QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.7K subscribers
29.5K photos
2.93K videos
7 files
10.9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
December 3, 2022
#Hamkorlik #Ozbekiston #Turkiya #Ozdaverloyiha

“O‘ZDAVERLOYIHA” DAVLAT ILMIY-LOYIHALASH INSTITUTI VA TURKIYA MARKAZI HAMKORLIGI

🇺🇿🤝🇹🇷O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti jamoasi Turkiya Respublikasi Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining Izmir shahrida joylashgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi tadqiqot va o‘quv markazi tashkilotiga (UTAEM) tashrif buyurishdi.

Bu yerda markaz rahbari Tuncay Topdemir bilan rasmiy uchrashuv tashkillashtirilib, unda hamkorlik masalalari, zamonaviy texnologiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan aqlli qishloq xo‘jaligi usullari muhokama etildi. Shuningdek, xodimlarni yer tuzish, ilmiy izlanishlar uchun taklif qilish hamda ikki tomonlama tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha ham kelishib olindi.

Shu bilan bir qatorda ishchi guruh tomonidan bo‘lib o‘tgan o‘quv kurslar hamda rasmiy uchrashuvlar yakuni bo‘yicha esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ma’lumot o‘rnida, UTAEM tashkiloti qishloq xo‘jaligi va ekologik resurslardan barqaror foydalanishni ta’minlash, jahon bozorlari uchun zarur bo‘lgan yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 21, 2022
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
February 8, 2023
BUZILGAN YERLARNI REKULTIVATSIYA QILISH, TUPROQNING UNUMDOR QATLAMINI SAQLASH VA UNDAN OQILONA FOYDALANISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM TASDIQLANDI

📌2023-yil 29-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqning unumdor qatlamini saqlash va undan oqilona foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Ushbu qarorga muvofiq, endilikda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, infratuzilma obyektlarining muhofaza hududlarini belgilash loyihalarini ishlab chiqish va loyihani joyiga ko‘chirish davrida mualliflik nazorati “O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Yer fondining barcha toifalaridagi qishloq xo‘jaligi yerlarining holati, jumladan buzilgan va rekultivatsiya qilingan yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Geoaxborot” tizimida yurtilishini 2023-yil 1-avgustga qadar ta’minlash belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan “Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqning unumdor qatlamini saqlash va undan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom ham tasdiqlandi. Ushbu nizom yerlarni rekultivatsiya qilish, yerlarning unumdor qatlamini sidirib olish va saqlash, rekultivatsiya qilingan yerlarni qabul qilish-topshirish va boshqa chora-tadbirlar tartiblarini belgilab beradi.

#tuproq #rekultivatsiya #Ozdaverloyiha #geoaxborot

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 2, 2023
May 11, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 “O’zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturida “Yosh yer tuzuvchilarning III forumi” haqidagi lavha efirga uzatildi.

Unda Qishloq xo’jaligi vazirligi tashabbusi bilan bir necha yildan buyon “O’zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tomonidan o’tkazib kelinayotgan yoshlar forumi haqida so’z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #maxsus_reportaj #Ozdaverloyiha

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 2, 2023
“CROPAGRO” TIZIMIDAN FOYDALANISH KO‘NIKMALARI RIVOJLANTIRILMOQDA

👥Joriy haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligining “CropAgro” axborot tizimidan foydalanish masalalariga doir seminar-treninglar davom etmoqda.

Tizim ekinlarni yer konturlari kesimida rejalashtirish, bunda yerning tuproq tavsifi, suv bilan ta'minlanganligi va hududning ixtisoslashuvlarini hisobga olish, tegishli axborot tizimlariga mahsulot yetishtiruvchilarning manfaatli elektron ma'lumotlarni taqdim etishni kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tuman bo‘limlari hamda "O‘zdaverloyiha" DILI hududiy bo‘linmalari uchun tashkil etilayotgan tadbirlarda vazirlik va "Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" DM mutaxassislari axborot tizimida ishlash, yerlar va ekinlarga oid bo‘lgan ma'lumotlar va hisobotlarni shakllantirish, tizimning imkoniyatlari va afzalliklari to‘g‘risida batafsil ma'lumot berilmoqda.

Shu bilan birga, mutaxassislarga “CropAgro” axborot tizimidan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashilmoqda.

#Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Suv_xojaligi_vazirligi #Ozdaverloyiha #CropAgro_axborot_tizimi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 22, 2023