Paxta xom ashyosining narxi qanday aniqlanadi?
💹 Endi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Nyu-York savdo birjasida paxta tolasining fyuchers shartnomalari bo‘yicha kotirovkalari tahlili va ma'lumotlarini kunlik e'lon qilib boradi. Bu ma'lumotlarni kuzatib borish orqali siz birjada bir tonna paxta tolasining so‘mdagi kunlik va oylik o‘rtacha narxlarini bilib olishingiz mumkin.
Shuni aytib o‘tish kerakki, Nyu-York savdo birjasida har kuni muntazam paxta tolasining kelayotgan mart, may, iyul, oktyabr, dekabr oylari fyuchers shartnomalari amalga oshiriladi. Birjada paxta tolasining vazni ingliz funtida, narxi esa AQSH dollari sentlarida ifodalanadi.
📊 Nyu-York savdo birjasida kotirovka qilinadigan paxta tolasi taxminan mahalliy to‘rtinchi tip, birinchi nav, o‘rta klass paxta naviga to‘g‘ri keladi.
E'tibor bering bir ingliz funti og‘irligidagi paxta tolasi sentdagi narxini bir tonna paxta tolasining AQSH dollardagi narxiga aylantirish uchun 22,046 hisob-kitob koeffitsiyenti qo‘llaniladi. Ya'ni bir funt paxta tolasining o‘rtacha narxi -85 sentni hisob-kitob koeffitsiyenti--22,046 (o‘zgarmas koeffitsiyent) ga ko‘paytiramiz, shunda bir tonna paxta tolasining dollardagi narxi kelib chiqadi.
85 s/funt * 22,046 = 1 874 dollar/tn
Bunda “oktyabr-23”, “dekabr-23”, “mart-24” fyuchers kotirovkalarining har birining joriy yil iyun - oktyabr davrdagi o‘rtacha narxlarining o‘rtacha arifmetik qiymati topiladi va ushbu qiymat paxta tolasining indikativ prognoz narxi sifatida foydalaniladi.
#paxta #xom_ashyo #narx
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
💹 Endi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Nyu-York savdo birjasida paxta tolasining fyuchers shartnomalari bo‘yicha kotirovkalari tahlili va ma'lumotlarini kunlik e'lon qilib boradi. Bu ma'lumotlarni kuzatib borish orqali siz birjada bir tonna paxta tolasining so‘mdagi kunlik va oylik o‘rtacha narxlarini bilib olishingiz mumkin.
Shuni aytib o‘tish kerakki, Nyu-York savdo birjasida har kuni muntazam paxta tolasining kelayotgan mart, may, iyul, oktyabr, dekabr oylari fyuchers shartnomalari amalga oshiriladi. Birjada paxta tolasining vazni ingliz funtida, narxi esa AQSH dollari sentlarida ifodalanadi.
E'tibor bering bir ingliz funti og‘irligidagi paxta tolasi sentdagi narxini bir tonna paxta tolasining AQSH dollardagi narxiga aylantirish uchun 22,046 hisob-kitob koeffitsiyenti qo‘llaniladi. Ya'ni bir funt paxta tolasining o‘rtacha narxi -85 sentni hisob-kitob koeffitsiyenti--22,046 (o‘zgarmas koeffitsiyent) ga ko‘paytiramiz, shunda bir tonna paxta tolasining dollardagi narxi kelib chiqadi.
85 s/funt * 22,046 = 1 874 dollar/tn
Bunda “oktyabr-23”, “dekabr-23”, “mart-24” fyuchers kotirovkalarining har birining joriy yil iyun - oktyabr davrdagi o‘rtacha narxlarining o‘rtacha arifmetik qiymati topiladi va ushbu qiymat paxta tolasining indikativ prognoz narxi sifatida foydalaniladi.
#paxta #xom_ashyo #narx
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM