QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.7K subscribers
29.5K photos
2.92K videos
7 files
10.9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
“Istiqbol umidlari” tanlovining navbatdagi bellashuvi o'tkazildi

🏆 2023-yil 26-oktyabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Istiqbol umidlari” tanlovining uchinchi kuni o‘tkazildi.
 
Tanlovning uchinchi kunidagi saralash bosqichida Vazirlik tizimidagi Ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlardan iborat Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining “Yosh bog‘bonlar”, Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining “Sholikor”, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining “Oltin boshoq”, Don sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining “Aral”, “O‘zdaverloyiha” ilmiy-loyihalash institutining “Yer tuzuvchilar” hamda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining “Tuproqshunos” jamoalari o‘zaro bellashdilar.
 
🔸 Jamoalar 3 ta shart: “Taraqqiyot ovozi”, “Blis” savol-javob va “Muammo va yechim” doirasida musobaqalashdi.
Yakunda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining “Tuproqshunos” jasmoasi 3-o‘rinni, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining “Oltin boshoq" jamoasi 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rinni “O‘zdaverloyiha” ilmiy-loyihalash institutining “Yer tuzuvchilar” jamoasi qo‘lga kiritdi.
 
Musobaqaning 1-2-3-o‘rin sohiblariga maxsus diplomlar topshirilgan bo‘lsa, faol qatnashgan qolgan jamoalar tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 27, 2023
🔍 KOREYANING “AQLLI ISSIQXONALAR” TEXNOLOGIYASI O‘RGANILMOQDA

🤝Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent Davlat Agrar universiteti va Janubiy Koreyaning “Camtic” kompaniyasi vakillari hamkorligida oliygoh talabalari uchun “Aqlli issiqxonalar” bo‘yicha Koreya tajribasini o‘rganish yuzasidan 10-kunlik o‘quv-seminar tashkil etildi.
Mazkur o‘quv-seminar “O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligi sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Ushbu loyiha asosida universitetning 50 nafar saralab olingan talabalarini koreyalik mutaxassislar tomonidan 3,5 yil davomida “Aqlli issiqxonalar”ni kompyuter dasturlari orqali boshqarish jarayonlari, issiqxonalarni raqamlashtirish borasidagi Koreya tajribasi, uning afzalliklari va imkoniyatlari bo‘yicha o‘z bilim, ko‘nikmalarini dastlabki bosqichdan boshlab o‘qitadilar.

O‘quv-seminarning yakunida talabalarga sertifikatlar va sovg‘alar topshiriladi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 27, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida aholi xanadonlari hamda fermer xo‘jaliklari qaramog‘idagi chorva hayvonlarini o‘z vaqtida emlash yuzasidan keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazilayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Lavhada Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida o‘tkazilgan seminarda oziq-ovqat xavfsizligi va mahsuldor chorva mollarini ko‘paytirish yuzasidan, shuningdek, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni oldini olish yuzasidan tavsiyalar berilgani haqida so‘z yuritilgan.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 27, 2023
“Istiqbol umidlari” tanlovining navbatdagi musobaqasi o'tkazildi

🏆 2023-yil 27-oktyabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Istiqbol umidlari” tanlovining to'rtinchi kuni o‘tkazildi.
 
Tanlovning to'rtinchi kunidagi saralash bosqichida Vazirlik tizimidagi Ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlardan iborat Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining “Omadli” , Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining “Chorvadorlar”, O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining “Yosh karantinchilar” hamda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining “Ziyo” jamoalari o‘zaro bellashdilar.
 
🔸 Jamoalar 3 ta shart: “Taraqqiyot ovozi”, “Blis” savol-javob va “Muammo va yechim” doirasida musobaqalashdi.
Yakunda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining “Omadli” jasmoasi 3-o‘rinni, Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining “Chorvadorlar” jamoasi 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, faxrli 1-o‘rinni O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining “Yosh karantinchilar” jamoasi qo‘lga kiritdi.
 
Musobaqaning 1-2-3-o‘rin sohiblariga maxsus diplomlar topshirilgan bo‘lsa, faol qatnashgan qolgan jamoalar tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 28, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📈 TAKRORIY EKIN — QO‘SHIMCHA DAROMAD MANBAI

So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan fermer va dehqonlar sohaga innovatsion, samarali usullarni joriy etish orqali yiliga 2-3 martagacha yuqori mahsuldorlikka erishish yo‘lida izlanmoqdalar.

🥔 Jumladan,  Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi “Gulbuloq sabzavotlar makoni ” fermer xo‘jaligi rahbari O‘g‘iloy Uralova ham ana shunday ilg‘or sohaning izlanuvchan fidoiylaridan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U fermer xo‘jaligi balansidagi 8 gektar yer maydonidan unumli foydalanib yiliga ikki martadan hosil olmoqda. Fermer xo‘jaligi faoliyat turi sabzavotchilik yo‘nalishiga ixtisoslashgan bo‘lib, asosan turli xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiradi. Ma’lumki, mirishkorlar uchun yilning 4 faslida ham ish qizg‘in kechadi. Ayni kunlarda O‘g‘iloy opa fermer xo‘jaligida ham ikkinchi ekin hosilini yig‘ishtirish arafasida. Fermer xo‘jaligining g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarida ikkinchi ekin sifatida 2 gektarida loviya, 6 gektarida kartoshka parvarishlagan. Ma’lum qilinishicha, poliz maydonida Pokiston davlatining “Savella” kartoshka navi ekilgan bo‘lib, ushbu kartoshka bahorgi birinchi mavsumda ekilganda gektariga 30-35 tonna hosil bersa, kuzgi mavsumda takroriy ekin sifatida ekilsa, gektariga 20 tonna hosil olish mumkin. Dehqon opamizning ta’kidlashicha, hozirda ob-havoning noqulay sharoiti sabab loviya hosilini yig‘ishtirmay turibdi.

🔸 Agarda loviya hozir yig‘ib olinsa, hosilga nam tegishi natijasida unga sifatiga zarar yetishi mumkin. Shu boisdan, hosilni joyida saqlab 4-5 kundan keyin ob-havo issiq bo‘lishi bilan yig‘ib olishni rejalashtirilmoqda. Xo‘jalik yerlarida yetishtirilgan kartoshka va sabzavot ekinlari aholi dasturxonlariga yetkazish uchun mahalliy bozorlar rastalariga sotishga peshma-pesh yetkazib beriladi.

#kartoshka #daromad_manbai

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 28, 2023