QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
28.5K photos
2.87K videos
7 files
10.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo anorchiligi jadal rivojlanmoqda

🌱 Mutaxassislarning fikricha bugungi kunda yer kurrasida anorning 130 dan ortiq navlari o‘stiriladi. Yurtimizda yetishtirilayotgan anorlarning dovrug‘i bugun nafaqat respublikamiz balki, xorijda ham mashhur. Boisi, uning shifobaxsh xususiyatlari bisyor.

Tinim bilmas bog‘bonlarimiz esa yildan yilga anorzorlarimizga parvarish berib, el dasturxoniga to‘kin-sochinlik ulashmoqda.

👨‍🌾 Huddi shunday bog‘bonlardan biri Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida “Usmonobod anorzori” fermer xo‘jaligining rahbari Sobir Boyturayevdir.

Uning fermer xo‘jaligi 2000-yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda 13 gektar maydonga ega. Shundan 5 gektariga anor ekilgan. Sirdaryo viloyatida anorning "Qora qayin" navi keng tarqalgan bo‘lib, Sobir Boyturayev ham o‘z bog‘iga mana shu navdan ko‘proq ekkan. Ushbu navning mevasi qizildan qoraga yaqinroq bo‘lib, donasi yirik, suvli va shirindir.

Anor shifobaxshligi bilan boshqa mevalardan ajralib turadi. Mevalari tarkibida qand, organik kislotalar, tanin, oqsillar, pektin, shuningdek temir, kobalt, yod, С, R, A vitaminlari bor. Mevalari, barglari, ildizi va gullari tarkibida С vitamini 250-1300 mg gacha mavjud.

Asrlar bo‘yi shifobaxshligi uchun qadrlab kelingan anor donasining soni yilimizning kunlariga, ya’ni 365 dona bo‘lib (faqat ayrim navlarda 200-800 tagacha bo‘lishi mumkin) uni to‘kmay, biror donini qoldirmay va tashlamay iste’mol qilinsagina, inson salomatligiga foyda qilishini bobolarimiz ko‘p ta’kidlashgan.

#anorchilik #rivojlanish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM