QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
28.5K photos
2.87K videos
7 files
10.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#ona_tilim #21_oktyabr #bayram

QADRING BALAND BO‘LSIN ONA TILIM SHIORI OSTIDA 20 KUNLIK O‘TKAZILMOQDA

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy taʼlim va professional taʼlim muassasalarida 21-oktyabr - O‘zbek tili bayramiga tayyorgarlik bilan bog‘liq tadbirlarning bajarilishi va mazkur sanani yuqori saviyada nishonlash borasidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Eshmirza Abdualimov raisligidagi yig‘ilishda oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari, mutasaddi rahbar va masʼul xodimlar, jamoat tashkilotlari yetakchilari ishtirok etishdi.

Vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalarida joriy yilning 12-31-oktyabr kunlari O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlab “Qadring baland bo‘lsin ona tilim!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning 20 kunligini o‘tkazish choralari belgilandi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM