yordam ko‘rsatishda, ularni ham moddiy, ham huquqiy qo‘llab-quvvatlash ishlarida ayol xodimlarning mehnati ahamiyatli.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston-Tojikiston: agrar sohadagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

🇺🇿🤝🇹🇯Joriy yilning 4-6 mart kunlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari, tizim tashkilotlari va tadbirkorlardan iborat Ishchi guruh Tojikiston Respublikasida bo‘ldi.

🟢Tashrif doirasida So‘g‘d va Xatlon viloyatlari rahbariyati, Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Dj. Nosirzoda, Savdo sanoat palatasi vakillari hamda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Shuningdek, So‘g‘d va Xatlon viloyatlaridagi qishloq xo‘jaligi obyektlari, viloyatlardagi mavjud bo‘sh yer maydonlari hamda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarga tashriflar amalga oshirildi.

✍️Uchrashuvlar doirasida O‘zbekiston tajribasi asosida So‘g‘d viloyatida sholi yetishtirish va uni qo‘shni davlatlarga eksport qilish masalasi, meva-sabzavotlarni qayta ishlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 "O‘zbekiston 24" telekanali orqali "Olima ayollar" forumi sarlavhasi ostida maxsus reportaj efirga uzatildi.

🌺 Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan Buxoro viloyatida o‘tkazilgan ayollar forumining bugungi kundagi ahamiyati va sohada gender tenglikni ta'minlash masalalari xususida so‘z yuritilgan.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM