Ustozlarga ehtirom ko‘rsatish, ularni yod etish – muqaddas burch
🎉 1- oktyabr o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan joylarda bir qancha tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Xuddi shunday tadbirlardan biri Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tdi.
“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun” shiori ostida o‘tkazilgan "Sharaf sizga, olqish sizga aziz ustozlar" deb nomlangan bayram dasturi bir qator qiziqarli tadbirlarni o‘z ichiga oldi.
Bayram tantanasini Qishloq xo‘jaligi vazirligi Ilmiy tadqiqot, agromaslahat va taʼlimni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Akmal Shamsiyev Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, Toshkent davlat agrar universitetining birinchi prorektori Sohibjon Islamov ustoz-murabbiylarga tabrik yo‘lladi.
Tadbir davomida Toshkent davlat agrar universitetining 50 dan ortiq faxriy professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari universitet tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, Toshkent davlat agrar universitetining "Oliy taʼlim aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan 6 nafar professor-o‘qituvchilari ham eʼtirof etildi.
#1oktyabr #ustozlarga_ehtirom
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM