QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.7K subscribers
29.5K photos
2.92K videos
7 files
10.9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
January 24, 2023
#Prezident #videoselektor #paxta #galla #dehqonlar

Prezident yig‘ilishda bandlikni taʼminlashda aholiga tarqatilgan yerlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etdi.

Ikki yil ichida aholiga beriladigan yerlar 200 ming gektardan oshadi. Bu – Samarqand viloyatining jami paxta va g‘alla yeridan ko‘p maydon.

Lekin, bu yil ajratilishi kerak bo‘lgan yerlarni ko‘pi hali zaxiraga olinmagan, ishlar pala-partish tashkil qilinayapti. Mahallaning ichidagi kichik-kichik qulay maydonlar qolib, dalaning o‘rtasidagi katta yerlarni ajratish holatlari ham bor.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga:

- har bir mahallaga “usta dehqonlar”ni jalb qilib, ushbu yer maydonlarida faqat eksportbop-bozorbop mahsulotlar yetishtirilishiga eʼtibor qaratish;

- har bir tuman agrologistika markazlari va eksportyorlar bilan shartnomalar tuzilishini taʼminlash topshirildi.

Bu yerlardan samarali foydalanib, kamida 1 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

https://t.iss.one/Press_Secretary_Uz/2892
January 25, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
May 4, 2023
May 12, 2023
June 1, 2023
June 2, 2023
June 2, 2023
June 17, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MAMLAKATIMIZDA G‘ALLA O‘RIMI AVJ PALLASIGA KIRDI

🌾O‘zbekistonning qaysi hududiga bormang, g‘alla maydonlarida ishlarning qizg‘in kechayotganligini ko‘rasiz: o‘rim-terim ishlari yakunlanmoqda, somon yig‘ish, bo‘shagan yer maydonlarini takroriy ekinlar ekishga hozirlash ishlari jadal kechmoqda.

Joylardan kelayotgan ma’lumotlar bu fikrimizni yana bir bor tasdiqlaydi. Chunonchi, joriy yilning 21-iyun holatiga mamlakatimizning uchta viloyati – Surxondaryo (237 900 tonna, rejaga nisbatan 104,8%), Sirdaryo (190 000 tonna, 100,3%) va Xorazm (84 519 tonna, 99,4%) yetakchi uchtalikni tashkil qilmoqda.

Marraga yaqinlashib qolganlar orasida Buxoro (85,9%), Qashqadaryo (85,5%), Farg‘ona (83,6%), Toshkent (82,4%) va Jizzax (81,8%) viloyatlarini alohida tilga olish mumkin. Namangan, Samarqand va Andijon viloyatlarida ham xirmonga uyilgan g‘alla hajmi ko‘zni quvontiradi.
*****
ЗЕРНОВАЯ СТРАДА В УЗБЕКИСТАНЕ ВЫХОДИТ НА ФИНИШНУЮ ПРЯМУЮ

🌾Повсюду в Узбекистане на зерновых полях кипит работа: завершается уборка урожая, идет сбор соломы, осуществляется подготовка свободных земельных участков под посев повторных культур. Информация, поступающая из регионов, свидетельствует о скором завершении страды.

Скажем, по состоянию на 21 июня этого года три области — Сурхандарьинская (237,9 тысяч тонн или 104,8 процентов), Сырдарьинская (190,0 тысяч тонн или 100,3 процентов) и Хорезмская (84,519 тысяч тонн или 99,4 процентов) лидируют по объемам сбора зерновых и уже, можно сказать, выполнили свои договорные обязательства. Среди тех, кто близок к финишу – это Бухарская (85,9 процентов), Кашкадарьинская (85,5 процентов), Ферганская (83,6 процентов), Ташкентская (82,4 процентов) и Джизакская (81,8 процентов) области. Радует глаз количество намолоченного зерна в Наманганской, Самаркандской и Андижанской областях.

#orim_terim #boshoqli_don #galla #somon #урожай #зерно

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 26, 2023
G‘ALLADAN BO‘SHAGAN YERLAR EHTIYOJMANDLARGA AJRATIB BERILMOQDA

🌾Respublikamizdagi mavjud g‘alla maydonlarida hosil o‘rib olingach, ezgu bir ishga qo‘l urildi. Yaʼni g‘alladan bo‘shagan yer maydonlari takroriy ekin ekish uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga ajratib berilmoqda. Bunda nafaqat yerdan unumli foydalaniladi, balki ehtiyojmand odamlar qo‘llab-quvvatlanadi, oilalarga daromad kiradi.

Pop tumanida g‘alladan bo‘shagan maydonlarni ehtiyojmand aholiga foydalanishga berish amaliyotining hayotga tatbiq etish orqali joriy mavsumda 800 gektar maydonda 4 mingdan ortiq kam taʼminlangan oila dehqonchilik qilishi orqali daromadlarini oshiradilar. Shuningdek, yana shuncha oilaga 250 kilogramdan jami 1005 tonna bug‘doy, 20 tadan jami 80 ming 400 ta somon pressi beriladigan bo‘ldi.
*****
ОСВОБОДИВШИЕСЯ ОТ ЗЕРНОВЫХ КУЛЬТУР ЗЕМЛИ ВЫДЕЛЯЮТСЯ НУЖДАЮЩИМСЯ В СОЦИАЛЬНОЙ ПОДДЕРЖКЕ

🌾После сбора урожая зерновых, по уже сложившейся традиции перешли к благородному делу. А точнее, земельные участки, освободившиеся от зерновых выделяются населению, нуждающемуся в социальной защите, под повторные посевы. Таким образом, эффективно используются наделы, и при этом поддерживаются нуждающиеся люди, а их семьи получают доход.

Более 4000 малообеспеченных семей Папского района благодаря подобной практике в этом сезоне увеличат свои доходы, занимаясь сельским хозяйством на 800 га. Также аналогичному количеству семей будет передано в общей сложности 1005 тонн пшеницы по 250 килограммов, и 80 400 тюков прессованной соломы по 20 на одно домохозяйство. В Туракурганском районе области засеяно 5114 га освободившихся от зерновых площадей, из них 415 га передадут в распоряжение 2075 малообеспеченных жителей.

#dehqonchilik #galla #takroriy_ekin #bugdoy #зерно #пшеница

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 27, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
EKINLAR DIVERSIFIKATSIYASI – SAMARALI DEHQONCHILIK OMILI

🌳
Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi “Ma’murqulov Shoqul” fermer xo‘jaligi faoliyatida zamonaviy yondashuvning guvohi bo‘ldik. Xo‘jalik paxta, g‘alla va pillachilikka ixtisoslashgan. Bundan tashqari, yaxshigina bog‘ga ham ega.

“Hozirda 130 gektar yer mavjud bo‘lib, ekin maydonimiz 120 gektarni tashkil qiladi. Shundan 70 gektariga paxta, 69 gektariga g‘alla ekkanmiz. 29-30-may kunlari tovar don bo‘yicha rejani 110 foiz qilib bajarganmiz. Hozirda Rossiyadan keltirilgan “Grom” urug‘lik navli g‘allani o‘rishni boshladik. Bu nav gektariga 100 sentrnergacha hosil bermoqda, o‘rtacha hisoblaganda 70-80 sentnerdan tushyapti”.
*****
ДИВЕРСИФИКАЦИЯ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ КУЛЬТУР – ФАКТОР ЭФФЕКТИВНОГО ЗЕМЛЕДЕЛИЯ

🌳
Современный подход можно наблюдать в деятельности фермерского хозяйства «Мамуркулов Шокул» Ангорского района Сурхандарьинской области. Хозяйство специализируется на выращивании хлопка, зерновых и тутового шелкопряда. Также имеется большой сад.

«В настоящее время всего имеется 130 га земли, а непосредственно посевная площадь составляет 120 га. Мы засеяли 70 га хлопка и 69 га зерна. 29-30 мая мы выполнили договорные обязательства по товарному зерну на 110 процентов. Сейчас приступили к заготовке семенного зерна «Гром», завозимого из России. Урожайность данного сорта доходит до 100 центнеров с гектара, в среднем это 70-80 центнеров».

#fermer_xojaligi #paxta #galla #pillachilik #bog #Surxondaryo #фермерское_хозяйство #хлопок #зерно #шелкопряд #Сурхандарья

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 5, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
July 5, 2023
🌱Meva-sabzavotlar maydoni 470 ming gektarga oshdi, 75 ming gektar intensiv bog‘ va tokzorlar, 3700 gektar zamonaviy issiqxonalar barpo etildi. 200 ming gektar paxta-g‘alla maydonlari qisqarib aholiga berildi. Meva-sabzavot ishlab chiqarish 20 foizga oshib, 22,5 mln tonnaga yetdi.

G‘alla hosildorligi 57 sentnerdan 70 sentnerga oshdi va 2023-yil yalpi i/ch 8,1 mln tonna bo‘lishi kutilmoqda.

Umuman qishloq xo‘jaligida yillik o‘sish - o‘rtacha 5%.

“Global oziq-ovqat xavfsizligi”
indeksida O‘zbekiston reytingi 113 ta mamlakat orasida 12 pog‘ona ko‘tarilib (85 dan 73 ga), eng yuqori o‘sishga erishgan 10 ta mamlakat ichida 1-o‘rinni egalladi.

#xalqaro_konferensiya #vazir #oziq_ovqat_xavfsizligi #meva_sabzavot #paxta #galla

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 6, 2023
AGRAR SOHADAGI ISLOHOTLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA

🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va vazirlik ishchi guruhining Buxoro viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni ham ko‘plab fermer xo‘jaliklari faoliyati tanishuvi bilan kechdi.

Navbatdagi manzil Buxoro tumanidagi “Rabotiqalmoq” MFY hududida joylashgan “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Fermer xo‘jaligining umumiy yer maydoni 236 gektar, shundan 105 gektarda paxta, 85 gektar maydonda esa g‘alla yetishtirilmoqda. 2 gektar maydonga poliz mahsulotlari ekilib, 2 gektarda bog‘ barpo etilgan. 12 gektar maydon esa chorva mollarining ozuqasi uchun ekin yetishtirishga mo‘ljallangan. O‘zbekiston Qahramoni Muhammad Ahmedov shu yoshga kirishiga qaramasdan g'ayrati jo'shib, yoshlarga nafaqat o'rnak bo'lmoqda, balki haqiqiy hayot maktabini ham o'tamoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirigining eʼtiboridagi keyingi manzil Jondor tumanidagi “Yakkatut g‘allachilik, urug‘chilik va sholichilik” MChJ klasteri bo‘ldi. Ushbu klasterda 2023-yil hosili uchun soya yetishtirilayotgani va undan kutilayotgan hosil eʼtibordan chetda qolmadi. Yana bir eʼtiborli jihat shundaki, bu klasterda bir kunda 240 tonna bug‘doy saralanib, ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.

Buxoro viloyatiga tashrifning keyingi manzili Qorako‘l tumanidagi “Merganteks” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri va unga tegishli Darg‘ali hududidagi “Yangiboy Ochil” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Dastlab, bu yerda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga mo‘ljallangan polietilen plyonkasi va shlang ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. Shuningdek, ushbu klaster bilan shartnoma tuzgan fermer xo‘jaliklarining paxta va g‘alla maydonlari ko‘zdan kechirildi. Eʼtiborlisi, 3 ming gektar maydonga ekilgan paxta plyonka ostida tomchilatib sug‘orish asosida yetishtirilmoqda.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #fermer_xojaligi #klaster #galla #paxta #chorva_ozuqasi #chizel #asalarichilik #urugchilik #tomchilatib_sugorish

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 10, 2023