QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.5K subscribers
27.4K photos
2.83K videos
7 files
10.3K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🐎Qishloqda mehnat qilgan ajdodlarimizdan bizga ko‘plab masallar kelgan. Zero, mehnat va sabrda hayotiy hikmat tug‘iladi. Bugun #bu_qiziq rukni ostida mana shunday masallardan biri.

Bir fermer o‘g‘liga oq ot sovg‘a qildi. Uning oldiga qo‘shnisi kelib:
Siz juda omadlisiz. Hech kim menga bunday ajoyib oq ot bermagan!, dedi.
Dehqon javob berdi:
— Bu yaxshimi yoki yomonmi bilmayman...

Bir kuni ot o‘rmonga qochib ketdi va qaytib kelmadi.
— Oh, qanday baxtsizlik! - dedi qo‘shni.
Ammo dehqon xotirjamlikni saqlab qoldi.
"Bu yaxshimi yoki yomonmi, bilmayman", deb javob berdi u.
Bir necha kundan keyin ot fermaga yovvoyi otlar podasi bilan qaytib keldi. Qo‘shni unga aytdi:
Siz juda omadlisiz. Endi sizda ko‘p otlar bor. Siz boysiz!
Dehqon yelkasini qisib:
— Bu yaxshimi yoki yomonmi bilmayman..., deya javob qaytardi.
Dehqonning yolg‘iz o‘g‘li yovvoyi otga minganida ot chopib kelib, chavandozni uloqtirib yubordi. Dehqonning o‘g‘li oyog‘ini sindirdi.
— Oh, qanday dahshat! - dedi qo‘shni.
To‘g‘ri aytdingiz! Endi o‘g‘lingiz bir umr nogiron bo‘lib qoladi!
Ammo dehqonning ko‘ngli to‘kilmagandek edi.
"Bu yaxshimi yoki yomonmi, bilmayman", deb javob berdi u.

Urush boshlanib, dehqonning oyog‘i cho‘loq o‘g‘lidan boshqa barcha yoshlar frontga olindi.

Qo‘shni yana dehqonning oldiga kelib:
— Faqat o‘g‘lingiz jangga bormagan, u qanchalik omadli!
Va fermer takrorladi:
— Bu yaxshimi yoki yomonmi bilmayman...

Bugun bilan yashang.

#hikoya #ibrat

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM