QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.7K subscribers
29.5K photos
2.93K videos
7 files
10.9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
INTENSIV BOG‘: AFZALLIK VA IMKONIYATLAR

🌱Bugun mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi sohasida intensiv usulda meva-sabzavot yetishtirish, bog‘lar barpo etish ommalashmoqda. Sababi, bunday usulda mahsulot yetishtirish oddiy usulda yetishtirgandan ko‘ra, bir necha marotaba tejamkor va samaralidir.

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida intensiv texnologiyalarga asoslangan bog‘ barpo etish uchun “Grapes and Gardens Investment” AJ ga 2020-yilda 151 gektar yer maydoni ajratib berilgandi.

Ushbu maydonlarning 100 gektariga intensiv usulda 11 turdagi o‘rik, 50 gektariga 3 xil navdagi gilos ko‘chatlari ekildi. Tajriba tariqasida barpo etilgan ushbu bog‘dagi daraxtlar bugun g‘arq meva solgan.

#intensiv_bog #meva_sabzavot #daraxt

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 24, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
May 17, 2023
June 4, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YAKKABOG‘DA MEVACHILIK: ELGA – DARMON, TADBIRKORGA – DAROMAD

🥬Yurtimizda meva-sabzavotchilik uchun juda qulay muhit mavjud. Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlar esa, qalbida qo‘ri bor har bir inson uchun agrobiznes bilan shug‘ullanishda ajoyib sharoitlarni yaratmoqda.

Mana shunday vatandoshlarimizdan biri – Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanilik Gulsanam Jo‘raqobilova 2005-yilda o‘z tumanida bog‘ yaratishni niyat qiladi. Shu maqsadda “DARMON FARM” korxonasini tashkil etadi.

Tuman hokimligi tadbirkorning tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, bog‘ uchun jami 484,8 gektar yer ajratib beradi. Shundan 200 gektarga zamonaviy intensiv bog‘, 84,8 gektarga mahalliy bog‘ barpo etiladi. 210 gektar yerda esa uzumzor tashkil qilinadi.

Uzoq o‘rganishlar, qiyoslash va saralashlar samarasi o‘laroq, Avstriya, Polsha, Italiyadan mevani qayta ishlovchi zamonaviy uskunalar keltirildi. Rossiyadan 5000 tonnali keskin muzlatish imkoniyatiga ega muzlatish ombori olib kelindi. Faoliyat kengayib, yiliga 20 000 tonna mahsulotni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lindi. Ishchilar soni yuzdan oshdi.

Hozirda korxona soatiga 5 tonna meva-sabzavotni qayta ishlab, pyure tayyorlamoqda. Shuningdek, soatiga 2 tonna olmani qayta ishlab, sharbat ishlab chiqarmoqda. Bir necha turdagi sabzavot barra va muzlatilgan holida xorijga eksport qilinmoqda.

#qishloq_xojaligi #meva_sabzavot #intensiv_bog #mahalliy_bog #uzumzor #muzlatgich #qayta_ishlash #Qashqadaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 13, 2023