QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
27.2K photos
2.82K videos
7 files
10.2K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ҳудудлардаги ўзгаришлар, аҳоли ҳаёти билан яқиндан танишиш мақсадида Андижон вилоятига жўнаб кетди.
Икки кунлик амалий ташриф давомида тўқимачилик, агросаноат ва қишлоқ хўжалиги корхоналари фаолияти билан танишиш, бунёдкорлик ишларини кўздан кечириш режалаштирилган.
«Янги Андижон» шаҳри қурилишининг бошланиши ташрифнинг энг муҳим воқеаларидан бири бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев для ознакомления с проводимыми в регионах преобразованиями и жизнью населения отбыл в Андижанскую область.
В ходе двухдневной рабочей поездки планируется посещение текстильных, агропромышленных и сельскохозяйственных предприятий, ознакомление с созидательной работой.
Один из важных пунктов программы поездки - закладка первого камня города «Новый Андижан».

#Mirziyoyev #safar #Andijon

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#repost #qovoq #soya #MTRK #agro #oziq_ovqat #Andijon

🎥"O'zbekiston 24" hamda "Andijon MTRK" telekanallari Qishloq xo'jaligi vazirligining Andijon viloyatidagi qovoq va soya ekish ishlari haqida lavha taqdim etdilar.


👉Obuna bo'ling:
WWW / TELEGRAM / FACEBOOK / YOUTUBE / INSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #Andijon_axboroti

YASHIL MAKON UMUMMILLIY LOYIHASI

🎥Andijon MTRK” telekanalining Andijon axboroti” informatsion dasturi orqali Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “O‘zdavyerloyiha” DILI Andijon viloyati bo‘linmasi mutaxassislari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekilgani haqida reportaj tayyorlangan.

Unda aytilishicha, tashkilot tomonidan Andijon viloyati Marhamat tumani Istiqlol massivida joylashgan “O‘quv-tajriba” xo‘jaligiga 50 ta pavlovniya, 200 ta tut va 25 tup manzarali daraxt ko‘chatini ekish ishlari amalga oshirildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_press_klub #Andijon #Agrar

XALQARO PRESS-KLUB JAMOASI
ANDIJON VILOYATINING AGRAR SOHADA ERISHAYOTGAN NATIJALARI HAQIDA KO‘RSATUV TAYYORLADI

Bugungi kunda viloyatdagi takroriy ekin maydonlari qancha?

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlari qanday?

Shu kabi savollarga XPKning “Masofada” loyihasi orqali javob olishingiz mumkin.

Ko‘rsatuvni bugun, 26-noyabr soat 12:00 da “O‘zbekiston” telekanali orqali tomosha qiling.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik #Xalqaro_press_klub #Andijon

🎬Xalqaro Press-klub jamoasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda Andijon viloyatida agrar sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ko‘rsatuv tayyorladi.

Ko‘rsatuvda viloyatda g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekish bo‘yicha erishilgan natijalar xususida so‘z yuritiladi.

🎥To‘liq video uchun havola

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
ANDIJON VILOYATIDA O‘TKAZILGAN SEMINARDA KUZ-QISH ISHLARI MUHOKAMA QILINDI

“2022-2023-yillar kuz-qish oylarida olib boriladigan ishlar”
mavzusida Qishloq xo‘jaligi vazirligi Andijon viloyati Shahrixon tuman bo‘limi rahbariyati tashabbusi bilan “Yangi Vahim” mavzesida seminar bo‘lib o‘tdi.

#seminar #muhokama #Andijon
*****
НА СЕМИНАРЕ В АНДИЖАНСКОЙ ОБЛАСТИ ОБСУДИЛИ ОСЕННЕ-ЗИМНИЕ РАБОТЫ

Прошел семинар на тему «Работы, подлежащие проведению в осенне-зимние месяцы 2022-2023 гг.», который был организован по инициативе руководства Шахриханского районного отдела Андижанской области Министерства сельского хозяйства РУ.

#семинар #Андижан

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI OLIY TA`LIM MUASSASALARI: SALOHIYAT, USTUVOR VAZIFALAR VA KELAJAK UCHUN REJALAR

Zamonaviy agrar taʼlimning maqsad va vazifalari tubdan o‘zgarmoqda. Konseptual o‘zgarishlar nafaqat akademik sohani qamrab olmoqda, balki odatiy taʼlim jarayoni o‘rnini taʼlimga qaratilgan innovatsion yondashuv egallamoqda.

Mehnat bozori dolzarb muammolarni “noodatiy” usullar yordamida hal eta oladigan, vaziyatga tez moslashuvchan va samarali qarorlar qabul qiladigan mutaxassislarga muhtoj.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida agrar yo‘nalishda beshta OTM lar va bitta Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti faoliyat yuritmoqda.

2022-yil yakuniga ko‘ra, universitetlarning har biri muayyan natijalarga erishdi.

O‘quv muassasalarining har biriga oid tahliliy maʼlumotlarni bizda o‘qing.

#OTM #universitet #institut #filial #TDAU #Termiz #Samarqand #Andijon #Qoraqalpogiston
*****
АГРАРНЫЕ ВУЗЫ: ПОТЕНЦИАЛ, ПРИОРИТЕТЫ И ПЛАНЫ НА БУДУЩЕЕ

Цели и задачи современного аграрного образования претерпевают кардинальные изменения. Концептуальные перемены затрагивают не только академическую сферу. Инновационные подходы к обучению заменяют рутинный обучающий процесс.

Рынок труда нуждается в специалистах, способных решать актуальные проблемы «нестандартными» способами, быстро ориентироваться в пространстве и принимать эффективное решение.

Под ведомством Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан находятся пять аграрных государственных ВУЗов и один Международный сельскохозяйственный университет.

По итогам 2022 года каждый из ВУЗ добился определенных результатов.

Обзорные данные по каждому учебному заведению читайте здесь

#ВУЗ #университет #институт #филиал #ТГАУ #Термез #Самарканд #Андижан #Каракалпакстан

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
URUG‘LIK G‘ALLA APROBATSIYASIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI

🌾Andijon viloyati Andijon tumani Don va dukkakli ekinlar ITIda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zdonmahsulot” AK tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda hududlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari, soha tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari rahbar va mutaxassislari, shuningdek g‘allachilik ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari qatnashdi.

Qatnashchilar Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti tajriba dalasida boshoqli don ekinlari, dukkakli don ekinlari va noan'anaviy ekinlar yangi navlari bilan tanishdilar.

Shuningdek, seminarda “Respublikada avlodli urug‘liklar jamg‘arish bo‘yicha 2022-yil yakunlari va kelgusi yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urug‘chiligi istiqbollari”;

Respublikada ekilayotgan boshoqli don ekinlari navlari va ularni hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib joylashtirish” hamda “Boshoqli don ekinlarining seleksiyasi va urug‘chiligining kelgusi yillardagi asosiy yo‘nalishlari hamda bugungi kundagi ITIlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzularida ma'ruzalar tinglandi.

Jami 200 nafarga yaqin o‘quv-seminar qatnashchilari urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish borasida fikr almashdilar, bu boradagi ilg‘or tajribalarni o‘rgandilar, o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtaga tashlab, o‘zaro muhokama qildilar.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #Ozdonmahsulot #Boshoqli_don_ekinlari #galla #Andijon

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TOMORQA YER EGALARIGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLAR BISYOR

🌱Bugun mamlakatimizda yerga mehr bergan mehnatkash dehqonga, xususan tomorqa yer egalariga ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hududlarda tashkil etilgan tomorqa xo‘jaliklari kichikroq maydondagi yerdan ham topayotgan daromadlari evaziga nafaqat o‘z oilalarining, balki xalqimizning ham dasturxonini to‘kin qilishga, aholi bandligini taʼminlashga erishmoqda.

Zahmatkash dehqonlar maskani Andijonda ham 563 ming 992 ta xonadonda 25 ming 575 gektarli tomorqa yerlari mavjud. Jumladan, 11,6 ming gektar maydonlarga ertagi ekinlar, 18,5 ming gektarga takroriy va 20,3 ming gektarga to‘qsonbosti ekinlar ekilishi rejalashtirilgan.

Oltinko‘l tumanidagi “Oltinko‘l tomorqa xizmatlari” va Asaka tumanidagi “Obod diyor tomorqa xizmati” MChJlar negizida klaster korxonalari faoliyati to‘laqonli yo‘lga qo‘yildi.

#qishloq_xojaligi #dehqon #fermer #ertagi_ekinlar #toqsonbosti_ekinlar #Andijon

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TOMORQADAN YILIGA 80 MLN SO‘MGACHA DAROMAD TOPAYOTGAN HANIFAXON

Keyingi yillarda tomorqachilikni rivojlantirishga davlat darajasida e'tibor qaratilmoqda. Misol uchun, Andijonning aksariyat mahallalarida tomorqachilik oila daromadining muhim asosi hisoblanadi.

Andijon viloyatida ayni paytda 601 mingta xonadonning jami 25,6 ming gektar tomorqa yerlari mavjud bo‘lib, ularning 60 foizida 3 martadan, qolgan 40 foizida esa 2 martadan hosil olishga erishildi.

Qolaversa, 14 ming xonadonda yengil konstruksiyali issiqxonalar tashkil etilib, aholining 183 gektar tomorqa yerlarida 2-3 martadan hosil olishi uchun ko‘maklashildi.

#qishloq_xojaligi #tomorqa #issiqxona #Andijon

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalida qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanilayotgani haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi “Baxt imkon rivoji” fermer xo‘jaligi mamlakatimizda suv tejamkorligini oshirishga qaratilgan  tashabbusni birinchilardan bo‘lib qabul qilgani, tumandagi 1200 gektar dala maydonini bosqichma-bosqich suvning ortiqcha sarfini kamaytiruvchi ilg‘or texnologiyalarga o‘tkazayotgani haqida so‘z yuritiladi.

#repost #Ozbekiston_24 #suv_tejovchi_texnologiyalar #fermer_xojaligi #Andijon

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OLTINKO‘LLIK CHORVADOR IMKONIYATDAN UNUMLI FOYDALANMOQDA

🐄Andijonlik tadbirkorlar, respublika qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi chorvachilikning o‘rnini to‘g‘ri tushungan holda, fermer xo‘jaliklarida yirik va mayda shoxli qoramol parvarishlab, aholi dasturxoniga sut va go‘sht mahsulotlari taqdim etish yo‘lida unumli mehnat qilib kelmoqdalar. Buni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi “Baxt imkon rivoji” fermer xo‘jaligi faoliyatida ham ko‘rishimiz mumkin.

Ushbu fermer xo‘jaligi 2004-yilda tashkil topgan. Xo‘jalik qoshidagi fermada asosan sut yo‘nalishida yirik shoxli qoramollar parvarishlanadi. Ularning bari Avstriyadan keltirilgan sersut naslli chorva bo‘lib, fermer xo‘jaligida joriy etilgan zamonaviy texnologik ish usullari tufayli qisqa fursatda bir necha barobarga ko‘paygan. 400 bosh qoramol keltirilgan bo‘lsa, bugungi kunda fermer xo‘jaligidagi qoramollar 1000 boshdan oshgan. Sog‘ib olinayotgan sut hajmi ham shunga yarasha – kuniga 24-25 tonnani tashkil qiladi.
*****
АЛТЫНКУЛЬСКИЙ ЖИВОТНОВОД ГРАМОТНО ИСПОЛЬЗУЕТ СОЗДАННЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ

🐄Предприниматели из Андижана, отдавая должное значимости животноводства в агропромышленном комплексе республики, разводят в фермерских хозяйствах крупный и мелкий рогатый скот и обеспечивают молоком, мясом и продуктами их переработки население.

Деятельность фермерского хозяйства «Бахт имкон ривожи» в Алтынкульском районе Андижанской области полностью соответствует вышеназванным критериям. Хозяйство было основано в 2004 году. Здесь в основном разводят молочный скот. Все высокопродуктивные животные завезены из Австрии, и благодаря внедрению в хозяйстве современных технологических методов работы, их поголовье за короткое время увеличилось в несколько раз. Изначально завезено 400 голов крупного рогатого скота, а сегодня их более 1000. Объем производимого молока составляет 24-25 тонн в сутки.

#chorvachilik #qoramol #sut #pishloq #brinza #Andijon #животноводство #крупнорогатый_скот #сыр #брынза

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON VILOYATIDA ZAMONAVIY AGROSANOAT KLASTERI TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov boshchiligidagi vazirlik vakillari yurtimizga tashrif buyurgan BAAning "Ye20 Investment Limited" kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Unda “Andijon viloyatida zamonaviy agrosanoat klasterini yaratish” loyihasi muhokama qilindi.

Loyihaga ko‘ra, Andijon viloyatida “Abu-Dabi-Uzbek Investment” investitsiya kompaniyasi hamda “E20 Investment Limited” kompaniyasi bilan birgalikda umumiy qiymati 28,5 mln dollarga teng bo‘lgan zamonaviy agrosanoat klasterini yaratish ko‘zda tutilgan.

Bu boradagi ishlarni tashkil etish maqsadida 2022-yil 25-martda “2 U” MCHJ kompaniyasi tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda loyiha doirasida Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida gilos va rezavor meva yekinlarining yuqori sifatli va eksportbop navlarini yetishtirish, saqlash, shuningdek, chuqur qayta ishlash jarayonlarini to‘liq qamrab oluvchi tizim joriy yetilgan.

Uchrashuv davomida Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov mazkur loyiha asosida yangi ish o‘rinlarining yaratilayotganligi, sifatli va jahon bozorida o‘z o‘rniga ega meva-sabzavot mahsulotlarning yetishtirilayotganligi juda quvonarli holat ekanligini alohida ta'kidladi. Shuningdek Azimjon Nazarov Mazkur loyihani yanada kengaytirish va rivojlantirish hamda to‘laqonli faoliyat olib borishida vazirlik yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

#andijon #agrosanoat #uchrashuv

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Андижон вилоятига ташриф буюрди. Ташриф дастурининг биринчи манзили “Асака текстиль” кластерининг тўқимачилик корхонаси бўлди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в Андижанскую область. Первым пунктом в программе поездки стало предприятие текстильного кластера "Асака текстиль".

#Mirziyoyev #safar #Andijon #tuqimachilik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев Андижон вилоятининг Хонобод шаҳрига келиб, аҳоли ҳаёти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в город Ханабад Андижанской области и ознакомился с жизнью населения.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Давлатимиз раҳбари Хонобод шаҳри Янги ҳаёт маҳалласидаги хонадонлардан бирида меҳмон бўлди.

Глава нашего государства побывал в гостях у жителей махалли "Янги хаёт" города Ханабада.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #mehmon

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X