This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👩 15-OKTYABR – XALQARO QISHLOQ AYOLLARI KUNI
Poytaxtimizdagi "International hotel Tashkent" mehmonxonasida 15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan "Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni" mavzusidagi Xalqaro Forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir BMT Taraqqiyot dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Agrar soha ayollari” uyushmasi bilan birgalikda tashkil etilgan va Yevropa Ittifoqi tomonidan "EU-AGRIN" loyihasi doirasida moliyalashtirilgan bo‘lib, Markaziy Osiyo va Turkiyadan 140 ga yaqin ishtirokchilarni poytaxtimizda jamladi.
Forumni kirish so‘zi bilan “Agrar soha ayollari” uyushmasi raisi Adiba Axmadjonova ochib berdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo’mitasi raisi Malika Kadirxanova agrar sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar haqida gapira turib, bugungi kunda qishloq xo‘jaligida ayollarning o‘rni beqiyos ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Xalqaro forum doirasida bir qator plenar yig‘ilishlar ham bo‘lib o‘tdi. Unda Qishloq xo‘jaligida ayollar imkoniyatlarini kengaytirish, agrar sohada gender tengligi, ayollarni agrobiznesga jalb qilish va biznesni rivojlantirish imkoniyatlarini oshirish kabi bir qancha mavzularda mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar va professorlar tomonidan taqdimotlar qilindi.
#15_oktyabr #ayyollar_kuni
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM