FARG'ONA
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning joylarda agrar sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida ishchi tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik.
✅ Oltiariq tumanida bugungi kunda 243 ta fermer xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, 2023-yil kuz va 2024-yil bahor oylarida ular tomonidan jami 187 gektar dala chetlariga 534 ming dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Shundan 35 gektar yer maydoniga 140 ming dona tut daraxti, 12 gektar yer maydoniga 16 ming dona tok qalamchalari, 76 gektar yer maydoniga esa manzarali terak ko‘chatlari ekiish ishlari boshlab yuborilgan. Bundan tashqari dala chetlaridagi 64 gektar yer maydoniga sabzavot va poliz ekinlarini ekish ko‘zda tutilgan.
Vazir Aziz Voitov dehqon va fermerlar bilan suhbatlashar ekan “Yashil makon” loyihasining ahamiyati, dala chetlaridan samarali foydalanish maqsadida ekiladigan ekinlar va mevali daraxt turlarini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha tavsiyalar o‘rtaga tashlanib, bu borada boy tajribalardan ham foydalanish lozimligi qayd etildi.
#yashil_makon #Fargona #ishchi_tashrif
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM