This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro forumning xorijlik ishtirokchilari Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari hamda Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutlarida ham bo‘lishdi.
🔸 Xorijlik mehmonlar dastlab Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib, Farg‘ona viloyatining tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirilgan, yangi va yuqori salohiyatli g‘o‘za navlari, resurs tejovchi texnologiyalar hamda zararkunandalarga qarshi kompleks chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.
Shundan so‘ng forum ishtirokchilari Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutiga tashrif buyurishdi.
Institut bugungi kunda «In-vitro» usulida ko‘plab mevalarning mahalliy iqlimga mos, yangi navlarini yetishtirishga muvvaffaq bo‘lgan.
Ko‘chatlar tashqi muhitdan ajratilgan holda sun’iy idishlarda undiriladi. Yilning har qanday faslida ham bemalol ularni ekish mumkinligi mehmonlarni hayratga soldi.
Tadbir yakunida xorijiy mehmonlarga Qishloq xo‘jaligi vazirligining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
#tadbir #xorijlik_mehmonlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM