QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
28.5K photos
2.87K videos
7 files
10.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Ustuvor vazifalar ijrosi belgilab olindi

🇺🇿 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida qishloq xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va hududiy viloyat boshqarma boshliqlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, islohotlarni chuqurlashtirish va vazirlik faoliyatini transformatsiya qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar, sohaga oid qabul qilingan Qonunlar, Prezident Farmon, Qaror va topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi. Qayd etildiki, davlatimiz rahbari imzo chekkan har bir hujjat mohiyatini avvalo soha vakillarining o‘zlari teran anglagan holda, joylarda targ‘ib etilishi hamda bajarilishiga shaxsiy tashabbus ko‘rsatishi darkor. Ish usuli, mehnat faoliyatining asosini dehqon-fermerlar manfaatdorligini oshirishga qaratish lozim. Bunda tizimda ko‘p yillardan beri samarali faoliyat yuritib kelayotgan fidoiylarning hayotiy tajribasidan o‘rganish lozimligi ham e’tirof qilindi.

🔬 Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligining lokomotivi bo‘lishi kerak bo‘lgan ilmiy muassasalar, ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyati tahlil qilindi. Bugungi kun nafasi hamda dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlar mazkur muassasalarni qamrab ololmayotgani qayd etildi. Olimlarimiz uyg‘oq bo‘lishi, ilmiy faoliyatni har qachongidan yuksaltirishi lozimligi bildirildi. Ishlanmalar agarda ilm-fan bilan amalga oshirilmas ekan, uning istiqboli ham mavhum bo‘lishi qayd etildi.

💼 Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda topshiriqlar ijrosi, qishloqda tadbirkorlikni rivojlantirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, mamlakat aholisini kafolatlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

🌱 O‘z navbatida, Vazir agrar sohani yanada rivojlantirish, kelgusida qilinajak ishlar va uning yechimlari borasida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu borada tashabbus va takliflar, konstruktiv muloqot ruhi ustivor bo‘lishi lozimligi qayd etildi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida qishloq xo‘jaligida mo‘l-hosil olish uchun kuzgi shudgorlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish ishlari haqida agroklaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etgan seminar haqida lavha efirga uzatildi.

Lavhada Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida tashkil etilgan ushbu tadbirda viloyat bo‘yicha 2024-yil hosili uchun kuzgi shudgorlash tadbirlari jami, 132 ming 345 gektar maydonni qamrab olishi, buning uchun 289 ta yuqori unumli haydov traktorlari jalb etilgani va mazkur muhim agrotexnik tadbirlarning ahamiyati borasida mehnat faxriylari va mutaxassislar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashgani haqida so‘z yuritilgan.

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Иссиқхона хўжаликлари.pdf
535.2 KB
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Issiqxona xo‘jaliklari va meva-sabzavotlarni eksport qiluvchi korxonalarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 567-son qarori qabul qilindi.

Unga ko'ra, Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini va ichki bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash, issiqxona xo‘jaliklari tomonidan mahsulot yetishtirishni oshirish, issiqxonalarning muqobil energiya manbalaridan foydalanishga o‘tishini rag‘batlantirish, shuningdek, mahalliy eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning eksport salohiyatini oshirish;

Issiqxonalarning yetkazib berilgan yoqilg‘i uchun to‘liq hisob-kitob qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni ichki bozorga va eksportga chiqarish;

“Insofsiz iste’molchilar ro‘yxati”da turgan tadbirkorlarga tabiiy gaz yetkazib berish shartnomalarining bekor qilinishi hamda  qishning sovuq kunlarida aholiga gaz yetkazib berish qiyinlashganda issiqxonalarni gazdan uzish ko‘zda tutilgan.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
To'qsonbosti usulida ekin ekish ishlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o'rinbosari Botir Tog'ayev agrar sohada joylardagi islohotlar izchilligini ta’minlash, olib borilayotgan ishlar bilan tanishish shuningdek, dala chetlariga mevali daraxtlar, bog' va tok qator oralarini shudgorlash, tut, terak ko‘chatlari hamda to‘qsonbosti ekinlar ekish jarayoni bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Botir Tog'ayev ishchi tashrif rejasiga ko‘ra viloyatning Kogon tumanida bo‘lib,  dala chetlaridan samarali foydalanish  bo‘yicha  hamda “Yashil makon” loyihasi doirasida shu kungacha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh.G'aniyev rahbarligida qishloq xo'jaligi masalalariga bag'ishlab o'tkazilgan yig'ilishi ijrosi hamda viloyat qishloq xo'jaligi hududiy boshqarmasi, bo'lim va departamentlarda "ijro.gov.uz" tizimida bajarilishi lozim bo'lgan topshiriqlar ijrosini tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Bundan tashqari, Vazirning birinchi o'rinbosari Botir Tog'ayev Buxoro viloyati hokimi B.Zaripov bilan Buxoro shahri  "Qurilish" MCHJ ga qarashli 12 gektar maydonda barpo etilgan bog' bilan tanishdi. U yerda dehqon va fermerlar bilan suhbatlashar ekan  “Yashil makon” loyihasining ahamiyati, dala chetlaridan samarali foydalanish maqsadida ekiladigan ekinlar va mevali daraxt turlarini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha tavsiyalar o‘rtaga tashlanib, to'qsonbosti usulida ekin ekish va bu borada boy tajribalardan ham foydalanish lozimligi qayd etildi.

#tashrif

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo anorchiligi jadal rivojlanmoqda

🌱 Mutaxassislarning fikricha bugungi kunda yer kurrasida anorning 130 dan ortiq navlari o‘stiriladi. Yurtimizda yetishtirilayotgan anorlarning dovrug‘i bugun nafaqat respublikamiz balki, xorijda ham mashhur. Boisi, uning shifobaxsh xususiyatlari bisyor.

Tinim bilmas bog‘bonlarimiz esa yildan yilga anorzorlarimizga parvarish berib, el dasturxoniga to‘kin-sochinlik ulashmoqda.

👨‍🌾 Huddi shunday bog‘bonlardan biri Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida “Usmonobod anorzori” fermer xo‘jaligining rahbari Sobir Boyturayevdir.

Uning fermer xo‘jaligi 2000-yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda 13 gektar maydonga ega. Shundan 5 gektariga anor ekilgan. Sirdaryo viloyatida anorning "Qora qayin" navi keng tarqalgan bo‘lib, Sobir Boyturayev ham o‘z bog‘iga mana shu navdan ko‘proq ekkan. Ushbu navning mevasi qizildan qoraga yaqinroq bo‘lib, donasi yirik, suvli va shirindir.

Anor shifobaxshligi bilan boshqa mevalardan ajralib turadi. Mevalari tarkibida qand, organik kislotalar, tanin, oqsillar, pektin, shuningdek temir, kobalt, yod, С, R, A vitaminlari bor. Mevalari, barglari, ildizi va gullari tarkibida С vitamini 250-1300 mg gacha mavjud.

Asrlar bo‘yi shifobaxshligi uchun qadrlab kelingan anor donasining soni yilimizning kunlariga, ya’ni 365 dona bo‘lib (faqat ayrim navlarda 200-800 tagacha bo‘lishi mumkin) uni to‘kmay, biror donini qoldirmay va tashlamay iste’mol qilinsagina, inson salomatligiga foyda qilishini bobolarimiz ko‘p ta’kidlashgan.

#anorchilik #rivojlanish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩🟩🟩 22-29-oktyabr 2023-yil

🎗 “Istiqbol umidlari” tanlovining dastlabki bosqichi o‘tkazildi
https://t.iss.one/uzagroministry/14001

🇺🇿 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi muhokama etildi
https://t.iss.one/uzagroministry/14002

🚜 AGRITECHNICA - Qishloq xo‘jaligi texnikalari ko‘rgazmasi
https://t.iss.one/uzagroministry/14009

🇰🇬 QIRGʼIZ RESPUBLIKASI BILAN AGROTARMOQDA OʼZARO HAMKORLIK KUCHAYTIRILADI
https://t.iss.one/uzagroministry/14010

🇺🇿 Poytaxtimizda ikkita xalqaro koʻrgazma ish boshladi
https://t.iss.one/uzagroministry/14019

👨‍👩‍👧‍👦 OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
https://t.iss.one/uzagroministry/14030

🥗 Sog‘lom ovqatlanish — sog‘lik garovi
https://t.iss.one/uzagroministry/14036

🥇 QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI XODIMLARI TANLOV G‘OLIBLARI SAFIDA
https://t.iss.one/uzagroministry/14041

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30-oktyabrdan 5-noyabrgacha ob-havo ma'lumoti
 
☀️30-oktyabrdan boshlab
Quyosh chiqishi – 06:51
Quyosh botishi – 17:22
 
🌔 To‘lin oy: 30-oktyabr
Tugayotgan oy: 31-oktyabr – 5-noyabr
 
Geomagnit faollik:
Hafta davomida kuchsiz geomagnit to‘lqinlar bo‘ladi (Kp-indeks: 4-2-2-2-2-2-2 ).
 
Ultrabinafsha nurlari ko‘rsatkichi:
Hafta davomida mo‘tadil daraja (1-3 ball) bo‘lishi kutilmoqda.
 
Havoning namligi:
30-oktyabr - 47%; 31-oktyabr - 67%; 1-noyabr - 73%; 2-noyabr - 57%; 3-noyabr - 52%; 4-noyabr - 43%; 5-noyabr - 36%;
 
🌤️Haftalik ob-havo haqida qisqacha:
O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo’ladi.
Respublikaning togʻoldi va tog‘li hududlarida havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
 
📝 Dehqon va fermerlar uchun tavsiyalar:
G‘alla ekilgan maydonlarda sug‘orish ishlari amalga oshiriladi. Bog‘larda pishib yetilgan mevalar terib olinadi. Shuningdek, g‘o‘za maydonlarida paxtani sifatli va toza yig‘ib-terib olishga e’tibor qaratish lozim.
 
#ob_havo #iqlim #tavsiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Погодные явления с 30 октября по 5 ноября
 
☀️С 30 октября
Восход – 06:51
Закат –17:22
 
🌔 Полнолуние: 30 октября
Убывающая луна: 31 октября – 5 ноября
 
Геомагнитная активность:
Небольшие геомагнитные возмущения в течение недели (Кп-индекс: 4-2-2-2-2-2-2).
 
Ультрафиолетовый индекс:
Всю неделю ожидается умеренный уровень (1-3 баллов).
 
Влажность воздуха:
30 октября - 47%; 30 октября - 67%; 1 ноября - 73%; 2 ноября - 57%; 3 ноября - 52%; 4 ноября - 43%; 5 ноября – 36%;
 
🌤️ Еженедельная сводка погоды
На этой неделе, по большей части территории Узбекистана небольшая, местами переменная облачность, без осадков. Ветер восточный с переходом на западный 7-12 м/с. Температура ночью 9-14° тепла, днем 17-22° тепла.
По горным районам республики переменная облачность, без осадков. Ветер восточный с переходом на западный 7-12 м/с. Температура ночью 4-9° тепла, днем 12-17° тепла.
 
📝 Рекомендации для фермеров и дехкан
На полях, засеянных зерном, проводятся ирригационные работы. В садах собирают спелые плоды. Также необходимо обратить внимание на качественный и чистый сбор хлопка на хлопковых полях.
 
#погода #климат #рекомендации

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Istiqbol umidlari” tanlovida eng yaxshi ilmiy-tadqiqot instituti aniqlandi

🏆 2023-yil 28-oktyabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Istiqbol umidlari” tanlovining Ilmiy-tadqiqot institutlari o'rtasida yakuniy bellashuvi o'tkazildi.
 
Bellashuvning ushbu bosqichida Vazirlik tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlardan iborat Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining “Yosh paxtakorlar” , “O‘zdavyerloyiha” ilmiy-loyihalash institutining “Yer tuzuvchilar” hamda O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining “Yosh karantinchilar” jamoalari o‘zaro bellashdilar.
 
🔸 Jamoalar 3 ta shart: “Taraqqiyot ovozi”, “Blis” savol-javob va “Muammo va yechim” doirasida musobaqalashdi.
Yakunda “O‘zdavyerloyiha” ilmiy-loyihalash institutining “Yer tuzuvchilar” jamoasi 3-o‘rinni, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining “Yosh paxtakorlar” jamoasi 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rinni O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining “Yosh karantinchilar” jamoasi qo‘lga kiritdi.
 
Musobaqaning 1-2-3-o‘rin sohiblariga maxsus diplomlar topshirildi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligi: taraqqiyot yo‘li islohot va uning izchilligini taʼminlashda

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga oid modernizatsiya jarayonlari davlatimiz tomonidan ilgari surilayotgan strategik islohotlarda iqtisodiyotning muhim vositalaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirish va vazirlik faoliyatini transformatsiya qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar, sohaga oid qabul qilingan Qonunlar, Prezident Farmon, Qaror va topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿 Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori G‘ofurjon Mirzayev va Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham ayni shu masalalar xususida so‘z bordi.

🔰 Dastavval yig‘ilishda, tashkiliy hamda tarkibiy masalalar ko‘rib chiqildi. Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq shu vaqtgacha Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Azim Nazarov Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi agrosanoat kompleksini rivojlantirish sho‘basi mudiri lavozimida ishlab kelgan Akmal Qosimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi moliya-iqtisodiyot va investitsiyalar departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Bunyod Oxunovlar Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlanganligi maʼlum qilindi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM