#yil_yakuni #tahlil #qishloq_xojaligi #2022_yil
WWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅Qishloq xo‘jaligi mamlakatimizning asosiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori sohasi hisoblanadi. Bu sohaga qaratilayotgan e'tibor va olib borilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq, so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik tarmoqlarida ko‘pgina natijalarga erishilmoqda.
✅Bog‘dorchilik va sabzavot-polizchilikdagi natijalar esa respublikamizdagi mirishkorlarning mehnatlari hosilasidir. Albatta, har bir tarmoq yurtimizning turli hududlarida o‘ziga xos tarzda rivojlanmoqda.
✅Taqdim etilayotgan ushbu infografikamizda 2023-yil yanvar-iyun oylari bo‘yicha yurtimiz qishloq xo‘jaligining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahliliga oid maʼlumotlar jamlangan.
#tahlil #qishloqxojaligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
Oʻzgartirish uchun oʻzgarish kerak
Bugun har sohada taraqqiyot, har jabhada oʻzgarishlar shiddat bilan kechayotgan davrda yashayapmiz. Bunday paytda har bir idora va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ezgu maqsadlar yoʻnaltirilishi bilan birga, birinchidan xalqchil boʻlishi, ikkinchidan esa xalqimizni ham ergashtira olishi maqsadga muvofiqdir.
Bu jihatdan olib qaraganda ayni paytda dunyo miqyosida global masalaga aylangan oziq-ovqat xavfsizligi va bunga erishishi borasida tinimsiz izlanishlar olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham birinchidan xalqqa tushunarli boʻlishi, ikkinchidan esa xalqona yechimlarga ega boʻlishi lozim.
Vazirlik huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar Milliy Markazi (AKIS)ga Toshkent viloyatida joy ajratib berilgan. Biroq bugun bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar umuman talab darajasida emas.
Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov markazda tizim tashkilotlari va vazirlik tasarrufidagi 12 ta ilmiy tadqiqot institutlari rahbarlari bilan oʻtkazgan ochiq muloqotda bunga alohida eʼtibor qaratdi.
#Akis #agro #tanqid #tahlil
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram

👍17🤩4👏3❤🔥2😨2🤔1
Soha rivojida ilmiy-tajriba stansiyalarining o‘rni muhim
✅ Bugun agrar sohaga kirib kelayotgan innovatsiya, ilg‘or smart texnologiyalar agrar soha mas’ullarining oldiga yangidan - yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Shu bois, agrar sohada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning natijadorligi, malakali kadrlar, xususan, oliy va undan keyingi ta’lim jarayonida mutaxassislarni tayyorlash, ularni malakasini oshirish bugun kechiktirib bo'lmas vazifalardan biriga aylanmoqda.
🔫 Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Oqqo‘rg‘on ilmiy-tajriba stansiyasi faoliyati bilan tanishish jarayonida ayni jihatlarga e'tibor qaratdi.
📌 Ishchi guruh a'zolari stansiya faoliyati bilan tanishar ekan, ish to‘g‘ri tashkil qilinmaganligi, tovar-moddiy boyliklari tegishli tartibda saqlanmayotganligi, bir so‘z bilan aytganda barcha ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilganligiga guvoh bo‘ldi. IImiy-tajriba stansiyasining tasarrufida bo‘lgan 147 gektar ekin maydonlaridagi holat ham ko‘zdan kechirildi. Tadqiqot o‘tkazilayotgan g‘o‘za navlarning ko‘rgazma maydoni-yu pishib yetilgan g‘allaning hosildorligi, ekin yerlaridan samarasiz foydalanish holatlari keskin tanqid ostiga olindi.
⛓ Оchig‘ini aytish kerak, ilmiy dargoh deb ataladigan ushbu makonning ostonasidagi xunuk manzara jamoa a'zolarida o‘zibo‘larchilik, xo‘jasizlik kayfiyati hukmron ekanligidan darak berdi.
🔗 Ilmiy-tajriba stansiyasida ilmning hidi taralishining o‘rniga bu yerda nosog‘lom muhit vujudga kelgan. Bu esa mamlakatimiz paxtachilik ilmining bir qismi bo‘lgan ushbu muassasada bir joyda depsinib qolish holatini keltirib chiqargan. Dargohda xodimlarning to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun zarur sharoit, hattoki, boshqaruv idorasining darvozasi yo‘q. Vaholanki, 147 gektar ekin yeri bo‘lgan ilmiy tashkilot homiylik qilishga qodir bo‘lishi kerak. Buning uchun rahbar uquvli, jamoa ahil bo‘lishi lozim. Aks holda mashhur bir masalda aytilganidek, arava joyidan jilmasligi aniq.
⚡️ O‘rganishlar yakunida ilmiy-tajriba stansiyasi faoliyatiga qoniqarsiz baho berilib, qisqa muddat ichida muassasa hududini obodonlashtirish va ilmiy faoliyatni rivojlantirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo'yicha topshiriq berildi.
#tanqid #tahlil #ilmiy_yondashuv
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Mazkur majmuaning asosiy vazifalari boshqa stansiyalar kabi soha yo‘nalishlari bo‘yicha ilm-fan va amaliyotning ilg‘or yutuqlaridan to‘la foydalanishni hisobga olgan holda respublika agrosanoat majmuasining eng muhim muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, ilmiy-amaliy izlanishlardan olingan natijalarni qishloq xo‘jaligi samaradorligini yanada oshirishdan iborat. Biroq, bugun stansiya jamoasi zimmasiga yuklatilgan vazifani uddalayotgani yo‘q. E'tirozga sabab bo'lgan jihat ham shu.
#tanqid #tahlil #ilmiy_yondashuv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2❤🔥1✍1🔥1👏1🎉1🙏1👌1🕊1