QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
27.2K photos
2.82K videos
7 files
10.2K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Е-AUKSION” ELEKTRON TANLOVI: DEHQONCHILIK VA DAROMAD UCHUN QULAY IMKONIYAT

👥Tanlovda kimlarga ustuvorliklar bor?

📐Qanday yer maydonlari ajratiladi?

📝Tanlovda ishtirokchi qanday imtiyozlarga ega bo‘ladi?

👉Ushbu savollarga javoblarni maqolamizdan topasiz.

📺To'liq video

#Е_auksion #tanlov #dehqonchilik #daromad #imtiyoz
*****
ЭЛЕКТРОННЫЙ КОНКУРС «Е-AUKSION»: ХОРОШАЯ ВОЗМОЖНОСТЬ ДЛЯ ЗАРАБОТКА В СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ

👥Кто имеет право принять участие в конкурсе?

📐Какие земельные участки будут выделены?

📝Какие преимущества получит участник конкурса?

👉Ответы на эти вопросы вы найдете в нашем материале.

📺Полное видео

#Е_auksion #конкурс

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ENG KO‘P DAROMAD KELTIRADIGAN QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARI (1000 KV. M.DAN AQSH DOLLARIDA):

🟢pomidor — 1, 415 mln AQSH dollari
🟢uzum — 625 ming AQSH dollari
🟢kartoshka — 365 ming AQSH dollari
🟢boshqa sabzavotlar — 305 ming AQSH dollari
🟢tamaki — 277 ming AQSH dollari
🟢qand lavlagisi — 270 ming AQSH dollari
🟢choy — 178 ming AQSH dollari
🟢maniok — 153 ming AQSH dollari
🟢palma daraxti — 145 ming AQSH dollari
🟢guruch — 140 ming AQSh dollari
🟢qahva — 107 ming AQSh dollari
🟢mais — 79 ming AQSH dollari
🟢soya — 72 ming AQSH dollari
🟢raps — 60 ming AQSH dollari
🟢bug‘doy — 56 ming AQSH dollari
🟢arpa — 36 ming AQSH dollari
🟢dukkaklilar — 30 ming AQSH dollari

Bilarmidingiz? Qishloq xo‘jaligiga oid barcha voqealardan xabardor bo‘lish uchun postlarimizni kuzatib boring.

#bu_qiziq #daromad #qishloq_xojaligi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BIR MEVADAN IKKI XIL DAROMAD

Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biridir
. Meva-sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish va ularni qayta ishlash jarayonlarini texnik va texnologik yangilash va modernizatsiya qilish, tarmoqning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvi uchun turtki bermoqda. Joylarda intensiv bog‘lar barpo qilinmoqda.

Yirik klasterlar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘z-o‘zidan meva va sabzavotlarni qayta ishlash, qadoqlashga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda.

Ana shunday imkoniyatlarni o‘zida jamlagan yana bir tashabbus Navbahor tumani Qorajon hududidagi “Paradise Garden” MCHJ uzum va mevalarni qayta ishlash korxonasidir.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning Navoiy viloyatidagi navbatdagi manzili aynan mana shu korxona bo‘ldi.

#mevasabzavot #daromad

ДВОЙНОЙ ДОХОД С ОДНОГО ФРУКТА

Сельское хозяйство является одной из важнейших отраслей экономики Узбекистана.
Дает импульс для технического и технологического обновления и модернизации процессов выращивания и переработки плодоовощных и бахчевых культур, интеграции отрасли в систему международной торговли. На местах строятся интенсивные сады. Налаживается деятельность крупных кластеров. Растет спрос на переработку, упаковку фруктов и овощей.

Еще одной инициативой, собравшей такие возможности, является предприятие по переработке винограда и фруктов ООО «Paradise Garden» Навбахорского района на территории Каражана.

Следующим адресом министра сельского хозяйства Азиза Воитова стало предприятие в Навоийской области.

#фруктовощи #доход

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OROLBO‘YIGA EKINZORLAR YARASHADI: KUNJUT YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI

🌿Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumanidagi kunjutzorni oralar ekansiz, qaqrab yotgan yerni ko‘kalamzorga aylantirib, daromad ham olishga muvaffaq bo‘layotgan qoraqalpoq mirishkorlariga tasanno aytasiz.

Hosil hech qanday sug‘orishsiz yetishtiriladi. Bor-yo‘g‘i bir marta qishda sug‘oriladi. Bunga o‘zingiz ham guvoh bo‘lishingiz mumkin. Orasida begona o‘t ham o‘savermaydi. Ikki marta oziqlantiriladi. Orasiga tarvuz-qovun ekilgan, bu qo‘shimcha daromad keltiradi. Ko‘rib turgan dalangizda 3 gektar kunjut ekilgan, gektaridan 1,5 tonnagacha hosil olish imkoni bor.
*****
ПЕРСПЕКТИВЫ ВЫРАЩИВАНИЯ КУНЖУТА В РЕГИОНЕ ПРИАРАЛЬЯ

🌿Когда видишь кунжутное поле в Кегейлийском районе Каракалпакстана, невольно восхищаешься местными земледельцами, которым удается превратить по сути бесплодную землю в зелёный массив и ещё при этом получить доход. Хороший эффект даёт интеграция науки, инноваций и многовекового опыта.

Урожай выращивается попросту без орошения. Поливают только один раз за зиму. Вы можете сами убедиться в этом. В междурядьях даже сорняки не растут.  Дважды проводится подкормка. Между посадками сажают бахчевые, что приносит дополнительный доход. На этом поле кунжутом засеяно 3 га, и с одного гектара можно собрать до 1,5 тонн.

#kunjut #yetishtirish #innovatsiya #daromad #Qoraqalpogiston

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐝 Asalarichilik – ehtiyojmandlar daromadini oshirish manbai

Farg‘ona viloyatida asalarichilik rivojlanib bormoqda. Ming dardga davo, mo‘may daromad manbai bo‘lmish asal yetishtirish, turlarini ko‘paytirish ishlari samarali bo‘lmoqda.

🔸 Bugungi kunda viloyatda asalarichilik subyektlari soni 2000 tadan ortgan. Viloyat asalarichilik xo‘jaliklarining umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga 2 ming tonnani tashkil qiladi.

Jumladan, Bag‘dod tumanida ham ko‘plab oilalar asalarichilik bilan shug‘ullanib, yaxshi daromadga ega bo‘lmoqda. Tumanda ehtiyojmand oilalarga asalari uyalari berilib, tadbirkorlikka jalb qilish yaxshi samara bermoqda.

✔️ Xususan, ishsizlikni kamaytirish va norasmiy bandlik ulushini qisqartirish maqsadida asalarichilik kooperatsiyasi tashkil etildi. Mazkur kooperatsiya orqali 20 ta oilada ish bilan band bo‘lmagan a'zolarning bandligi ta'minlandi va xonadonlarda kasanachilik asosida yetishtirilgan asal mahsulotini “Bag‘dod zamin asali” mas'uliyati cheklangan jamiyati kelishilgan narxda xarid qilib oladi.

#asalarichilik #asal #daromad

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📈 TAKRORIY EKIN — QO‘SHIMCHA DAROMAD MANBAI

So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan fermer va dehqonlar sohaga innovatsion, samarali usullarni joriy etish orqali yiliga 2-3 martagacha yuqori mahsuldorlikka erishish yo‘lida izlanmoqdalar.

🥔 Jumladan,  Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi “Gulbuloq sabzavotlar makoni ” fermer xo‘jaligi rahbari O‘g‘iloy Uralova ham ana shunday ilg‘or sohaning izlanuvchan fidoiylaridan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U fermer xo‘jaligi balansidagi 8 gektar yer maydonidan unumli foydalanib yiliga ikki martadan hosil olmoqda. Fermer xo‘jaligi faoliyat turi sabzavotchilik yo‘nalishiga ixtisoslashgan bo‘lib, asosan turli xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiradi. Ma’lumki, mirishkorlar uchun yilning 4 faslida ham ish qizg‘in kechadi. Ayni kunlarda O‘g‘iloy opa fermer xo‘jaligida ham ikkinchi ekin hosilini yig‘ishtirish arafasida. Fermer xo‘jaligining g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarida ikkinchi ekin sifatida 2 gektarida loviya, 6 gektarida kartoshka parvarishlagan. Ma’lum qilinishicha, poliz maydonida Pokiston davlatining “Savella” kartoshka navi ekilgan bo‘lib, ushbu kartoshka bahorgi birinchi mavsumda ekilganda gektariga 30-35 tonna hosil bersa, kuzgi mavsumda takroriy ekin sifatida ekilsa, gektariga 20 tonna hosil olish mumkin. Dehqon opamizning ta’kidlashicha, hozirda ob-havoning noqulay sharoiti sabab loviya hosilini yig‘ishtirmay turibdi.

🔸 Agarda loviya hozir yig‘ib olinsa, hosilga nam tegishi natijasida unga sifatiga zarar yetishi mumkin. Shu boisdan, hosilni joyida saqlab 4-5 kundan keyin ob-havo issiq bo‘lishi bilan yig‘ib olishni rejalashtirilmoqda. Xo‘jalik yerlarida yetishtirilgan kartoshka va sabzavot ekinlari aholi dasturxonlariga yetkazish uchun mahalliy bozorlar rastalariga sotishga peshma-pesh yetkazib beriladi.

#kartoshka #daromad_manbai

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM