QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.7K subscribers
29.5K photos
2.93K videos
7 files
10.9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA BARCHA BIRDEK MAS’UL

🔰Davlatimiz rahbarining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq barcha davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiya holatlarining yuzaga kelishi sababi va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning huquqiy ongini shakllantirishning yangicha mexanizmi yaratildi.

Shu munosabat bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat kengashi bayonida belgilangan vazifalar doirasida vazirlik tizimidagi barcha idora va tashkilotlarda “Kasbiy ma’rifat” soatlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirning navbatdagisi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida “korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirlarda vazirlik tizimidagi ishchi-xodimlar uchun mavzuga doir videodars taqdimoti ham o‘tkazildi.

Vazirlikning ichki audit va komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan namoyish etilayotgan ushbu videodars xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosati, korrupsiyaning sabablari va bartaraf etish yo‘llari haqidagi siyosiy, iqtisodiy, huquqiy bilim va malakalarini oshirishga xizmat qiladi.

Videodarsdan ko‘zlangan maqsad tizim tashkilotlari ishchi xodimlarini sohada korrupsiya xavf-xatarlarni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida bilim va ko‘nikmalarni qishloq xo‘jaligi faoliyatida tatbiq etadi.

#korrupsiyagaqarshikurash #Qarshi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM