Aziz Voitov: “O‘zbekistonda paxta narxini erkin bozor belgilaydi”
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov O‘zbekistonda bu sohada davlat tomonidan belgilash amaliyoti bekor qilingani va paxtaning narxini, bozor iqtisodiyoti qonunlariga muvofiq, xaridorlar (paxta-to‘qimachilik klasterlari) va sotuvchilar (fermerlar) belgilashini ta'kidladi.
Prezident 2023-yil yanvarda PQ-23-sonli “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorni imzoladi. Bu qaror ushbu sohadagi bozor mexanizmlarining amal qilishini mustahkamlab berdi.
“Keyingi yillarda O‘zbekiston paxtachilik tarmog‘ini bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tkazmoqda. Biz narxlarning davlat tomonidan belgilanishidan voz kechdik va endi uni bozorning o‘zi: talab, taklif, ishtirokchilar kutilmalari belgilab beradi. Shuningdek, eksportimizning raqobatbardoshligini ta'minlash uchun, jahon bozoridagi paxtaning narxi hisobga olinadi.
Ba'zida vazirlikka fermerlar majburiy xarid narxini belgilab berish iltimosi bilan murojaat qiladilar. Ammo kompaniyalarni belgilangan narxda paxta sotib olishga majburlashga bizning haqqimiz yo‘q: hamkorlik o‘zaro manfaatli bo‘lishi kerak – hech kim zarar ko‘rmasin. Vazirlik o‘z vakolatlari doirasida ko‘mak beradi: bahs-munozaralarda mediator bo‘lib ish ko‘radi, narxni shakllantirish bo‘yicha konsultatsiyalar beradi, subsidiyalar va imtiyozlar mexanizmlarini ishlab chiqadi va joriy etadi”,- dedi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov.
Vazirlik mutaxassislari tomonidan 2023-yil hosili uchun kutilayotgan minimal narx 1 kg/8 000 so‘m sanaladi. U Nyu-York birjasidagi paxta fyuchersi kotirovkalari (oktabr uchun o‘rtacha kotirovka 1 funt/84 sent yoki 1 tonna/1852 AQSh dollariga teng) va boshqa ko‘rsatkichlar (shu jumladan hom ashyoni tayyorlash, tashish, saqlash va tolani qayta ishlash uchun sarf-xarajatlar hisobiga qisqarish) dan shakllanadi.
#paxta_narxi #bozor_iqtisodiyoti
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM