QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
28.5K photos
2.87K videos
7 files
10.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
YANGI QONUN LOYIHASI MUHOKAMA QILINDI

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa tarzida tashkil etilgan tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Aziz Voitov yurtimizda shu kungacha amalda bo‘lgan Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risidagi qonun 1998-yilda qabul qilingani, u bugungi kundagi korporativ talablarga mos kelmasligini, shu bois yangi qonun loyihasi ishlab chiqilganini aytar ekan, ushbu qonun loyihasini ishlab chiqishga yaqindan yordam bergan Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi – GIZning mutaxassislariga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Hamkorlik munosabatlari nafaqat Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan, balki uning tizimidagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi bilan ham yaqindan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu sohalarda qishloq xo‘jaligi kooperativlarini rivojlantirish ham o‘ziga xos o‘rin tutadi.

#vazir #uchrashuv #videokonferensaloqa #Qishloq_xojaligi_kooperativi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM