QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.8K subscribers
29.4K photos
2.9K videos
7 files
10.8K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
July 4, 2022
#repost
O‘ZBEKISTON 24 | MAXSUS REPORTAJ | QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI

🎥 O‘zbekiston 24 telekanali O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi taqdim etgan ma’lumotlar asosida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida o‘tkazilgan xalqaro anjuman haqida maxsus reportaj tayyorladi.

https://www.youtube.com/watch?v=KfkHw1m6LR4
July 11, 2022
#daydjest #agroinfo

YANGILIKLAR DAYDJESTI / 01-18 IYUL 2022

🌐Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Qishloq xo‘jaligi vazirlarining chiqishi bo‘lib o‘tdi.

💠Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) aʼzo mamlakatlar qishloq xo‘jaligi vazirliklari ekspertlaridan iborat ishchi guruhning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🌾Gʻalladan bo‘shagan maydonlarga 4 toifadagi xo‘jaliklar tomonidan takroriy ekinlar ekilmoqda

📈Loyihalarni amalga oshirishda xalqaro moliya institutlari mablag‘larining o‘rni

🌐IHTga aʼzo davlatlar qishloq xoʻjaligi vazirlarining vii yigʻilishida muhim tashabbuslar muhokamasi

🍉 Tilni yorar qovun va koni foyda tarvuz dasturxonlarda

🥔Kartoshkaning Vengriyadan keltirilgan besh navi O‘zbekiston davlat reestriga kiritilgan

🌱G‘o‘za parvarishida “hosilga hosil qo‘shish” oylarida nimalarga e‘tibor berish kerakligini bilasizmi?

🇰🇿Qozog‘istonlik hamkorlar O‘zbekistondagi urug‘chilik tizimiga qiziqish bildirishdi

💧Suvni tejashda ko‘makchi lazerli yer tekislagichlar

🖥Internship.agro.uz - talabalar va ish beruvchilarni bog‘lovchi qulay platforma

🌿Kalinaning odatda uzunligi necha metrgacha bo‘ladi?

💠O‘zbekistonda tuproq unumdorligini asrashga qaratilgan yangi tizimlar ishga tushmoqda

🌐Agrosanoatni raqamlashtirish markazi va koreya kompaniyasi geоxborot tizimlari bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilishdi

👨‍🎓TDAU talabalari Latviyada tahsil olishlari va Yevropa ittifoqida tan olingan diplomga ega bo‘lishlari mumkin

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘lida innovatsion guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

🌱Paxtachilik klasterlari: tannarxning pasayishi va ko‘proq foyda olish imkoniyati

☀️Havo harorati keskin ko‘tarilganda, qishloq xo‘jaligida nimalarga eʼtibor berish kerak?

🏢2022-yilning 14-iyulida Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi Litva tibbiyot fanlari universitetiga tashrif buyurdi.

🍅 Buxoro viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos pomidor navlarini yetishtirish bo‘yicha tadqiqot olib borilmoqda

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
July 18, 2022
#repost #mtrk #ShHT #agro
ShHT AʼZO DAVLATLARNING QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLARINING VII MAJLISI TAFSILOTLARI
🎥 O‘zbekiston 24 telekanali O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlarining VII yig‘ilishi haqida reportaj tayyorladi.
https://youtu.be/nYpFp5OH9xI
July 28, 2022
#repost #taraqqiyotformulasi #fuqarolikxizmati

TARAQQIYOT FORMULASI | “DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN MUHOKAMASI

🎥 O‘zbekiston 24 telekanalida Taraqqiyot formulasi ko‘rsatuvi namoyish etildi. Unda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ko‘rsatuvda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Umidaxon Saidova ishtirok etdi.

https://youtu.be/MUKvc63MMoI
August 27, 2022
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
August 31, 2022
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
September 1, 2022
#аграрное_образование #ТГАУ #студент
В ТАШКЕНТСКОМ ГОСУДАРСТВЕННОМ АГРАРНОМ УНИВЕРСИТЕТЕ СТАРТОВАЛ ПРОЕКТ «ORIENTATION WEEK»

⚡️ Сегодня, 5 сентября 2022 года, во всех высших учебных заведениях Узбекистана, в том числе и в Ташкентском государственном аграрном университете, прошли уроки Независимости.
🖇Проректоры, деканы факультетов и заведующие кафедрами университетов провели для студентов уроки Независимости. Атмосфера с первого дня учебного года в вузе произвела на них положительное впечатление.
♻️ При этом в программу занятий включены такие темы, как ознакомление студентов 1-го курса, поступивших в университет в новом учебном году, с жизнью и деятельностью учреждения, учебными процессами, учебными корпусами и т.д., а также их адаптация к студенческой жизни.
🔹К первокурсникам прикреплены волонтеры - студенты, обучающиеся на старших курсах вуза.

https://youtu.be/IcMJ_1Kyh3E
September 5, 2022
#Repost #dunyoboylab

BAYRAM DASTURI | QISHLOQ XO‘JALIGINI QO‘LLAB-QUVVATLASH

🎥 Dunyo bo‘ylab telekanali Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi: qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida ko‘rsatuv tayyorladi.

Unda USAID ning agrobiznesni rivojlantirish loyihasi siyosiy masalalari bo‘yicha mutaxassisi Mansurjon Rasulev, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Ahrorbek Jo‘rayev, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi boshqarmasi bosh mutaxassisi Nizomjon Xushmanovlar ishtirok etishdi. Fermerlar, ayollar, yoshlar va kam taʼminlangan aholiga kreditlar ajratish masalalari muhokama etildi.

https://youtu.be/zMImAE63KY8
September 9, 2022
SAMARQAND XALQARO KONFERENSIYAGA MEZBONLIK QILADI

7-8-sentyabr kunlari
Samarqand shahrida, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning hamkorligida oziq ovqat xafsizligini ta'minlashga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya tashkil etiladi.

Xalqaro konferensiya jahonda va Markaziy Osiyo mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligining hozirgi kundagi holatini o‘rganish, Barqaror rivojlanish maqsadlari-2 (BRM-2)ga erishishga to‘sqinlik qilayotgan agrooziq-ovqat tizimidagi ayrim muammolarni muhokama qilish va ushbu masalalar yechimini topishga qaratilgan.

Tadbirda BRM-2 ga kiruvchi, 2030 yilgacha ochlikni bartaraf qilish, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishni yaxshilash, qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishni o‘z ichiga olgan “Nol ochlik” maqsadiga erishish borasidagi chora-tadbirlar qanday amalga oshirilayotgani chuqur tahlil qilinadi.

#konferensiya #uzbekistan #VAZIRLIK #Samarqand

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 18, 2023
Agrar sohadagi hamkorlikning yangi bosqichlari

Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Xitoyning “BGI group” kompaniyasi vitse-prezidenti Ning Li o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda, “BGI group” kompaniyasining genetika va genomika sohasidagi tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etish va mazkur sohada ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatish va kelgusida ilmiy tadqiqot institutlari olimlarining malaka oshirishi bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish hamda cho‘l muammolari muhokama qilindi.

Aytish kerakki, “BGI group” kompaniyasi 1999-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hayot fanlari va genomika sohasida faoliyat yuritadigan dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Maʼlumot o‘rnida, “BGI group” kompaniyasining dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida vakolatxonalari mavjud bo‘lib, sog‘liqni saqlash, resurslarni tejash va huquqiy xizmatlarini bo‘yicha turli tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

Muzokaralar natijasida tomonlar samarali va konstruktiv hamkorlikning amaliy jihatlarini kelishib olishdi. Bu esa, respublikamizda genetika va genomika sohasining rivojlanishida tub burilish yasalishiga turtki bo‘ladi, albatta.

#agrar #hamkorlik #BGI #vazirlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 10, 2023