QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.7K subscribers
29.5K photos
2.93K videos
7 files
10.9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
March 18, 2022
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MARKAZIY OSIYODA YER DEGRADATSIYASI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

👥Toshkentda “22-aprel – Xalqaro Yer kuni”ga bag‘ishlangan “Markaziy Osiyoda yer degradatsiyasiga qarshi kurash: muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan BMTning Taraqqiyot dasturi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida tashkil etildi.

#xalqaro_forum #tadbir #qishloq_xojaligi #yerlar_degradatsiyasi

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 28, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
April 28, 2023
15-OKTABR – XALQARO QISHLOQ AYOLLARI KUNI

🔰
Bugun poytaxtimizdagi
"International hotel Tashkent" mehmonxonasida 15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan "Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni" mavzusidagi Xalqaro Forum o‘z ishini boshladi. Mazkur tadbir BMT Taraqqiyot dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Agrar soha ayollari” uyushmasi bilan birgalikda tashkil etilgan va Yevropa Ittifoqi tomonidan "EU-AGRIN" loyihasi doirasida moliyalashtirilgan bo‘lib, Markaziy Osiyo va Turkiyadan 140 ga yaqin ishtirokchilarni poytaxtimizda jamladi.

🌱 Forumni kirish so‘zi bilan “Agrar soha ayollari” uyushmasi raisi Adiba Axmadjonova ochib berdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo’mitasi raisi Malika Kadirxanova agrar sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar haqida gapira turib, bugungi kunda qishloq xo‘jaligida ayollarning o‘rni beqiyos ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqqanlar yurtimiz ayollarining jamiyatdagi o‘rni tobora oshib, mustahkamlanib borayotganini, agrar sohani bugun har sohada ilg‘or va fidoyi qishloq ayollarisiz tasavvur qilib bo‘lmasligini aytib o‘tishdi va samimiy tilaklarini bildirishdi.

Xalqaro forum doirasida bir qator plenar yig‘ilishlar ham bo‘lib o‘tdi. Unda Qishloq xo‘jaligida ayollar imkoniyatlarini kengaytirish, agrar sohada gender tengligi, ayollarni agrobiznesga jalb qilish va biznesni rivojlantirish imkoniyatlarini oshirish kabi bir qancha mavzularda mahalliy hamda xorijiy mutaxassislar va professorlar tomonidan taqdimotlar qilindi.

Forum o‘z ishini ertaga ham davom ettiradi.

#15_oktyabr #qishloq_ayollari_kuni #xalqaro_forum

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 11, 2023