Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KUZGI SHUDGOR — KELGUSI YIL HOSILIGA PUXTA ZAMIN
🌾 Ma’lumki, ekinlardan mo‘l hosil yetishtirishda kuz mavsumidagi shudgor ishlarini o‘z vaqtida sifatli bajarilishi muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi. Ota-bobolarimiz “Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda”, deb bekorga aytishmagan. Darhaqiqat, o‘z vaqtida obi-tobida yetilgan yerni shudgorlash bu tuproq strukturasini yaxshilashga hamda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan kafolatli va yuqori hosil yetishtirishga imkoniyat yaratadi.
🚜 Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yerni o‘z vaqtida, kuz mavsumida shudgorlanishi tuproqning ham nafas olishiga ham strukturasi yaxshilanib, qish mavsumi davomida me’yorida yetilib, kelgusi yil uchun mo‘l hosil olishiniga zamin yaratadi. Shuningdek, yerlarni sifatli va yuqori unum bilan shudgorlashga erishish uchun traktor va pluglar oldindan ishga shay holga keltirilishi va sozlanishi, dalalar esa haydovga tayyorlangan bo‘lishi, haydov to‘g‘ri tashkil etilishi, uning sifati doimo nazorat qilib borilishi lozim bo‘ladi.
🔸 Ayni kunlarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi yerlarida shudgorlash jarayonlari olib borilmoqda. Ushbu o‘ziga xos agrotexnik tadbirning ahamiyati va bu agrotadbir ishlarida talab qilinadigan shartlar haqida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Shavkat Ravshanovni fikrlari bilan qiziqdik.
#hosil #kuzgi_shudgor
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM