QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
29.3K photos
2.89K videos
7 files
10.7K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
PAXTA TERISH MASHINALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO'YIСHA TAVSIYALAR BERILMOQDA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi “Agrar sohada ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-216 sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti (QXMITI) olimlari viloyatlardagi agroklasterlari hamda fermer xo'jaliklarida bo'lib, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish yo'lida faol ish olib borishmoqda.

🔰 Jumladan, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi “Indorama Agro” MСhJning paxta dalalarida viloyat Qishloq xo'jaligi boshqarmasi, “AgroTech Klaster” MСhJ, “O'zagrolizing” AJ rahbar va mutaxassislari hamda QXMITI olimlari ishtirokida O'zbekiston-Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan C260-4 paxta terish mashinasi bilan hosilni nest-nobud qilmasdan yig'ishtirib olish, undan samarali foydalanish bo'yicha mexanizator-operatorlarga amaliy yordam ko'rsatish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, Toshkent viloyati Quyi Сhirchiq tumanidagi “TCT Cluster” ko'p tarmoqli klasteriga qarashli “Hamza” va “Beruniy” hududlari, Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi “Rabbimbek Salohiddin ravnaqi” fermer xo'jaligi paxta dalalarida MX-1,8 va CASE 420 rusumli paxta terish mashinalarini samarali ishlatish, toza terish, paxtaning yerga to'kilishining oldini olish uchun terim apparatlarini dala sharoitiga moslab sozlashda mexanizator-operatorlarga amaliy yordam ko'rsatildi. Mexanizatorlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan malakali javoblar olishdi.

#paxta_terish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM