QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
28.2K photos
2.87K videos
7 files
10.5K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
“CROPAGRO” TIZIMIDAN FOYDALANISH KO‘NIKMALARI RIVOJLANTIRILMOQDA

👥Joriy haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligining “CropAgro” axborot tizimidan foydalanish masalalariga doir seminar-treninglar davom etmoqda.

Tizim ekinlarni yer konturlari kesimida rejalashtirish, bunda yerning tuproq tavsifi, suv bilan ta'minlanganligi va hududning ixtisoslashuvlarini hisobga olish, tegishli axborot tizimlariga mahsulot yetishtiruvchilarning manfaatli elektron ma'lumotlarni taqdim etishni kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tuman bo‘limlari hamda "O‘zdaverloyiha" DILI hududiy bo‘linmalari uchun tashkil etilayotgan tadbirlarda vazirlik va "Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" DM mutaxassislari axborot tizimida ishlash, yerlar va ekinlarga oid bo‘lgan ma'lumotlar va hisobotlarni shakllantirish, tizimning imkoniyatlari va afzalliklari to‘g‘risida batafsil ma'lumot berilmoqda.

Shu bilan birga, mutaxassislarga “CropAgro” axborot tizimidan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashilmoqda.

#Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Suv_xojaligi_vazirligi #Ozdaverloyiha #CropAgro_axborot_tizimi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRI “KARKIDON” SUV OMBORI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

💧Ayni paytda ishchi tashrif bilan Farg‘ona viloyatida  bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Quva tumanida joylashgan "Karkidon" suv omborini ham ko‘zdan kechirish maqsadida ushbu joyda bo‘ldi.

Ushbu omborning suv sig‘imi 28 mln kub/metr bo‘lib, agar suv to‘g‘ri olib kelinsa, shu hududda joylashgan qishloq xo‘jaligi yerlarining 1,5 ming gektarini o‘zlashtirish mumkin. "Karkidon" suv ombori atrofida bo‘lgan 1,5 ming gektar yerni o‘zlashtirib, ularga suv yetkazish masalasida omborning imkoniyatlari chamalandi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov,
"Karkidon" suv omboridan tashqari "Quva-2" maxsus stansiyasiga ham tashrif buyurdi. Ushbu maxsus stansiyaning quvvati 1800 gektar yerni suv bilan ta’minlash imkoniyatiga ega, ammo hozirgi vaqtda juda ko‘plab agregatlarning ma’nan eskirganligi tufayli bu stansiya ham o‘z faoliyatini qisman davom ettiryapti.

#tashrif #vazir #suv_ombori #Karkidon #Quva_2 #Kampirobod #maxsus_stansiya #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalida yurtimizda ilk bor joriy qilinayotgan “Aqlli qishloq xo‘jaligi” loyihasi qishloq xo‘jaligi sohasida yangi bosqichni boshlab berishi haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida joylashgan Qoraqalpog‘iston sholi va don ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining tajriba maydonida yo‘lga qo‘yilgan yangi loyihaning afzalliklari, hamdo‘stlik davlatlari orasida birinchi marotaba amaliyotga joriy qilinishi, aqlli suv tejovchi texnologiyalarning samaradorlik ko‘rsatgichlari haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #aqlli_qishloq_xojaligi #suv_tejovchi_texnologiyalar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NURAFSHONDA SUV TEJOVCHI USKUNALAR ISHLAB CHIQARISH JORIY ETILDI

Davlatimiz rahbarining
yirik sanoat majmualari va sport obyektlari bilan tanishish, yangi korxonalarni ishga tushirish maqsadida Toshkent viloyatiga qilgan tashrifi doirasida Nurafshon shahrida “AGRO NEW DRIP” korxonasi ham o‘z ish faoliyatini boshladi.

🔸Mazkur korxona tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish shlanglari, quvurlar va geomembranalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

🔸Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotning 40 foizi eksportga 60 foizi ichki bozorlarga mo‘ljallangan.

🔸Mahsulot tayyorlashda ishlatiladigan xomashyoning 50 foizi Saudiya Arabistoni va Turkiyadan keltirilsa, 50 foizi mahalliy korxonalar tomonidan yetkazib beriladi.

#Nurafshon #suv #ishlabchiqarish #AGRONEWDRIP

ПРОИЗВОДСТВО ВОДОСБЕРЕГАЮЩЕГО ОБОРУДОВАНИЯ В НУРАФШАНЕ

⚡️В ходе визита главы государства в Ташкентскую область с целью знакомства с ходом реализации реформ, работой крупных промышленных комплексов, а также функционированием и строительством спортивных объектов, президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев дал символический старт началу деятельности целого ряда предприятий, одним из которых является «AGRO NEW DRIP» в Нурафшане.

🔸Предприятие специализируется на производстве шлангов капельного и дождевального орошения, а также труб и геомембран.

🔸Также на заводе оборудованы испытательные лаборатории и каждое выпускаемое изделие проходит соответствующие тесты. 40 процентов продукции предназначено для экспорта, а оставшиеся 60 процентов - для внутреннего рынка.

🔸50 процентов сырья, используемого при производстве продукта, импортируется из Саудовской Аравии и Турции, а оставшиеся 50 процентов поставляет местное предприятие.

#Нурафшан #вода #производство #AGRONEWDRIP

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💧Suv – tiriklik, hayot inikosi. Suv nabodot olamining tirikligiyu, yashashga bo‘lgan intilishining bo‘lagi, quvvatidir. Flora va fauna olami u bilan yashaydi, hayot kechiradi. Tabiat, xususan o‘simliklarning normal rivojlanishi va o‘sishi uchun quyosh qanchalik zarur bo‘lsa, suvning qiymati undanda ziyoda. Ammo ob-havo o‘zining kutilmagan sovg‘alarini taqdim etadiki, ular kamdan-kam quyoshli kunlar va kuchli yomg‘ir o‘rtasidagi muvozanatda farqlanadi.

Bugun insoniyat oldida suvni tejash, undan unumli foydalanishdek jiddiy muammo turibdi. Bunda har bir insonning harakati, o‘simlikdan tortib hayot kechirishgacha bo‘lgan jarayonda suvning qiymatini baholab borishi va suv tejovchi texnologiyalarga urg‘u berishi muhimdir.

Ananaviy o‘simlik yetishtirish suvning haddan ziyod sarflanishiga sabab bo‘ladi. Tomchilatib yoki yomg‘irlatib sug‘orishda esa hattoki 10 barobar suv sarfi bilan ham mo‘l hosil olishning imkoni bor.

Ayni paytda yurtimizda tomchilatib sug‘oriladigan paxta maydonlarida hosilning ortishi kuzatilmoqda. Oddiy holda sug‘orilgan maydondan 35-40 sentnerdan oqoltin terilgan bo‘lsa, tomchilatib sug‘orishda 50-60 sentnergacha hosil olish mumkinligi o‘z isbotini topmoqda.

#suv #tomchilatib_sugorish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SUV–HAYOT MANBAI

💧Olimlar sayyoramizdagi ilk tirik mavjudotlar suvda paydo bo'lganini ta'kidlashadi. Million yillardan buyon suv tiriklik evolyutsiyasiga ham, Yer sayyorasining geografik shakliyu, iqlim o'zgarishlariga ham beqiyos ta'sir ko'rsatib kelmoqda. Suvsiz hayot yo'q. Uni insoniyat ko'z qorachig'idek asrashga majbur.

Sayyoramizdagi toza ichimlik suvi zaxirasini asrash, undan oqilona foydalanish, sanoat va ishlab chiqarish jarayonini tabiatga zarar yetkazmaydigan tarzda “ekologik toza” innovatsion uslublar bilan yo'lga qo'yish, suv tejovchi texnologiyalarga joriy etish bugungi kunning muhim omillaridan biridir.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining pasayishi suv taqchilligi muammosi bilan bog‘liq. Bu vaziyatni yumshatish uchun sug‘orish tizimida tejamkor texnologiyalarni joriy etish, tomchisi tilloga teng obi-hayotni behuda isrof bo‘lishining oldini olish talab etiladi.

#suv #tomchilatib_sugorish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTONDA KREVETKA YETISHTIRISH YO‘LGA QO‘YILADI

🤝Qishloq xo‘jaligi vazirligida “Ozbekbaliqsanoat” uyushmasi rahbariyati hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Shandong Youfa Group” kompaniyasi vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Xususan, O‘zbekistonda krevetkani sanoat usulida yetishtirishni yo‘lga qo‘yish masalasiga e’tibor qaratildi.
*****
В УЗБЕКИСТАНЕ БУДЕТ НАЛАЖЕНО РАЗВЕДЕНИЕ КРЕВЕТОК

🤝В Министерстве сельского хозяйства состоялась встреча руководства ассоциации «Узбекбаликсаноат» и представителей китайской компании «Shandong Youfa Group».

В ходе конструктивного диалога были обсуждены перспективы налаживания и расширения двустороннего сотрудничества. В частности, особое внимание было уделено вопросу промышленного разведения креветок в Узбекистане.

#Ozbekbaliqsanoat #baliqchilik #krevetka #suv_havzalari

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 O‘tgan haftada o‘simliklar unib-o‘sishi uchun birlamchi ustuvor omillar haqida so‘ragandik.

👥 So‘rovda jami 577 kishi qatnashdi. Ulardan 316 nafari to‘g‘ri javob berdibu suv, kislorod va ozuqaviy moddalar edi.

Uzum sayli festivali doirasida o‘tgan Xalqaro uzumchilik va vinochilik konferensiyasida  qayd etilganidek, ekin unishi va o‘sib yetilishi uchun mana shu uch unsur asosiy omil sanaladi.

Ulardan qay biri bo‘lmasin, yetishmasa, o‘simlik o‘sishiga nuqson yetadi.

📝So‘rovlarimizda qatnashing. Shu tarzda yangiliklardan xabardor bo‘lasiz yoki qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlaridan boxabar ekaningizga yana bir bor amin bo‘lasiz.

#sorovnoma #suv #kislorod #tuproq

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘limi boshlig‘i Sirojiddin Nizamov bilan Suv resurslari va ulardan foydalanishning iqlim o‘zgarishiga ta’siri bo‘yicha intervyu tashkil etildi.
 
Iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqlarida ta’kilaganlaridek, keyingi 30 yilda mintaqamizda havo harorati bir yarim darajaga ko‘tarildi.

“Bu esa, global isish ko‘rsatkichidan o‘rtacha ikki baravar ko‘pdir. Natijada muzliklar umumiy maydonining qariyb uchdan bir qismi yo‘q bo‘lib ketdi.

Agar bu tendensiya davom etsa, mintaqamizdagi ikkita yirik daryo – Amudaryo va Sirdaryoning oqimi 15 foizga kamayishi mumkin. Kelgusi yigirma yil ichida aholi jon boshiga suv bilan ta’minlanish 25 foizga, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi esa 40 foizga kamayishi kutilmoqda”.

Tahlillar qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi keskin choralar ko‘rishni taqozo etadi.

#iqlim_oʻzgarishi #global_isish #qishloq_xoʻjaligi #suv_resurlari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGIDA EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH

Bugun jahon hamjamiyati insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biri global iqlim o‘zgarishi ekanligini tan olmoqda.

Hozirgi kunga kelib, dunyo miqyosida har bir davlat ham iqtisodiy, ham ijtimoiy rivojlanishi uchun o‘zidagi bor imkoniyatlarini to‘liq ishga solmoqda.
☀️ Iqlim o‘zgarishi mamlakat qishloq xo‘jaligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Кeyingi 30 yilda mintaqamizda havo harorati bir yarim darajaga ko‘tarildi.

Tahlillar qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi keskin choralar ko‘rishni taqozo etadi.
Hozirda suvni tejamkorlik bilan sarflash nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda dolzarb masalaga aylangan. Chunki suv iste’moli yildan-yilga ortib bormoqda, suv zaxiralari esa cheksiz emas. Bularning barchasi dunyoning aksariyat mamlakatlarida suv resurslarini boshqarishga eng yangi va yuqori samara beradigan texnologiyalarni jalb etish loyihalariga alohida e’tibor qaratishni taqozo etmoqda.

📈 Aytish joizki, bu borada O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda katta ishlarga qo‘l urilmoqda. Suv resurslaridan samarali foydalanish uchun sohaga yangi va tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha jahonning ilg‘or mamlakatlari bilan hamkorlikda loyihalar hayotga joriy etilmoqda.

Suv resurslarini axborotlashtirish va kerakli miqdordagi suvni o‘z vaqtida yetkazib berish orqali suv resurslari yo‘qotilishining oldini olish bilan suv resurslaridan yanada samarali foydalanish mumkin.

Xususan, O‘zbekiston kabi yog‘ingarchilik kam va suvni ko‘p iste’mol qiladigan mamlakatlarda suv resurslaridan samarali foydalanish qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.

#ekologiya #tomchilatib_sugorish #suv_resurslari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев қишлоқ хўжалигида сув ресурсларидан фойдаланиш самарадорлигини оширишга қаратилган таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по повышению эффективности пользования водой в сельском хозяйстве.

#Mirziyoyev #taqdimot #suv #qishloqxujaligi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter