🌱 “Surum” yanada obod makonga aylanmoqdaO‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanni obod, farovon maskanga aylantirish har bir fuqaroning, farzandning muqaddas burchidir. Ushbu yuksak vazifani ado etish hamda yurtimizning ekotizimini saqlab qolish, ko‘chat ekib, bog‘ yaratish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan
"Yashil makon" umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.
✅ Bu xayrli va ezgu maqsadni ko‘zlagan loyihaga Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi
“Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassislari ham o‘z hissalarini qo‘shishga ahd qilishdi.
🌳Korxona vakillari shijoati bilan Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi «
Surum» MFY ga qarashli yer maydoni manzarali va mevali ko‘chatlar bilan yana-da obod va xushmanzara makonga aylanadigan bo‘ldi. Albatta, bu manzilga ko‘chat ekishdan oldin hududning iqlim sharoiti eʼtiborga olindi, shunga ko‘ra, daraxt ko‘chatlari tanlandi. 400 tupdan ortiq ko‘chatlar aynan ushbu maskan uchun munosibligi tasdiqlangach, yaxshi niyat bilan yerga ekildi.
🌟 Yaxshidan bog‘ qoladi deydi, xalqimiz. Bugun ko‘chat ekib, bog‘ yaratayotgan xalqimiz kelgusida avlodlarga go‘zal bo‘ston qoldirishi, shubhasiz.#surum #yashil_makon🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram