BIOYOQILG‘I OLISH UCHUN NOA'NANAVIY MOYLI EKINLAR YETISHTIRILADI
👥 Joriy yilning 19-21-sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislaridan iborat Ishchi guruh Italiyaning “ENI” kompaniyasi tomonidan kanakunjut o‘simligidan bioyoqilg‘i va biodizel' ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishish uchun Keniya davlatiga tashrifi tashkil etildi.
Tashrif davomida Ishchi guruhi loyiha doirasida tashkil etilgan kanakunjut plantatsiyasi hamda qayta ishlash zavodida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.
Kompaniyaning Keniyadagi asosiy faoliyati kanakunjut donidan yog‘ ishlab chiqarish bo‘lib, bugungi kunda 25 ming gektar yer maydonida faoliyat yurituvchi 40 mingdan ortiq fermerlardan 10 ta agregatorlar orqali bioyoqilg‘i ishlab chiqarish uchun xomashyo yig‘ib olish yo‘lga qo‘yilgan.
Bundan tashqari, 20-sentyabr kuni Naivasha hududida joylashgan kanakunjut urug‘chilik xo‘jaligi va tajriba-sinov dalalari faoliyati bilan ham tanishildi.
Mazkur hududda 35 gektarda urug‘lik olish maqsadida kanakunjut o‘simligi ko‘p yillik ekin sifatida yetishtirilib, pivot tizimida sug‘orish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, boshqa noan'anaviy moyli ekinlar sinovi tashkil etilgan.
Tashrif so‘ngida, ENI kompaniyasi bilan Qishloq xo‘jaligi, Energetika, Investisiyalar, sanoat va savdo vazirliklari o‘rtasida quyidagilarni nazarda tutuvchi Anglashuv memorandumini imzolashga kelishib olindi.
#tashrif #delegatsiya #Kenya
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM