“Muqaddasdir vatan bayrogʻi”
🇺🇿 Mana oʻttiz ikki yildirki, jahon ayvonida Oʻzbekistonning yuzi, oʻzbek xalqining iftixori sifatida hilpirab kelayotgan bayrogʻimizda millatimiz gʻururi mujassam.
📌Xususan, 18-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan joylarda bayram tadbirlari oʻtkazilmoqda.
✅ Jumladan, joriy yilning 17-noyabr kuni Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida ham “Muqaddasdir vatan bayrogʻi” deb nomlangan madaniy-maʼrifiy tadbiri tashkil etildi.
🟢 Tadbirda davlatimiz ramzlari haqida soʻz borar ekan, ozod va obod Vatanimiz — Oʻzbekistonning bayrogʻi ham bizni ulugʻ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mashʼala ekanligi hamda davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli boʻlish bilan birga millat bayrogʻi sifatida yuksak eʼzozlanishi xususida soʻz yuritildi.
📝 Aytish kerakki, Vatan bayrogʻini koʻzga surtish, uni toʻtiyo qilish Vatanni sevish, uning uchun jonini fido qilishga tayyor boʻlish deganidir.
🔗Zero, unda ruhiyatimiz, gʻurur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga boʻlgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassam.
#bayroq #32yil #iftixor
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
📌Xususan, 18-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan joylarda bayram tadbirlari oʻtkazilmoqda.
🔗Zero, unda ruhiyatimiz, gʻurur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga boʻlgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassam.
#bayroq #32yil #iftixor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM