QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.7K subscribers
29.5K photos
2.93K videos
7 files
10.9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
August 20, 2022
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
October 5, 2022
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
October 31, 2022
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTONDA LIMON YETISHTIRISH VA UNING NAVLARI

🍋2021-yilda respublika bo‘yicha 2332 gektar maydonda limon yetishtirildi. Ushbu yilda yetishtirilgan jami mahsulot 64 ming tonnani tashkil etmoqda. Shundan eksport salohiyat 11 ming tonnaga teng. 2022-yil yakuni bo‘yicha eksport qilingan mahsulot esa 3600 tonnani tashkil etmoqda. Hozirda eksportga yaroqli zaxirada yana 8-10 ming tonna limon hosili mavjud.

Respublika bo‘yicha faqat “Toshkent” navi eksport qilinadi.

👉Batafsil

#sitrus #limon #yetishtirish
*****
СОРТА ЛИМОНА, ВЫРАЩЕННЫЕ В УЗБЕКИСТАНЕ

🍋В 2021 году лимоны выращивают на 2332 га по всей стране. Общий объем произведенной продукции за три года составляет 64 тысячи тонны. Экспорт составляет 11 000 тонн. К концу 2022 года экспорт продукции составляет 3600 тонн. В настоящее время в резерве имеется 8-10 тысяч тонн урожая лимонов, пригодного для экспорта.

Экспортируется только сорт «Ташкент».

👉Подробнее

#цитрус #лимон #выращивание

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 27, 2022
🍋LIMON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

🟠Xitoy, Hindiston va Tinch okeani orollari limonning vatani hisoblanadi.

🟠Bitta limon daraxtidan mavsumda o‘rtacha 300-350 dona meva olinadi.

🟠Limon daraxtlari 40 yildan ortiq yashamaydi va odatda balandligi 5-7 metrdan oshmaydi.

🟠Limon ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rin Meksika va Hindiston o‘rtasida bo‘lingan.

🟠Pishgan limonda shakar, mevaning umumiy og‘irligining 3,5% gacha bo‘ladi.

🟠O‘rtacha limon qobig‘i uning massasining taxminan 40% ni tashkil qiladi. Qolgan 60% i pulpa va suyaklardir.

🟠Ichimlik limonadi birinchi marta limondan tayyorlangani uchun shunday nomlangan.

🟠Do‘kondan sotib olingan qattiq va pishmagan limon mikroto‘lqinli pechga 15-20 soniya qo‘yilsa, yumshoq va suvli bo‘ladi.

#sitrus #limon #bu_qiziq #faktlar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 28, 2022
🍋LIMON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

🟠Xitoy, Hindiston va Tinch okeani orollari limonning vatani hisoblanadi.

🟠Bitta limon daraxtidan mavsumda o‘rtacha 300-350 dona meva olinadi.

🟠Limon daraxtlari 40 yildan ortiq yashamaydi va odatda balandligi 5-7 metrdan oshmaydi.

🟠Limon ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rin Meksika va Hindiston o‘rtasida bo‘lingan.

🟠Pishgan limonda shakar, mevaning umumiy og‘irligining 3,5% gacha bo‘ladi.

🟠O‘rtacha limon qobig‘i uning massasining taxminan 40% ni tashkil qiladi. Qolgan 60% i pulpa va suyaklardir.

🟠Limonad ichimligi birinchi marta limondan tayyorlangani uchun shunday nomlangan.

🟠Do‘kondan sotib olingan qattiq va pishmagan limon mikroto‘lqinli pechga 15-20 soniya qo‘yilsa, yumshoq va suvli bo‘ladi.

#sitrus #limon #bu_qiziq #faktlar

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 4, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
January 30, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
March 30, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
March 31, 2023
YAPONLARDAN YANGICHA MEVA – LIMON-QOVUN HAQIDA ESHITGANMISIZ?

💡Yaqindan boshlab Yaponiya do‘konlarida noyob meva – limon-qovun sotila boshladi. G‘ayrioddiy ko‘rinishga va ajoyib ta'mga ega bu meva yaponlarga ma'qul keldi.

Yangi meva katta emas – tovuq tuxumidek keladi. O‘zi sersuv, o‘ta shirin, shu bilan birga limonni eslatuvchi biroz nordon ta'mga ham ega. Uni tatib ko‘rganlar yoz uchun eng bop meva deya ta'riflaydilar.

Bundan tashqari, limon-qovun C, A, E va B guruhi vitaminlariga, shuningdek kaliy, magniy va temir kabi mikroelementlarga boy. Bu moddalar immun tizimini mustahkamlashga, ko‘z nurini yaxshilashga, moddalar almashinuvini tezlashtirishga va qondagi gemoglobin darajasini oshirishga ko‘mak beradi. Shuningdek, limon-qovun ajoyib diuretik bo‘lib, organizmni toksinlar va shlaklardan tozalashga xizmat qiladi.

Limon-qovun 1980-yillarda boshlangan tajriba mahsulidir. Yapon olimlari qovunning ikki navini chatishtirib, yorqin sariq rangga va limonga o‘xshaydigan mayin teksturali etga ega gibridni olishga muvaffaq bo‘ldilar.

Limon-qovun nisbatan yangi meva bo‘lsa-da, o‘zining noyob ta'mi va foydali xususiyatlari tufayli tezda shuhrat qozondi. Bugungi kunda yapon fermerlari ushbu ekinni alohida mehr va e'tibor bilan yetishtirmoqdalar.

#bu_qiziq #limon_qovun

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 9, 2023
QARIYB 3 MILLION DOLLARLI LIMON EKSPORT QILINDI

🍋Statistika agentligining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi korxonalari 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 7 ta xorijiy davlatga jami qiymati 2,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,5 ming tonna limon eksport qilgan.

2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda, xorijiy bozorga limon yetkazib berish hajmi 968 tonnaga oshgan.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida O‘zbekistondan eng ko‘p limon sotib olgan davlatlar ro‘yxatida Rossiya yetakchilik qiladi – ushbu mamlakatga jami 2,7 ming tonna sitrus mevasi sotilgan.

Shuningdek, yetakchi importyorlar uchtaligidan Qirg‘iziston (388 tonna) va Qozog‘iston (357 tonna) ham joy olgan.

#limon #statistika

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 2, 2023