QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.8K subscribers
29.4K photos
2.9K videos
7 files
10.8K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
April 28, 2020
August 5, 2022
October 14, 2022
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalar hayoti va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, yangi loyihalarni ishga tushirish hamda viloyatni rivojlantirishning muhim masalalarini muhokama qilish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida yurtboshimiz viloyatdagi klaster rahbarlari bilan ham muloqot o‘tkazdi.

#Prezident #tashrif #Buxoro #klaster

https://t.iss.one/shmirziyoyev/15855
February 17, 2023
February 17, 2023
February 18, 2023
BUXORO VILOYATI SHAROITIGA MOS BO‘LGAN, SUG‘ORILADIGAN YERGA EKILADIGAN MOSH TURI HAQIDA MA’LUMOT KERAK EDI

Buxoro viloyatining tuproq-iqlim sharoitiga mos “Durdona” va “Barqaror” mosh navlari tavsiya etiladi.

Chat-bot orqali kelgan mazkur savolga to‘liq javobni sayt orqali bilib olishingiz mumkin.

#savol_javob #chat_bot #mosh #yetishtirish #Buxoro

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 13, 2023
BUXORODA DORIVOR O‘SIMLIKLAR SAVDO YARMARKASI O‘TKAZILDI

🌿Joriy yilning 14-mart kuni Buxoro viloyati hokimligi, viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, viloyat O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi, viloyat Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi hamkorligida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi «Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-251-sonli qarori 3-ilovasining 15-bandida belgilangan vazifalarni ijro etish, shahar va tumanlarda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar orasida keng qamrovli kooperatsiyalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Buxoro viloyatida dorivorchilik va ziravorchilik sohasini rivojlantirish maqsadida, dorivor o‘simliklar savdo yarmarkasi o‘tkazildi.

👉Batafsil

#dorivor_osimliklar #yarmarka #Buxoro
*****
В БУХАРЕ СОСТОЯЛАСЬ ТОРГОВАЯ ЯРМАРКА ЛЕКАРСТВЕННЫХ РАСТЕНИЙ

🌿14 марта в Бухаре прошла торговая ярмарка лекарственных растений, на которой свою продукцию представили Бухарский государственный университет, Бухарский медицинский институт имени Абу али ибн Сино, кластеры, занимающиеся выращиванием, хранением и переработкой лекарственных растений, фермерские хозяйства и фармацевтические предприятия.

Торговая ярмарка стала местом встречи и налаживания сотрудничества между предприятиями, занимающимися выращиванием и переработкой лекарственных растений, а также площадкой для развития и популяризации этой сферы.

👉Подробнее

#лекарственные_растения #ярмарка #Бухара

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 16, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XONADONDA QO‘ZIQORINCHILIKDAN YAXSHI DAROMAD TOPAYOTGANLAR

🍄Qo‘ziqorin inson salomatligi uchun koni foyda mahsulotlardan biri hisoblanadi. Bugun mamlakatimizda qo‘ziqorin nafaqat foydaliligi, balki yaxshigina daromad manbai bo‘lgani uchun ham yetishtirilmoqda. Kamxarajat, ortiqcha mehnat va ishchi kuchi talab qilmaydigan qo‘ziqorin butun yil davomida hosil berishi va daromadga daromad qo‘shishi bilan ham ahamiyatlidir.

Dunyoda qo‘ziqorinlarning 100 mingdan ortiq turi mavjud. O‘zbekistonda 100 dan ortiq turi o‘sadi. Shundan atigi 25 turigina isteʼmolga yaroqli hisoblanadi. Ularni quritilgan, qaynatilgan, qovurilgan, tuzlangan, marinadlangan ko‘rinishda isteʼmol qilish mumkin. Qo‘ziqorinlar vitaminlar, oqsil hamda maʼdanli moddalarga boydir. U qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, undagi xolestirin miqdorini kamaytiradi.

#Qoziqorin #yetishtirish #Buxoro

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 22, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TOMORQACHILIK AHOLI DAROMADLARINI OSHIRMOQDA

🍅So‘ngi yillarda mamlakatimizda ekin yerlaridan samarali foydalanishda tomorqa yer egalarining o‘z yerlaridan oqilona foydalanib, oilasiga qo‘shimcha daromad olib kirayotgani va qishloqdagi fuqarolarning bandligi hamda farovonligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani e’tiborga molik.

Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi “Dilobod-Zafarabod” MFY hududida istiqomat qilayotgan Narzulla Jo‘rayev xonadonida qishloq faollari ishtirokida tamorqachilikda yuqori hosil olishning sir-asrorlari haqida suhbatlashildi. Unda mavjud barcha imkoniyatlardan foydalangan holda xonadonlardagi tomorqa yer uchastkasida 15 ta kichik yo‘nalishni joriy etish bo‘yicha aholiga kerakli tavsiyalar berib o‘tildi.

Jumladan, xonadon egalari tomorqadagi yeridan samarali foydalanish barobarida oilalar bir yilda 80-100 million so‘mgacha daromadga ega bo‘lishi iqtisodiy jihatdan bosqichma-bosqich tahlil qilindi. Bunga misol sifatida ushbu oila boshlig‘i Narzulla aka Jo‘rayevning tajriba usullari ham amalda ko‘rsatildi.

#tomorqachilik #qoshimcha_daromad #Buxoro

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 10, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"LATTICO"– ZAMONAVIY TEXNOLOGIYADAN 47 TURDAGI SOF MAHSULOTGACHA

Ushbu haftada Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi doirasidaBuxoro Agroklaster” tizimidagi bir qator korxonalar faoliyati bilan tanishgan edi.

🥛Ushbu klaster qoshidagi Buxoro Agroklaster DZZ” korxonasida sutni qayta ishlash va qadoqlash yo‘lga qo‘yilgan. 2021-yilda ish boshlagan korxona 6,2 million dollar investitsiya evaziga Italiya va Rossiyadan keltirilgan uskunalar bilan jihozlangan. 150 nafar xodim faoliyat yuritayotgan korxonada yiliga 22 ming tonna sut qayta ishlanmoqda. Ayni paytda korxonada kefir, sut, pishloq, yogurt, qaymoq, smetana kabi qirq yetti turdagi sut mahsulotlari tayyorlanmoqda.

#sut_mahsulotlari #qayta_ishlash #qadoqlash #Buxoro_Agroklaster #Buxoro

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 12, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NAMUNALI TOMORQACHILIK – MILLIONLAR MANBAI

🏅Xalqimiz azaldan dehqonchilik ishlarida namuna bo‘lib kelgan. Aksariyat yurtdoshlarimiz o‘z tomorqasidan samarali foydalanib, bir yilda 3 martagacha hosil olayotgani ham sir emas.

Jumladan Buxoro viloyatida ham tomorqachilikning o‘ziga xos tajriba maktabi bor. Bugun viloyatda dehqonchilikdan yaxshi daromad topayotgan minglab oilalar farovon hayot kechirmoqda.

Shulardan biri “Qalaychorbog‘” mahallasiga qarashli “Alisheyx” qishlog‘ida yashovchi Shubaydillo Amonovdir. U har yili o‘ziga qarashli kichik maydondan katta daromad olib, ro‘zg‘origa baraka kiritmoqda.

Shuning uchun ham bo‘lsa kerak, u o‘tgan yili viloyat Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoniga loyiq deb topildi.

#tomorqachilik #Buxoro

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
August 24, 2023
June 1, 2024